6-MAVZU: Dastgohlarning asosiy qismlari tasniflari.mavzusi yuzasidan
VIZUAL DEDAKTIK MATERYALLARI
9-MAVZU: Yuritmalar,Elektr yuritmalar
Reja:
Elektr yuritmalarni yuklama diagrammalari.
Mexanizm ishining ayrim bosqichlari
Elektr yuritmani loyihalash
Tayanch iboralar: dvigatel,tezlanish,absolut
Elektr yuritmalarni yuklama diagrammalarini qurish dvigatel quvvati hisobining majburiy bosqichi hisoblanadi. Faqat yuklama diagrammasi asosida oldindan tanlangan dvigatelni quvvati ijrochi mexanizmning ishlash rejimiga va o‘ta yuklanish qobiliyatiga mos kelishini tekshirish mumkin.
Mexanizm ishining ayrim bosqichlarida tezlik va tezlanish qiymatlarining haqiqiy qiymatlarini o‘tkinchi jarayonlarni hisoblagandan keyingina aniqlash mumkin. Shunday qilib, faqat yuritmaning yuklama diagrammasigina tizim harakatining haqiqiy xarakterini belgilaydi. Odatda, yuritmaning yuklama diagrammasi ish mashinasining yuklama diagrammasiga o‘xshamaydi. Ular faqat mexanik tavsif absolut qattiq, ya’ni sinxron dvigatelning mexanik tavsifiga o‘xshagandagina to‘g‘ri kelishi mumkin. Agarda mexanik tavsif ozgina qiyaroq boisa, u holda, yuritmaning yuklama diagrammasi Md = f(t) inersiya massalarining ishlashi natijasida ish mashinasining yuklama diagrammasiga nisbatan tekisroq bo‘ladi.
Yuklama cho‘qqiga erishganda inersiya massalari dvigatelning ishini yengillashtirib, yig‘ilgan kinetik energiyaning bir qismini beradi: yuklama olib tashlanganda esa, ular zaryadlanadi va dvigatel statik (qarshilik) momentga nisbatan ko‘proq momentga ega bo‘ladi.
Elektr yuritmani loyihalashning boshlanishida loyihachida faqat ish mashinasining yuklama diagrammasi bo‘ladi. Dvigatel quvvatini esa dvigatelning yuklama diagrammasi asosida tanlash mumkin. Shuning uchun bu diagrammani qurish loyihalashning asosiy masalalaridan biri bo‘lib, dvigatel quvvati oldindan aniqlanadi va keyinchalik ma’lum bo‘lgan quvvat uchun aniqiashtirilgan yuklama diagrammasi quriladi.
Ijrochi mexanizm ishlayotganda, odatda, statik moment uzluksiz o‘zgarmas bo‘lib turadi. 0 ‘tkinchi jarayonda dvigatel nafaqat statik, balki dinamik yuklamani ham yengishi kerak. Shu bois dvigatelning qizishini aniqlaydigan o‘rtacha kvadrat momenti qiymati har doim statik momentning o‘rtacha qiymatidan yuqori bo‘ladi.
Shuning uchun dvigatelni dastlabki tanlashda uning nominal momentini statik momentning o‘rtacha qiymatidan katta qilib, qabul qilinadi: dvigatel va ish mashinasi orasidagi mexanik zvenolar inersiya momentini hisobga oladigan koeffitsiyent; j - mexanik uzatmaning uzatish soni. Shundan so‘ng, o‘tkinchi rejimlar hisoblanadi va dvigatelning yuklama diagrammasi quriladi.
Bu diagramma esa dvigatel chulg‘amlarini qizishga tekshirish uchun asos bo‘ladi. Lekin issiqlik rejimlarini hisoblash va dvigatel quvvatini tanlash uchun, odatda, o‘tkinchi jarayonlarni qurishda katta aniqlik talab etilmaydi.
