|
-MAVZU: Dastgohlarning asosiy qismlari tasniflari.mavzusi yuzasidan
VIZUAL DEDAKTIK MATERYALLARI
|
bet | 33/45 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,97 Mb. | | #251300 |
Bog'liq DURADGORr6-MAVZU: Dastgohlarning asosiy qismlari tasniflari.mavzusi yuzasidan
VIZUAL DEDAKTIK MATERYALLARI
Amaliy mashg’ulotlar
1-MAVZU: Yog‘ochga ishlov berishda texnika xavfsizligi.
Reja:
1. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha tashviqot olib borish.
2. Mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari.
3. Ishlab chiqarish xavfsizligi xususiyati.
Tayanch iboralar: hujjat,texnika,mehnat
Ishlab chiqarishda soglom va xavfsiz mehnat qilish sharoitini yaratish vazifasini bajarishda va normadagi sharoitni ta'minlashda mehnal muhofazasini boshqarish lizimi inobalga olinadi. Bu tizimni faoliyatiga mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlami rejalashtirish amalga oshirish. baholash va ishlarni barqarorlashtirish kiradi.
Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish bo'yicha tashviqot olib borish xavfsizlik talabiga binoan oqitish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish. uskunalar jarayonlar bino va qurilmalar xavfsizligini ta'minlash sanitariya-gigiyena mehnat sharoitini yaxshi lash, ishchilami shaxsiy muhofaza qilish vositalari va mehnatni 79 normadagi rejimi dam olish bilan ta’minlash, sanitariya maishiy xizmat, mutaxassislami kasbi bo'yicha tanlash kabi vazifalar tizimining tarkibi hisoblanadi.
Tizimni boshqarish iisuli asosini. mehnat qonunchiligi hujjatlari davlat va kasaba uyushmalar qarori, yo‘llanma farmonlar. texnikaviy norma hujjatlar tashkil etadi. Ishlab chiqarish korxonalarida xavfsiz va sog'lom sharoitini. ta'minlashda xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena va yongln xavfsizligiga bog liq qoida, yo'riqnomalar katta ahamiyatga ega. Ular umumiy tarmoq va oraliq turlarga bolinadi.
Vazirlik ilmiy tekshirish loyihalash institutlari olzaro hamkorlikda tarmoq qoida va normalarni ishlab chiqib tasdiqlab, ulami bir yoki bir necha tarmoq korxonalarida qo‘llash uchun tavsiya etadi.
Oraliq qoida va normalari korxonalarda zaruriyatga qarab bajariladigan ish va jarayonlar uchun xavfsizligini ta’minlash maqsadida taklif etiladi.
Mehnatni muhofaza qilish talablarini tashviqot qilish, amalga oshirish rejalashtirish uchun hujjatlar tayyorlashda 1974-yil 1-iyuldan amalda boigan mehnat xavfsizligi stadionlar shular jumlasidan foydalaniladi. Ular 5 turga bolinadi. 1973-yildan e'tiboran hozirgacha 300-500 oralig'ida standartlar tasdiqlanib, ishlab chiqarishga tavsiya etilgan.
Mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Mehnat Qonunlari kodeksi asosida olib boriladi. Mehnatkashlarni xavfsiz va sog'lom mehnat sharoiti bilan ta’minlashni davlat o'zinitig asosiy vazifasi deb hisoblaydi. buning uchun zarur bo'lgan chora-tadbirlarni qonun asosida amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18. 19. 20. 27. 29, 36, 37. 38, 39. 40. 41, 42 moddalarida mehnatni muhofaza qilish masalalari bayon qilingan. Konstitutsiya barcha fuqarolarni mehnat qilish huquqini ta'minlaydi, ya’ni mehnatkashlar ma’lum miqdorda haq olish hisobiga ish bilan ta'minlanadi.
Bu huquq haftasiga 41 soatdan oshmagan ish soat belgilash asosida va yiliga bir marta haq tolanadigan (dam olish) berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Konstitutsiya bepul davolanish, qariganda yoki mehnat qilish qobiliyatini qisman yoki batamom yo'qotganda sotsiaJ ta'minlanish huquqini ham beradi.
O'zbekiston Respublikasi mehnat qilish qonuniyatlari. mehnatkashlarga yaratib berayotgan sharoitlar va huquqlar hamda ulami nazorat qilish jihatdan dunyoda ilg'or hisoblanadi. Mehnatni muhofaza qilish qonunlarini yaratish va amalga oshirishda kasaba uyushmalari faol qamashadi. Mehnatkashlarni 6 kun ishlaydigan toifalari haftada 5 kun 7 soatdan shanba kuni esa 6 soatdan ishlashadi. 5 kunlik ishlaydiganlar esa har kuni (dushanba , juma ) 8 soatlik ish kuni deb belgilangan.
