• Tikuv buyumlarini loyihalash fanidan o’quvchilarning bilimini baholash me’zoni
  • Mavzu: Kiyimlarni konstruksiyalashda qo‘shila-digan haqlar va ularni hisoblash. Kiyimlarning turiga qarab qo‘shimchalarni tanlash




    Download 0,85 Mb.
    bet3/4
    Sana05.01.2024
    Hajmi0,85 Mb.
    #130554
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Mavzu №7

    Mavzu: Kiyimlarni konstruksiyalashda qo‘shila-digan haqlar va ularni hisoblash. Kiyimlarning turiga qarab qo‘shimchalarni tanlash.
    Reja:
    1.Kiyimlarni konstruksiyalash usullari
    2.Kompozitsion qo‘shimchalar
    3.Kiyim paketiga, material qalinligiga qo‘shimchalar

    Kiyimning ayrim detallari tayyor holda muayyan bir hajmiy-fazoviy yuzalikni hosil qiladi. Kiyimning detallari yassi yuzali materiallardan (gazlama, trikotaj, noto‘qima materiallar, charm va boshqalardan) bichiladi. Konstruksiyalashning asosiy maqsadini yassi materialdan hajmiy shaklning qobig‘ini tuzish va bu masalaning aksariyatini yechish, ya’ni kiyimning qismlarini tekislikka yoyish yoki ularning yoyilmalarini qurish kabi ishlar tashkil etadi. Hajmiy yuza tekislikka yoyilganda qator geometrik shakllar hosil bo'ladi. Demak, yuzaningyoyilmasi — tekislikda olingan uning geometrik shaklidir.


    Barcha hajmiy yuzalar yoyiladigan va yoyilmaydigan yuzalarga bo‘linadi. Tekislikka beshikast yoziladigan yuza yoyiladigan deyiladi. Yoyiladigan yuzaning yoyilmasi dastlabki yuza bilan bir xil bo‘ladi. Yoyiladigan yuzaning yoyilmasida to‘g‘ri chiziqlar saqlanib qoladi. Yoyilmada egri chiziqlarning uzunligi va har xil chiziqlar orqali hosil bo‘lgan burchaklar dastlabki o'z holatlariga teng bo'ladi. Yoyiladigan yuzadagi ma’lum bir maydon yoyilmada ham o‘z qiymatini saqlab qoladi. Bunday yoyilmada yoyiladigan yuzalar ikki xil farqlanadi: fazoviy chiziqlarga o‘tkazilgan urinmalar orqali hosil bo'lgan yuzalar va aylanish natijasida hosil bo'lgan yuzalar (konussimon va silindrsimon). Yuzaning egrilik mezoni Gauss egriligi orqali ifodalanadi:


    К = 1/ R1 R2
    bunda R1 va R2 — yuzaga xos asosiy egriliklarning radiuslari.
    Yoyiladigan yuzalarda Gauss egriligi 0 ga teng. Bunday yuzalarni to‘g‘ri chiziqlar hosil qiladi. Agar aylanalar yoylarini to‘g‘ri chiziqlar deb faraz qilsak, bu yoylar radiuslari cheksizlikka aylanadi:
    К = 1/- R2 = 0. Barcha yoyiladigan yuzalar tekislikka deformatsiyasiz yoyiladi.
    Yoyilmaydigan yuzalarda asosiy egriliklarning radiuslari cheksiz emas, ya’ni R1 =R2 sababli K± 0. Bu yuzalar tekislikda aniq, beshikast yoyilmaydi. Ularning taxminiy tasviri olinadi. Agar bir yuzaga cho‘ziladigan qobiq sifatida qarasak, uni tekislikka choklar va deformatsiya orqaligina yoyish mumkin . Yoyilmaydigan yuzaning yoyilmasini olish uchun butun yuza yoyiladigan konussimon yoki silindrsimon qismlarga bo‘linib, ularning har biri alohida yoyiladi. Natijada yuzaning bo‘laklardan tuzilgan taxminiy yoyilmasi hosil bo‘ladi. Shunday qilib, qayd etilgani kabi kiyimning asosiy detallarini ham qismlarning tekslikdagi taxminiy yoyilmalaridek baholash mumkin. Kiyim detallarining konstruksiyasini tuzishda qo‘llanadigan barcha uslublar dastlabki ma’lumotlarga bog‘liq holda ikki yirik sinfga bo‘linadi: birinchi sinfni tashkil etuvchi uslublar tipaviy qomatlar o‘lchamlarida, qo‘shimchalarda, detallarning tipaviy bo‘linishlari va ularning shakllanish usullarida detallarga oid konstruktiv nuqtalarning taqribiy joylanishini aniqlashga yordam beradi. Ikkinchi sinfga doir uslublar kiyimga oid etalon — namunaning bevosita qobiq yuzasini o‘lchab, detallar yoyilmasini qurishga asoslangan. Bu sinf tarkibiga grafik va analitik kesuvchi tekisliklar usuli va Chebishev to‘rida kiyim detallarining yoyilmasini konstruksiyalash kiradi. 0 ‘z navbatida ikkinchi sinf uslublari yordamida kiyim konstruksiyasi turli usullarda bajarilishi mumkin. Masalan, Chebishev to‘rida kiyim detallari yoyilmasini konstruksiyalash uslubini besh xil usulda bajarish imkoniyati bor: grafik usul, maxsus yordamchi to‘rlar usuli, yassi akslar joylashmasi, kombinatsiyalashtirilgan (ya’ni yordamchi to‘rni va ayrim nazorat nuqtalar koordinatalarini analitik hisoblash) usuli, analitik usul. Kiyim konstruksiyasini tuzishda quyidagi asosiy grafik usullarga oid chizma qurish elementlari qo‘llanadi: kiyimning gabarit o'lchamlarini aniqlaydigan gorizontal va vertikal chiziqlardan tuzilgan bazis to‘ri, konstruktiv nuqtalarning joyini yoylar usuli yordamida aniqlash; lekalolarga oid egri chiziqlarni o'tkazish, radiusografiya va proyektiv diskriminant yordamida ikkinchi darajali egri chiziqlarni qurish usullari. Gorizontal va vertikal chiziqlardan tuzilgan bazis to‘ri turli kiyimlarning asosiy konstruktiv chiziqlaridan tanada joylashishiga mos holda muayyan raqamli belgilarga ega bo‘lib, tanada joylashishiga qarab turli kiyimlarning asosiy konstruktiv chiziqlariga xos umumiy tuzilish sxemasidan olinishi mumkin Gorizontal va vertikal chiziqlar to‘rsimon tizimi tananing ostki va tepa qismlariga mo‘ljallangan kiyim detallari yoyilmasining gabaritlarini aniqlaydi.


    Мустақил/кичик гуруҳларда жадвалнинг 3 бўлимни тўлдиради1919лар



    Биламан

    Билишни хоҳлайман

    Билиб олдим












    Tikuv buyumlarini loyihalash fanidan o’quvchilarning bilimini baholash me’zoni




    Download 0,85 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kiyimlarni konstruksiyalashda qo‘shila-digan haqlar va ularni hisoblash. Kiyimlarning turiga qarab qo‘shimchalarni tanlash

    Download 0,85 Mb.