• Tayanch iboralr
  • Yogʻochga ishlov berish jihozlari
  • YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH
  • -MAVZU: O‘lchamlar va o‘tkazgichlar




    Download 4,97 Mb.
    bet29/45
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,97 Mb.
    #251300
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
    Bog'liq
    DURADGORr

    3-MAVZU: O‘lchamlar va o‘tkazgichlar mavzusi yuzasidan
    VIZUAL DEDAKTIK MATERYALLARI







    4-MAVZU: O‘zaralmashuvchanlik.
    Ishlovberilgan yuzalarning g‘adir-budirligi.
    Reja:
    1. Yig’ma birikmalar
    2. Detallardagi g‘adirbudurliklar
    3. Konstruktorlik hujjatlari
    Tayanch iboralr: detal,birikma,porshen

    Yordamchi ishlab chiqarish buyumlariga asosiy ishlab chiqarish buyumlari ishlab chiqarishda faqat korxona ehtiyoji uchun ishlab chiqariladigan buyumar kiradi. Masalan, traktor seyalka tayyorlash uchun turli moslamalar, shtamp, qirqish asboblari, o‘lchash asboblari. Buyumlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Detal - bir hil nomli material va markadan yig‘ish operatsiyalaridan foydaanmasdan tayyorangan buyum: Masalan, val, porshen,shatun, bolt, gayka.


