I kirish mashinasozlik texnologiyasi haqida malumot. II




Download 45.01 Kb.
bet1/10
Sana13.07.2023
Hajmi45.01 Kb.
#76684
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
I kirish mashinasozlik texnologiyasi haqida malumot. II-fayllar.org
stand-alone and hybrid pv station calculation sheet, openbudget, MAVZU TOPSHIRIQ, Describe a time you were not allowed to use a mobile phone, JAVLON, eiC9onjhOBHZidz1gmyMnT7XEDKReVCveR6Kt4uR, turizm, Kompyuter grafikasi Osarov Shuxrat Furqat ogli, MARUZA HFX (1), Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida, 1-вариант тест кк, 12 Gúlsanem, Racional bólshekler, Mavzu ratsional kasrlar

I kirish mashinasozlik texnologiyasi haqida malumot. II

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
Olmaliq filiali

“ Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi

«Mashinasozlik texnologiyasi asoslari » fanidan
KURS ISHI
Bajardi: Omonov J
Tekshirdi: Sherbo’tayev.J
Ohangaron-2023
Mundarija.
I. KIRISH...............................................................................................................................................
1.Mashinasozlik texnologiyasi haqida malumot.
II.Umumiy qism.
1.Detal chizmasining tahlili .…………......................................................................
2.Detalga mexanik ishlov berish eskizi ....................................................................
3.Zagatovka olish usulini tanlash ...............................................................................
4.Detalga mexanik ishlov berishni hisoblash ............................................................
5.Kesish rejimlarini hisoblash ....................……………….......................................
6.Stanok haqida umumiy ma’lumot .....………………………………......................
III..Xulosa ………………………………………………………………......................
1.Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati …………
1
Kirish.

Mashinasozlik sanoati sanoat sifatida 18-asrda vujudga keldi, dastlab 19-asrda Buyuk Britaniyada, Gʻarbiy Yevropaning baʼzi mamlakatlarida, keyinchalik AQShda tez rivojlana boshladi. Rossiyada 1mashinasozlik zavodi 18-asrda qurilgan.