Mehnatkashlar har yili 1 marta 24 kundan kam bolm agan miqdorda haq to‘lanadigan ta’til bilan ta'minlanadi. 0 ‘qituvchi pedagoglarga esa 48 kun beriladi. Mamlakatimizda ayollarning erkaklar bilan teng huquqligi ta minlangan. Ayollar uchun qonunda ma'lum yangiliklar va maxsus normalar belgilangan. Masalan: kimyo sanoatining ba’zi tarmoqlarida. yerosti ishlarida va boshqa bir qancha ishlarda ayollarning mehnat qilishiga y o l qo'yilmaydi. Mehnat qonuniyati o'smirlar mehnatini muhofaza qilishga ham alohida ahamiyat beradi. 16 yoshgacha bo’lgan 0‘smirlar uchun. 18 yoshgacha bolgan o'sm irlar uchun 36 soatli ish haftasi joriy qilingan. 78 0 ‘smirlar uchun yilning eng yaxshi davrlarida yoki o'zi xohlagan vaqtda dam olishi kerak. Ularning mehnatidan tungi ishlarda dam olish kunlarida foydalanish butunlay ta'qiqlanadi. Zararli ish sharoiti ishlovchilariga ustama ish haqi to‘lanish yoki ish soati qisqartirilishi ham mehnal qonuniyatiga e'tiborga olingan. Bundan tashqari zararli muhitda ishlovchilai uchun qo'shimcha ta til qilingan.
Bu ta’til 12-36 kungacha bo'hshi mumkin. Sog'lik uchun owta \a\fli sharoitlar uchun ularga bcpul oziq-ovqat mahsulotlari beriladi. Bundan tashqari mehnat qonunchiligida shaxsiy muhofaza vositalari korxona hisobidan bepul beriladi. Zararli sharoitda ishlayotgan ishlovchilariga 3.6.12 ovda tibbiyot ko‘rigidan oltkaziladi. Zaruriyatga qarab qo'shimcha chora-tadbirlar belgilanadi. Xavfsiz ishlash sharoitni yaratish borasida yo‘l qo yilgan har qanday kamchilik yoki xavfsiz ishlash sharoitini yaxshi tashkil qilmaslik natijasida ishchining baxtsiz hodisaga uchrashi sanoat korxonasining yoki rahbar xokimlaming aybi hisoblanadi.
Moddiy yo'qotishni qoplash miqdori va tartibi maxsus qoidalar asosida olib boriladi. Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishga yangidan yangi texnologiya va mashina-uskunalarning joriy etilishi ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimdan yuqori malakani egallashni, texnika qonunlarini yaxshi tushunishni va unga amal qilish 80 zarurligini talab qilmoqda hozirgi paytda ishchilar xavfsizligini ta minlash maqsadida ko'plab qoida, norma instruksiyalar ishlab chiqilgan bo‘Iishiga qaramay sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalami butunlay yo'qolib ketishini ta'minlaydigan va tartibga soladigan sharoit mavjud emas. Sanoat korxonalarini xilma-xilligini hisobga olib. o'zi uchun moskeladigan mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan instruktsiyalar tizimi GOST 12. 0004 -79.( MXSS-Mexnat xavfsizligi Standartlari Sistemasi) tashkil qilingan. Bu tizimlar ishchilaming xavfsizligini ta’minlovchi ish usullarini o'rgatish bilan ishchining mehnat xavfsizligini saqlash chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi.
Har bir ishchi ishlab chiqarish xavfsizligi xususiyati darajasidan, ish staji va ish turidan qat'iy nazar instrliksiyalardan o ‘tishlari kerak. Instniksiyalami asosiy 5ta guruhga boMish mumkin. 1 Kirish instruktaji; • • 2. Ishjoyidagi instruktaj; 3. Rejali instruktaj; 4. Rejadan tashqari instruktaj; 5. Kundalik instruktaj. Ishga yangi kirayotganlar uchun kirish inshuktaj o'tkaziladi va maxsus:daftarga yozib qolyiladi. Ishjoyidagi instruktaj ishga yangi kirgan bir ishdan boshqa ishga o’tkazilgan ishchilarga o4tkaziladi. Rejali yoki .takroriy instruktaj o'tkazish vaqti korxona kasaba uyushinasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Mehnatni muhofaza qilish talablari qanday?
2. Har bir ishchi ishlab chiqarish xavfsizligi ?
3. Kirish instruktaji qoidalari?
|
| |