|
-MAVZU: Nazorat o‘lchash asboblari
|
bet | 37/45 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,97 Mb. | | #251300 |
Bog'liq DURADGORr2-MAVZU: Nazorat o‘lchash asboblari mavzusi yuzasidan
VIZUAL DEDAKTIK MATERYALLARI
3-MAVZU: O‘lcham va o‘tkazgichlar.
Reja:
1. Shtangensirkul noniusi
2. Noniusning uzunligi
3. Shtangensirkul jag‘lari
Tayanch iboralar: Xromatik, axmmatik, to‘yinganlik.
Shtangensirkulning harakatlanadigan jag‘larida nonius deb ataladigan yordamchi shkala mavjud bo‘lib, u bilan 0,1 mm gacha aniqlikda o‘lchash mumkin (31-rasm). Nonius harakatlanadigan jag‘lar bilan birga bemalol suriladi va kerakli joyda qotirish vinti bilan mahkamlanadi.
Shtangensirkul noniusi. Noniusning uzunligi 19 mm bo‘lgan shkalasi bir-biriga teng 10 ta qismga bo‘lingan, ya’ni noniusning har bir bo‘linmasi 19:10 = 1,9 mm ga teng. 61 Nonius va shtanganing nol bo‘linmalari bir-biriga to‘g‘ri kelganida qolgan (o‘ninchi bo‘linmasidan boshqa) bo‘linmalari bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Noniusning birinchi bo‘linmasi shtanganing ikkinchi bo‘linmasiga 0,1 mm, ikkinchi bo‘linmasi 0,2 mm, uchinchi bo‘linmasi 0,3 mm yetmaydi va hokazo. Butun millimetrlar noniusning shtangadagi nol holati bo‘yicha hisoblanadi.
Millimetrning o‘ndan bir bo‘lagi esa noniusning shtangadagi shtrixiga to‘g‘ri keladigan shtrixi bilan aniqlanadi. Shtangensirkul bilan o‘lchashdan oldin uning sozligini tekshirish kerak. Buning uchun asbobning jag‘lari birlashtiriladi, shunda ikkala shkalaning nol chiziqlari ustma-ust turishi, noniusning o‘ninchi shtrixi millimetr shkalasining o‘n to‘qqizinchi shtrixiga to‘g‘ri kelishi kerak shkalalarining o‘lchashdagi holatlari: a – 0,5 mm; b – 6,9 mm; d – 34,3 mm
Shtangensirkul aniq ko‘rsatadigan asbob sanaladi. Shu bois uni ehtiyotlash lozim. Jumladan, uni ishlatishdan oldin yumshoq latta bilan yaxshilab artib moy va changlarini ketkazish, ayniqsa, o‘lchash yuzalarini tozalash zarur. Bu asbobni jilvir bilan ishqalash yoki pichoq bilan qirish mumkin emas.
Shtangensirkul bilan o‘lchanadigan detallar ham quruq va toza bo‘lishi, ularning sirtlarida g‘adir-budurlar, qirindilar bo‘lmasligi lozim.
Asbobni isitkich priborlari ustiga, oftob tushadigan joyga qo‘yish mumkin emas. Uni ishlatishda qo‘llar toza va quruq bo‘lishi kerak. a) b) d) 62 Detalni o‘lchashda shtangensirkul jag‘larining qiyshayishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni tegishli holatda qotirish vinti bilan mahkamlab qo‘yish lozim. Shtangensirkulning ko‘rsatkichini o‘qishda uni to‘g‘ri tutib qarash kerak bo‘ladi.
Shtangensirkul jag‘larining uchi o‘tkir bo‘ladi va shuning uchun uni ishlatishda ehtiyot bo‘lish zarur. Mazkur asbob ish o‘rnida foydalanish uchun qulay holatda qo‘yiladi. Uning ustiga chiqindilar, qirindilar tushmasligi kerak. Shtangensirkulni ishlatib bo‘lgach, latta bilan artish lozim.
Shtangensirkul – tashqi, ichki diametr va chuqurlikni o‘lchashda ishlatiladigan asbob.