Oʻzbekistonda Mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari 20-asr boshlarida vujudga kelgan. Bu davrda metallga ishlov berish sanoati, asosan, 14 ta kichik tuzatish ustaxonalaridan iborat edi. Ularda, asosan, temir yoʻl, paxta tozalash va yogʻ zavodlarini taʼmirlash ishlari bajarilardi. Yalpi sanoat mahsuloti umumiy hajmida ogʻir sanoat va metallga ishlov berish tarmogʻining hissasi 1,3% ni tashkil etgan. 1920-yillardan qishloq xoʻjaligi, sanoat va transportning rivojlantirish zaruriyatidan mavjud taʼmirlash korxonalari kengaytirildi, yangilari kurila boshladi. 1927-yil noyabr da Toshkentda "Boshpaxtasanoat"ning mexanika zavodi ishga tushirildi. 1931-yilda bu zavod negizida taxta tozalash zavodlari uchun asbobuskunalar ishlab chiqarish va q.h. texnikasi taʼmiri bilan shugʻullanadigan "Qishloqmash" (hozirgi "Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi" ak-siyadorlik jamiyati) tashkil etildi. Zavodda chigit seyalkalari, borona va kultivatorlar tayyorlash yoʻlga qoʻ-yildi.
1941—45 yillardagi oʻrush davrida res-publikada 16 mashinasozlik zavodi ishga tushirildi. Sanoatning tarmoq tarkibi oʻzgardi. Urush davrida ishga tushirilgan mashinasozlik korxonalari front ehtiyojlari uchun qurolyarogʻ, oʻqdori va boshqa mahsulotlar ishlab chiqardi. 1945-yildan keyin paxtachilik va irrigatsiya qurilishi mashinalari ishlab chiqarish tiklandi, toʻqimachilik, kimyo va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari uchun yangi jihozlar ishlab chiqarish boshlandi. Paxta terish mashinalari, ekskavatorlar, koʻprik elektr kranlari, yigirish mashinalari ishlab chiqarish oʻzlashtirildi, korxonalarning ixtisoslashuvi va koopera-siyasi rivojlandi.
Respublikada Mashinasozlik sanoati 15 tarmoqqa mansub 100 dan ortiq yirik korxonalardan iborat. Ularning orasida traktorsozlik va q. h. mashinasozligi, toʻqimachilik mashinasozligi, paxta tozalash mashinasozligi, elektrotexnika sano-atining salmogʻi katta. Ayni paytda respublika iqtisodiyoti uchun yangi boʻlgan avtomobilsozlik, radioelektronika kabi sanoat tarmoqlari barpo etilmoqda.
Avtomobilsozlik. Avtomobillar, avtomobil dvigatellari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, turli ji-hozlar va boshqa asboblar ishlab chiqarish Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin shakllana boshladi. 1990-yillarga qadar respublikada avtomobilsozlik sanoati yoʻq edi. Oʻzbekistondagi bir necha avtomobil tuzatish zavodlari (Toshkent avtotuzatish zavodi 1939-yilda ishga tushirilgan), yengil mashinalarga xizmat koʻrsatadigan "Oʻzavtotexxizmat", "OʻzavtoVAZxizmat" ishlab chiqarish birlashmalari korxonalar, tashkilotlar va aholining avtomobillariga texnika xizmati koʻrsatib kelgan. Avtomobilsozlik sanoati sohasida ishlab turgan va yangi qurilayotgan zavodlar negizida avtomobil in-dustriyasini barpo etish, yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, trolley-buslar hamda ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, servis xizmatini yoʻlga qoʻyish, respublika xalq xoʻjaligining avtotransport texnikasiga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, avtomobil sanoatining raqobatbardosh mahsulotlar bilan jahon bozoriga chiqish vazifalari hal etilmoqda (qarang Avtomobil sanoati).
Traktorsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi. Respublika mashinasozligida ishlab chiqariladigan jami mahsulotning qariyb 20% shu tarmoq hissasiga toʻgʻri keladi. 90-yil boshigacha tarmoqning koʻpgina mahsulotlari sobiq Ittifoq ahamiyatiga ega boʻlgan. MDH mamlakatlari boʻyicha paxta terish mashinalari, chigit seyalkalari, paxtachilikka moslashtirilgan chopiq traktorlari, traktor tirkamalarining asosiy kismi Oʻzbekistonda ishlab chiqariladi. 30-yillar boshida paxtachilikda ishlatiladigan ekish va tuproqqa ishlov berish mashinalari, paxta tozalash zavodlari uchun texnologik va boshqa jihozlar Oʻrta Osiyoda yagona "Boshpaxtasanoat"ning mexanika zavodida tayyorlangan. 90-yilga kelib traktorsozlik va q. h. mashinasozligi tarmogʻida 20 dan ortiq zavod, birlashma va tashkilotlar faoliyat koʻrsatdi. Bu tarmoqda paxtachilik traktorlari, dvigatellar, traktor tirkamalari, paxtachilik texnikasi kompleksi, bogʻdorchilik va tokchilik mashinalari, q. h. mashinalari reduktorlari, chorvachilik, ozuka tayyorlaydigan mashinalar, ehtiyot qismlar va h. k. ishlab chikariladi. 20-asrning 90-yillar boshida quvvati 30 ot kuchi boʻlgan TTZ - 30 traktori va unga moslangan q. h. mashinalari va qurollari majmui yaratildi. Traktorsozlikning yirik korxonalari — "Toshkent traktor zavodi" davlat-aksiyadorlik jamiyati va "OʻzKeystraktor" qoʻshma korxonasida TTZ-30, MT-30, TTZ-100K.10, TTZ-100K.11, SX-100 ("Keys"), SXR-100 va boshqa paxtachilik, universal traktorlari, traktor tirkamalari, yuklagichlar, metall quymalar, shtampovkalar ishlab chiqaradi. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻidagi yirik korxonalardan biri "Uzqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati chigit se-yalkalari, koʻsak chuvish mashinalari, rotorli oʻrim mashinalari, TTZ-30 va boshqa traktorlarga tirkab va osib ishlatiladigan mashinalar, kartoshka ekkichlar, "Kimyoqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan tirkamali purkagichlar ishlab chiqariladi. Paxtachilikni kompleks mexanizatsiyalash uchun mashina va mexanizmlar, gʻoʻza kultivatorlari, chizelkultivatorlar, oʻgʻit solgichlar, ariq qazgichtekislagichlar, koʻsak terish mashinalari, pluglar, chorvachilik uchun turli mashinalar va boshqa mahsulotlar "Chirchiqqishloqmash" aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladi. 1959-yildan "Toshqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati paxta terish mashinalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashdi (dastlabki paxta terish mashinasi 1949-yil tayyorlangan). Hozirgi davrda korxonada yangi, gorizontal shpindelli XMG-04 va XMG-12 oʻrnatiluvchi paxta terish mashinalari, "OʻzKeysmash" qoʻshma korxonasida "2022 Kotton Ekspress" ikki qatorli, gorizontal shpindelli oʻziyurar paxta terish mashinalari ishlab chiqariladi. Bogʻdorchilik, tokchilik va polizchilikda foydalaniladigan mashina va moslamalar "Bogʻdorchilik mashinasozligi zavodi" aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladi. 3-d 1969-yil ixtisoslashtirilgan konstruktorlik byurosi tarzida tashkil etilgan, keyinchalik Toshkent tajriba eksprimental zavodi bilan "OʻrtaOsiyoqishloqmash" birlashmasiga aylantirilgan. "Urganchozuqamash" aksiyadorlik jamiyati (1987) osma traktor urok, mashinalari, traktor xaskashlari, sholi oʻrish mashinalari, Buxoro ixtisoslashtirilgan tajriba zavodi chorvachilik jmhozlari, gʻoʻzapoya yulgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Umumiy qism.