    Detallarning ma’lum maqsad uchun belgilangan qismlari detal elementlari deyiladi: faska, arlkga, rezba, shlitsa. 2. Yig‘ma birikmalar - tarkibiy qismlari yig‘ish operatsiyalari bilan biiktirilgan buyumlardir. Masalan, avtomobil, stanok, kran, ventil, traktor. Yig‘ma birliklarga quyidagi buyumlarni kiritish mumkin: a) korhonada yig‘ish uchun tarkibiy qismlarda ajratib upakovka qilingan buyumlar: ekskovator, po‘lat konstruksiyali ko‘priklar, minorali kranlar; b) boshqa yig‘ma birlikka o‘rnatiladigan umumiy vazifani bajaruvchi detallar to‘plamidan iborat bo‘lgan buyumlar: avtomobillarning elektr jihozlari, yonilg‘i bilan ta’minlash sistemasi. 3. Kompleks - ikki va undan ortiq maxsuslashtirilgan buyumlar tayyorlovchi korhonada yig‘ilmagan, ammo o‘zaro bir-biriga bog‘liq vazifalarni bajarishi 10 ko‘zda tutilgan buyum. Masalan, parmalash ustanovkalari, paxta terish mashinalari. 4. Komplekt - umumiy vazifaga ega bo‘lgan yig‘ish operatsiyalari bilan biriktirilmagan buyumlar. Masalan, o‘lchash apparatlari kompleksi, ehtiyoj qismlar kompleksi.
    Yogʻochga ishlov berish jihozlari — yogʻochga zarur shakl va oʻlcham berishda qoʻllaniladigan asbob hamda stanoklar. Ularning yordamida yogʻochdan turli xil materiallar va yarim fabrikatlar (taxta, brus, faner, qipik, plitalar, yogʻoch plitalar va boshqalar), buyum hamda qurilmalarning detallari (mebel, vagon, kema va boshqalar yasash uchun); tayyor buyumlar (deraza, eshik, muzika asboblari, mebel va boshqalar) tayyorlanadi. Yogʻochga ishlov berish jihozlari bilan yogʻoch arralanadi, tilinadi, teshiladi, frezalanadi, silliklanadi, yoʻniladi, randalanadi, oʻyiladi, kesiladi va yoriladi. Ular dastaki va mexanik xillarga boʻlinadi. Dastaki asboblarga arralar, randalar, iskana, burgi, drellar (parmalar toʻplami bilan), jilvirlar va boshqalar kiradi. Ular ustaxonalarda, qurilish maydonlarida, ishlab chiqarish korxonalarida qoʻllaniladi. Mexanik yogʻochga ishlov berish jihozlari, asosan, stanokka yoki mashinaga oʻrnatib ishlatiladi. Bajaradigan ish turiga kura ular yogʻoch kesish, tilish, egish, yigish, yelimlash va pardozlash asbob hamda jihozlariga boʻlinadi. Yogʻoch detallarni yigʻish uchun dastaki, elektr va pnevmatik asboblardan foydalaniladi. Sanoatda yogʻoch kesish, tilish, randalash, egish, bukish stanoklari keng tarqalgan. Bu stanoklar bilan zarur oʻlcham va shakldagi yogʻoch zagotovka, detal hamda buyumlar tayyorlanadi. Yogʻoch kesish va tilishda arra; frezalashda — freza; randalashda — randa; parmalashda — parma; oʻyishda — oʻygich; silliklashda — jilvir va boshqalardan foydalaniladi. Yogochdan chiqqan qipiq va payrahadan boshqa materiallar (masalan, plitalar) ishlab chiqarishda foydalanish mumkin (qarang Yoyuch plitalar). Yogʻochga ishlov berish stanoklari arrali stanoklar; ilgarilanmaqaytma harakatlanadigan yoki qoʻzgʻalmas pichoqli randalash stanogi; detallarga doiraviy keskich bilan ishlov beradigan frezalash stanogi; teshik yoki oʻyiqlar ochish uchun ishlatiladigan parmalash stanogi; fanerlar, gugurt choʻplari, gugurt qutilari va boshqalar tayyorlaydigan yoʻnish stanoklari; yumaloq shaklli detallar tayyorlaydigan tokarlik stanoklari; detallarni silliklash uchun ishlatiladigan jilvirlash stanoklaridan iborat. Egish stanoklari changʻilar, mebellar yasash uchun yogʻochni egib beradi. Yelimlab yigʻish stanoklariga yelim surkash, shchit yigʻish stanoklari, uzel va buyumlarni yigʻish qurilmalari, pardozlash stanoklari ga boʻyash, qoplama (himoya va bezak) qoplash va jilolash mashinalari kiradi. Koʻp qatlamli fanerlar, yogʻoch plitalar, yogʻoch plastinalar yasash uchun yogʻochni zichlashda presslar ishlatiladi
    Konstruktorlik hujjatlarining turlari. Konstruktorlik hujjatlariga grafikaviy va matnli hujjatlar kiradi. Bu hujjatlar orqali detalni tuzilishini, ta’mirlanishini, ishlatilishini bilish mumkin.
    Quyida ba’zi konstruktorlik hujjatlari keltirilgan. 1. Detal chizmasi - detal tasvirini va uni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 2. Yig‘ish chizmasi - buyumning tasviri hamda uni tayyorlash, yig‘ish va nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 3. Umumiy ko‘rinish chizmasi - buyumning asosiy tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘lanishini va buyumning ishlash prinsipini aniqlovchi hujjat. 4. Nazorat chizma - buyumning geometrik shakli va tarkibiy qismlarini aniqlovchi hujjat. 5. Gabarit chizma - buyumning soddalashtirilgan tasviri va uning gabarit, o‘rnatish va biriktirish o‘lchamlari keltirilgan hujjat. 6. Montaj chizma - buyumni o‘rnatish uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 7. Sxema - buyumni yoki uning qismlari va ularning o‘zaro bog‘lanishi shartli tasvirlar, belgilar bilan ko‘rsatilgan hujjat. 