Shtangensirkul universal o‘lchov asbobi bo‘lib, uning yordamida chiziqli, tashqi va ichki o‘lchamlarni, chuqurliklarni o‘lchash, tayyor detal va buyumlar o‘lchamlarini tekshirish, shuningdek, rejalash ishlari bajariladi. Shuning uchun undan masshtabli lineyka, kronsirkul, nutromer, chuqurlikni o‘lchaydigan asbob (shtangen-glubinomer), sirkul, shtangenreysmus sifatida ham foydalanish mumkin.
Asbobsozlik korxonalarida 100, 125, 150, 200, 300, 400, 500, 600, 800, 1000, 1500 va 2000 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlarni o‘lchash imkonini beruvchi, aniqlik darajasi 0,1; 0,05; 0,02 mm gacha bo‘lgan shtangensirkullar ishlab chiqariladi.
O‘quv ustaxonalarida 300 mm gacha o‘lchash imkonini beruvchi shtangensirkullar ishlatiladi.
Aniqlik darajasi 0,1 mm bo‘lgan asboblarda noniusdan olinadigan kasr sonlar millimetrning 0,1 ulushlarida hisoblansa, aniqlik darajasi 0,05 va 0,02 mm bo‘lgan asboblarda millimetrning 0,05 va 0,02 ulushlarida hisoblanadi. Bunday shtangensirkullardan tekislikdagi rejalash ishlarini olib borishda sirkul va xatkash sifatida ham foydalaniladi. Hozirgi kunda shtangensirkullarning elektron raqamli turlari ham keng tarqalgan.
Aniqlik darajasi 0,1 mm bo‘lgan shtangensirkul nonius (9) shkalasining uzunligi 9 mm bo‘lib, u 10 ta teng bo‘lakka bo‘lingan. Demak, noniusning har bir bo‘limi 9 mm : 10 = 0,9 mm ga teng.
Noniusning noli shtanganing noli bilan mos kelsa, uning o‘ninchi chizig‘idan tashqari hech bir chizig‘i shtanga chizig‘i bilan mos kelmaydi (bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydi). Bunda noniusning 10-chizig‘i shtanganing 9-chizig‘iga mos keladi.
Deylik, noniusning 0 chizig‘i shtanganing 0 chizig‘idan o‘tib, 1-chizig‘iga yetmagan bo‘lsin, 6-chizig‘i esa shtanga chizig‘iga mos kelsin. U holda hisob 0,6 mm bo‘ladi. Ikkinchi o‘lchashda noniusning noli shtanganing 25-chizig‘idan o‘tgan. Demak, butun son 25 mm. Noniusning 6-chizig‘i shtanganing ixtiyoriy bir chizig‘iga mos kelgan. Kasr son 0,6 mm. U holda shtangensirkulning ko‘rsatkichi 25,6 mm. 25-rasmda aniqlik darajasi 0,05 yoki 0,02 mm gacha bo‘lgan shtangensirkul tasvirlangan. 24-rasm. SHTS-1 markali shtangensirkul: a) tuzilishi: 1, 4 – qo‘zg‘aluvchan jag‘lari; 2, 3 – qo‘zg‘almas jag‘lar; 5 – qotiruvchi vint; 6 – hisob olish; 7 – glubinomer (chuqurlikni o‘lchaydigan sterjen); 8 – shtanga; 9 – nonius; b) hisob olish. 25-rasm. SHTS-11 markali shtangensirkul: 1 – shtanga; 2 – qo‘zg‘almas jag‘; 3 – qo‘zg‘aluvchan jag‘; 4 – ramka; 5 – qotiruvchi vint; 6 – xomut; 7 – xomutni qotiruvchi vint; 8 – mikrometrik surish vinti.
Mikrometr 0,01 mm gacha aniqlikda o‘lchash imkonini beruvchi asbob bo‘lib, uning yordamida tashqi o‘lchamlar o‘lchanadi (27-rasm). Ular 0–25, 25–50, 50–75, 75–100 mm va hokazo o‘lchamli qilib tayyorlanadi.