Miloddan avvalgi 3100 yilgacha boʻlgan sopol idishlarda qopqoqlar topilgan. Miloddan avvalgi 2686-yilda qadimgi Misrning qopqoqli kanopli idishlari mumiyalangan jasadlarning organlarini saqlagan[1]. Kofe qopqogʻi bozori taxminan 180 million dollarga baholanadi. 2009-yilda Qoʻshma Shtatlarda taxminan 14 milliard qopqoq sotilgan[2]. Vannalar yoki bankalar kabi baʼzi idishlar endi idishga issiqlik bilan yopilgan plastik plyonkaga ega: bu koʻpincha qopqoq plyonkasi deb ataladi.


Qopqoq idishning bir qismi boʻlib, yopish yoki muhr boʻlib xizmat qiladi, odatda ob’ektni butunlay yopadi. Qopqoqlarni vannalar kabi kichik idishlarga, shuningdek, ochiq chelaklar va barabanlar uchun kattaroq qopqoqlarga qoʻyish mumkin. Baʼzi qopqoqlar kerakli yoki ruxsat berilmaguncha qopqoqni mahkam ushlab turish uchun xavfsizlik tasmasi yoki buzgʻunchilikni aniqlovchi tasmaga ega. Ular odatda konteyner ochilganligini koʻrsatish uchun qaytarib boʻlmaydi.
Menga berilgan kurs ishi boyicha berilgan qopqoqda asosan biron bir mashinaning korpusi tasvirlangan.Bunga ko’ra u 2 qismdan tashkil topgan hisoblanadi.
Bular:
1)Yuqori qism ya’niy ust qism.
2)Past qism ya’niy ost qism .
Bundan tashqari berilgan qopqoqda 2 ta korinishi tasvirlangan .Bular yuqori hamda old ko’rinishlari hisoblanadi.Qopqoqning yuqori qismida 4 ta aylana teshik mavjud hisoblanib b ular asosan yuqori hamda ost qopqoq qismlarni mahkamlash uchun foydalaniladi.Qopqoqni olchamlari asosan quyidagicha:Qopqoqning o’lchami 140x140, chekka faskalarining radiusi 16 mm ni tashkil qiladi.
Berilgan chizmada bundan tashqari GOST611-81 standartga asosan o’lchamlar qo’yilgan hisoblanadi.Bunga berilgan chizmaga qirqim ham berilgan.Qirqim asosas chizmada Б-Б ko’rinishida berilgan.Va u alohida ajratilib ko’rsatilgan hisoblanadi.Qirqimda katta diametr 18 mm , kichik diametr esa 12mm korinishida berilgan hisoblanadi.
Chizmada aniqlik sinfi bo’yicha h11 aniqlik sinfidan foydalanilgan holda o’lchamlar kiritilgan.bazi BIR hollarda esa H9 aniqlik sinflaridan ham foydalanilgan.Bu esa asosan berilgan detalni aniqligini qanday ekanligini umumiy holda ifodalab beradi.



Download 45.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 45.01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I kirish mashinasozlik texnologiyasi haqida malumot. II

Download 45.01 Kb.