8. Spetsifikatsiya - yig‘ma birlik, komplekt va komplekslarning tarkibini aniqlovchi hujjat. Konstruktorlik hujjatlari bajarish usuliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi. 1. Originallar - yastalgan materialda bajarilgan hujjat bo‘lib, ular asl nusxa tayyorlash uchun mo‘ljallanadi. 11 2. Asl nusxalar - ko‘plab nusxa ko‘chirish imkonini bajaradigan materialda tayyorlangan bo‘lib, mas’ul shaxslarning asl imzolari bilan rasmiylashtirilgan hujjatdir. 3. Dublikatlar - asl nusxalardan olingan bo‘lib, asl nusxalarni qayta tiklash va nusxa ko‘chirish imkoniyatini beradigan hujjat. 4. Nusxalar - asl nusxa yoki dublikat bilan bir xillikni saqlab qolgan bo‘lib, buyumni loyihalashda, ishlab chiqarishda, ta’mirlashda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Chizmalarda detal yuzalarining g‘adir-budirligi va pardozlash belgilarini qo‘yish.
    Detallarni ishlab chiqarish jarayonida turli kesuvchi asboblar qo‘llaniladi. Detallar qanday usul va kesuvchi asboblar bilan tayyorlanishidan qat’iy nazar, ularning yuzalari butunlay tekis bo‘lmaydi va kesuvchi asboblarning izlari qoladi. Bu izlarning, boщqacha aytganda, g‘adirbudurliklarning, shakli, katta-kichikligi detalni tayyorlash va pardozlash uchun ishlatiladigan asboblarning turlariga bog‘liq. Bu g‘adir-budurliklar detal yuzalarida bevosita kuzga ko‘rinadi, “ayrim” larini esa mikroskop yoki lupa yordamida ko‘rish mumkin (1.1-rasm). Yuzalarining g‘adir-budurligi ularning bazaviy uzunlik qilib qabul qlingan«uchastkadagi yuza relefini tashkil qiluvchi dungliklar va botiqlik- lar soni va o‘lchamlari bilan belgilanadi.
    Mashinalar va mexanizmlarning ishlash protsesslarida detallardagi g‘adirbudurliklar ishqalanuvchi yuzalarning bir-biriga nisbatan siljishiga qarshilik ko‘rsatadi va ishqalanuvchi kuchlarning paydo bo‘lishiga asosiy sabab bo‘ladi. Shuning uchun mashinalarning ish unumi va chidamliligi shu mashina tashkil topgan detallar yuzalarining tozalik darajasiga, ya’ni g‘adir-budurliklarning katta1.1-rasm 12 kichikligiga bog‘liq. Yuzalarning tozalik darajasi har xil bo‘ladi, bu asosan detalga ishlov berishga bog‘liq. Yuzalarning g‘adir-budirlik parametrlari va xarakteristikalari. Detallar yuzalarining g‘adir-budurlik darajasini aniqlovchi ko‘rsatkichlar O‘zDSt 2789:98 da qabul qilingan. Bu ko‘rsatkichlar yuzadagi g‘adir-budurliklarning o‘lchamlari va boshqa parametrlari bilan ifodalanadi. O‘zDSt 2789:98 da yuzalarning quyidagi g‘adir-budurlik parametrlari va xarakteristikalari qabul qilingan.
    Detallarni ishlab chiqarish jarayonida qanday kesuvchi asboblar qo‘llanilmasin, baribir yuzalar butunlay tekis bo‘lmaydi, ya’ni notekisliklar paydo bo‘ladi. Ish jarayonida yoki birikish xarakteriga qarab, detallarning yuzalari ma’lum bir talabga javob berishi lozim. Yuzalar sifati, ya’ni notekisliklari majmui yuzaning g‘adir-budirligi (tozaligi) deyiladi.
    G‘adir-budirlikni baholash uchun O‘zDSt 2789:98 tomonidan quyidagi turli ko‘rsatkichlar qabul qilingan: Ra – yuza profilining o‘rta arifmetik chetga chiqishi; Rz – profilning o‘nta nuqtasi bo‘yicha g‘adir-budirligining balandligi; Sm – g‘adir-budirligining cho‘qqilari bo‘yicha o‘rtacha qadami; tp – profilning nisbiy tayanch uzunligi; P – real yuza profili kesimi darajasining sonly qiymati. 1.2-rasm 13 Yuzalarning g‘adir-budirlik klasslari. O‘zDSt 2789:98 da yuzalarning 14 ta g‘adir-budurlik klasslari qabul qilingan. Bunda 1-g‘adir-budurlik klassi — eng dag‘al, 14- g‘adir-budurlik klassi esa eng yuqori sifatli yuzaga to‘g‘ri keladi. Yuzalarning g‘adir-budurlik klasslari RA va RZ parametrlarning sonli qiymatlari bilan aniqlanadi. Amalda detal yuzasining g‘adir-budurlik klassi etalonlarda solishtirish yoki maxsus asboblar yordamida aniqlanadi. Detal yuzasining g‘adir-budurlik klassi uning ishlash sharoiti, yuzaning ishlash vaqtidagi ahamiyati, texnologik, iqtisodiy va boshqa bir qancha faktorlar nazarda tutilgan holda konstruktor tomonidan belgilanadi.
    Yuzalarning 6-12 g‘adir-budurlik klasslari uchun RA asosiy shkala, 1-5, 13 va 14 g‘adir-budurlik klasslari uchun RZ asosiy shkala qilib qabul qilingan. Yuzalarning g‘adir-budirligini tasniflash normalangan baza uzunligidagi yuzalarda Ra va Rz parametrlarning sonly qiymatlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
    YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI fanidan

    Download 4,97 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




    Download 4,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU: O‘lchamlar va o‘tkazgichlar

    Download 4,97 Mb.