Shuning uchun yuklama diagrammalari soddalashtirilgan usulda, ya’ni ishga tushirish va tormozlash bosqichlarida moment va toklaming qiymatlarini o‘zgarmas, deb qabul qilgan holda hisoblab quriladi. Bundan tashqari zamonaviy elektr yuritmalarda tok va momentlaming qiymatlari maxsus chegaralash va jadallashtirish sxemalari bilan o‘zgarmas saqlab qolinadi.
Elektr yuritmaning yuklanish diagrammasi. Bunda tezlanishni ham o‘zgarmas saqlanishiga erishib tezlikning chiziqli o‘zgarishi ta’minlanadi.
Bitta sikl uchun yuklama diagrammasi keltirilgan. Shunday qilib, dvigatel quvvati dastavval (7.1) - (7.3) tenglamalarga muvofiq aniqlanishi kerak. Shundan so‘ng katalogdan dvigatelning inersiya momenti bilan jamlangan holda dvigatelning soddalashtirilgan yuklama diagrammasini hisoblash uchun elektromexanik tizimning inersiya momentining qiymati aniqlanadi.
Elektr yuritmalaming asosiy turlari va ularning vazifalari. Barcha elektr yuritmalami funksional vazifalari, energiyaning boMinishi, ish mashinasi chiqish o‘qining harakat shakli, iste’mol qilayotgan tok turi, o‘zgartgich, dvigatel, uzatish va boshqarish qurilmalarining o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa holatlari bo‘yicha bir nechta turlarga bo‘lish mumkin.
Funksional vazifalari bo‘yicha elektr yuritmalar bosh va yordamchi elektr yuritmalarga bo‘linadi.
Bosh elektr yuritma jarayonning asosiy operatsiyasini yoki ish mashinasining ijrochi organini harakatga keltiradi.
Yordamchi elektr yuritma esa, mashinaning yordamchi organlarining harakatini ta’minlaydi. Masalan, tokarlik dastgohi bosh elektr yuritmasi ishlov berilayotgan detalni aylanma harakatga keltiradi, yordamchi elektr yuritma esa kesish asbobini detaining bo‘ylamasi bo‘yicha ilgarilama harakatga keltiradi.
Energiyaning bo‘linishi bo‘yicha elektr yuritmalar guruhli, individual, о ‘zaro bog ‘langan va ко ‘p dvigatellilarga boMinadi.
Muayyan afzalliklarga ega bo’lgan yuritmaning bu turi mashinani maqsadga muvofiq tarzda boshqarib bo‘lmasligi, uzatish / qurilmalarida energiyani ko‘p isrof bo‘Iishi kabi kamchiliklarga ega. Bundan tashqari bu qurilmalar ko‘p sonli uzatish tasmalari va transmissiyalardan tashkil topganligi uchun, ular ishlatish chog‘ida ishchilar hayotiga xavf tug‘diradi. )
Individual elektr yuritma ish mashinasining bitta ijrochi organining harakatini ta’minlaydi. Shuning uchun, bitta mashina uchun bir necha individual yuritmalar ishlatiladi. Masalan, tokarlik dastgohida individual bosh va ikkita yordamchi yuritmalar ishlatiladi.
Individual elektr yuritma tizimida energiya elektr zanjirlarida bo‘linadi. Bu yuritma uzatish qurilmalari va ish mashinasi kinematikasini soddalashtirish imkoniyatini beradi.
Aksariyat hollarda ish mexanizmining ijrochi organining o‘qi dvigatel rotori (yakor) bilan umumiy o‘q hosil qiladi. Individual elektr yuritmaning asosiy afzalliklari bu energiyani bo’linishidagi isrofning kamayishi, UQ va IM kinematikasini soddalashtirish hisobiga metall sarflni kamaytirish, elektrlashtirilgan agregat ishonchliligini oshirish, ijrochi organlami boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni soddalashtirish imkonining mavjudligidadir.
Nazorat uchun savollar:
Individual elektr yuritmaning asosiy afzalliklari qanday amalga oshiriladi?
elektrlashtirilgan agregat ishonchliligini oshirish qanday qilinishi mumkin?
|