Mikrometr skobasiga uning aniqlik darajasi hamda o‘lchash chegarasi yoziladi. 27-rasm. Mikrometr: a) tuzilishi: 1 – skoba; 2 – tovon; 3 – vint; 4 – stopor; 5 – stebel; 6 – baraban; 7 – treshchyotka; 8 – sterjen; b) mikrometrik vint; d) baraban. Mikrometr skobasiga uning aniqlik darajasi, o‘lchash chegarasi va asbobsozlik korxonasining muhri tushiriladi.
Hozirgi kunda mikrometrlarning elektron raqamli turlari ham keng tarqalgan (28-rasm).. Elektron raqamli mikrometr. 29-rasm.
Kombinatsiyalashgan g‘oniya. O‘quv ustaxonalarida oddiy go‘niyalardan tashqari 30º, 45º, 90º burchaklarni tekshirish va rejalash imkonini beruvchi kombinatsiyalashgan go‘niyalar (29-rasm) ham ishlatiladi. Universal burchak o‘lchagich (uglomer). 0º dan 180º gacha bo‘lgan turli xil burchaklarni o‘lchash va rejalashda chilangarlik go‘niyalari hamda transportir bilan bir qatorda universal burchak o‘lchagichlar ham ishlatiladi (30-rasm).
Ular tashqi va ichki burchaklarni o‘lchaydigan turlarga bo‘linadi.
O‘lchash va rejalash asboblari bizga 5-sinfdan ma’lum. Hozirgi kunda o‘lchash va rejalash asboblarining lazer yordamida ishlaydigan zamonaviy turlari ishlab chiqilgan. Ular hajmining ixchamligi, ish unumdorligining yuqoriligi, belgilangan masofani tez, qisqa vaqtda, o‘ta aniqlik bilan o‘lchay olishi, olingan o‘lchamlarni o‘z xotirasida saqlashi bilan ahamiyatlidir.
Lazer (ing. Laser: Light Amplifi cation by Stimulated Emission of Radiation) – yorug‘likning majburiy nurlanish yordamida kuchayishi. Zamonaviy o‘lchash va rejalash asboblariga lazerli metr, lazer darajasi (uroven) kabilarni kiritish mumkin
Lazerli metr lazer nurlari yordamida masofani o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ishlash prinsipi juda oddiy bo‘lib, lazer nurlari belgilangan to‘siqqa urilib, urilgan lazer nuri moslamaning qabul qiluvchisiga qaytishi natijasida amalga oshiriladi.
Geometrik masofani, balandlikni, uzunlikni kontaktsiz holda o‘lchashda foydalaniladigan raqamli texnologiya hisoblanadi.
Lazer darajasi (uroven) xalq tilida ‘‘shayton’’ deb ham ataladi sirtlarning o‘zaro gorizontal va vertikal joylashishini, turli qurilmalarning aniq o‘rnatilganligini tekshirishda ishlatiladigan asbob. Lazerli shayton matritsasi 400 mm, 3 ko‘zli, zarbga chidamli metall korpusga ega, maxsus shtativ, aylanma taglik, ikkita optik linza, ikkita ampula darajasi va plastik korpus bilan to‘ldirilgan.
Aniqlik darajasi ±1 mm/1 m ga teng Lazerli shayton ma’lum egrilikka ega toblangan shisha naychadan iborat bo‘lib, 0,02 mm dan 0,02 mm gacha qiymatlarga teng ravishda shtrixlanadi (11–12-rasmlar). Naycha (ampula)ga kichik havo pufakchasini hosil qiluvchi suyuqlik to‘ldiriladi.
Undagi havo pufakchasi 1 birlikka siljiganda, shaytonning og‘ishini ko‘rsatadi.
Nazorat uchun savollar
O‘lchash va rejalash deb nimaga aytiladi?
Lazer so‘zining maʼnosini bilasizmi?
Lazerli metr va shayton asboblari qanday vazifalarni bajaradi?
“YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARI
VA ASBOBLARI” fanidan
|
| |