• VIZUAL DEDAKTIK MATERYALLARI 6-MAVZU
  • Yogʻochga ishlov berish jihozlari
  • YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARI
  • Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi mavzu




    Download 4,97 Mb.
    bet32/45
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,97 Mb.
    #251300
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
    Bog'liq
    DURADGORr

    Nazorat uchun savollar:

    1. Yelimlab yigʻish qanday bajariladi?

    2. Koʻp qatlamli fanerlar?

    3. Yogʻochga ishlov berish jihozlari  nimalardan iborat?

    YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARI
    VA ASBOBLARI fanidan
    Amaliy mashg’ulotlar
    7-MAVZU: Yog’och kesish asboblari mavzusi yuzasidan
    VIZUAL DEDAKTIK MATERYALLARI





    6-MAVZU: Dastgohlarning asosiy qismlari tasniflari.

    REJA:
    1. Duradgorlik bolg’alari.


    2. Yogʻochga ishlov berish jihozlari .
    3. Yog’ochlargi qo’lda ishlov berish.

    • Duradgorlik ustaxonasi binoning birinchi qavatida, yaxshi yoritilishi kerak. Gigienik nuqtai nazardan, ustaxonani yarim podvalda yoki podvalda joylashtirish qat'iyan man etiladi.duradgorlik xonasiga qo'yiladigan maxsus talablardan biri - bu yaxshi tabiiy yorug'lik, isitish va shamollatishdir. Eng muhimi, ustaxonada xavfsizlik qoidalariga rioya qilishdir. Xonada yong'in xavfsizligiga alohida e'tibor berilishi kerak. Buning sababi shundaki, yog'och chiplari tezda yonib ketadi. Shuning uchun, elektr isitgichlar pechda alohida o'rin egallashi kerak.

    Yog`ochga ishlov berish jihozlari


    • Yogʻochga ishlov berish jihozlari — yogʻochga zarur shakl va oʻlcham berishda qoʻllaniladigan asbob hamda stanoklar. Ularning yordamida yogʻochdan turli xil materiallar va yarim fabrikatlar (taxta,brus , faner, qipik, plitalar, yogʻoch plitalar ) buyum hamda qurilmalarning detallari (mebel, vagon, kema } tayyor buyumlar (deraza, eshik, muzika asboblari,eshik ,mebel ) tayyorlanadi. Yog`ochga iishlov berish jihozlari bilan yogʻoch arralanadi, tilinadi, teshiladi, frezalanadi, silliklanadi, yoʻniladi, randalanadi, oʻyiladi, kesiladi va yoriladi. Ular dastaki va mexanik xillarga boʻlinadi. Dastaki asboblarga arralar, randalar, iskana, burgi, drellar (parmalar toʻplami bn), jilvirlar va boshqalar kiradi. Ular ustaxonalarda, qurilish maydonlarida, ishlab chshiqarish korxonalarida qoʻllaniladi.

    Duradgorlik dastgohlarida yog’ochga ishlov berish jarayonlari bajariladi. Ma’lumki, duradgorlik dastgohlarining tuzilishi xar hildir. Shulardan biri 1-rasmda ko’rsatilgan.

    Duradgorlik dastgohlari turlicha bo’lsada, ularning barchasida yog’och yoki metall asos (dastgoh tagligi) va iskanjali yog’och qopqoq bo’ladi. Asosda stol o’rnatilgan bo’ladi. Stolning asosiy qismlari bo’ylama va ko’ndalang 14 qisqichlardan, ponalar o’rnatish uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va asbob uskunalar qo’yish uchun moslangan novdan iborat. Har bir ish o’rniga individual asbob uskunalar, yog’och materiallar, dastgoh noviga xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda batartib o’rnatiladi.


    Dastarra, randa, iskana, bolg’a kabi asboblarning dastalari ishlovchiga qaratib o’rnatiladi. Dastgohdan foydalanib arralashda arralanadigan taxta materialning uzun qisqaligiga, enlik-ensizligiga qarab tilish va qirqish turli hollarda olib boriladi. Asboblar dastgohda foydalanish uchun qulay holatda turishi kerak. Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi. Uning yordamida vint dastgohini burab siquvchi taxtacha suriladi va ishlov beriladigan detal mahkamlanadi yoki bo’shatiladi. 1-rasm.
    Duradgorlik dastgohi. Duradgorlik dastgohining poldan balandligi unda ishlovchining bo’yiga mos bo’lishi kerak. Buni quyidagicha tekshirish mumkin: Dastgoh yonida turing va qo’llaringizni cho’zib, kaftlaringizni dastgoh ustiga qo’ying. Agar shunda qaddingizni yoki qo’llaringizni bukishga to’g’ri kelmasa demak, dastgohning balandligi to’g’ri o’rnatilgan. Dastgohning usti shikastlanmagan, vintli iskanja oson surilishi kerak.

    Duradgorlik dastgohidan foydalanishda uning oldingi va keyingi iskanjalarini haddan tashqari siqish mumkin emas. Ponalarni dastgohdagi uyalarga faqat to’qmoq yordamida o’rnatish lozim. Dastgoh qopqog’ini kesuvchi va zarb beruvchi asboblar shikastlashidan saqlash kerak. 15 2.3. Qo’l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari


    Yog’ochlargi qo’lda ishlov berish asboblari juda ko’p bo’lib ularning ayrimlari haqida to’xtalib o’tamiz. Iskanjalar buyumni ishonchli tutib tura olishi, ularning siqib turuvchi qismi deformastiyalanmagan bo’lishi talab qilinadi. Bolg’a, kuvalda va boshqalar muhrasi tekis bo’lishi, chuqurcha yoki yorilgan joylari bo’lmasligi, mustahkam tutqichga ega bo’lishi kerak. Bolg’a va kuvalda tutqichlari qattiq, qayishqoq yog’och turlaridan ishlanadi.
    Duradgorlik bolg’alari. Yumshoq, mo’rt yog’ochdan ishlangan tutqichlardan foydalanish ta’qiqlanadi. Bolg’a va kuvalda silliq, oval kesimli, tutib turiladigan tomoni yo’g’onlashib boradigan shaklda bo’lishi kerak. Tutqich yuzasi silliq, tekis bo’lishi, yoriq va payraxalari bo’lmasligi kerak. Egov, iskana, arra va boshqa shu kabi asboblar keyingi qismiga yorilib ketishning oldini oluvchi metallar halqali tutqichlar o’rnatiladi. 3-rasm. Duradgorlik iskanalari.
    Tutqich uzunligi asbob o’lchamiga mos kelishi ta’minlanadi. Asbob og’irligi va o’lchami unda ishlovchi o’quvchining yosh 16 xususiyatlariga mos bo’lishi lozim. Qayd etilgan asboblardan tutqichi bo’lmagan, nosoz bo’lgan holda foydalanish ta’qiqlanadi. Metalga ishlov berishda uchqundan saqlanish uchun himoya ko’zoynaklari taqiladi. Ishlab chiqarish ustalari himoya ko’zoynaklaridan foydalanishni nazorat qilishlari kerak. Arralar to’g’ri kerilgan va charxlangan bo’lishi kerak.
    Arra tutqichlari mustahkam o’rnatilgan, silliqlab tozalangan bo’lishi kerak. Randalash asboblari tekis, silliqlab tozalangan kolodkalarga ega bo’lishi kerak. Kolodkaning keyingi qismi tumtoqlangan tutqichi silliqlangan bo’lishi kerak. Randalash asbobi yo’nish qismi to’g’ri charxlangan, yog’och kolodkaga mustahkam va zich o’rnatilgan bo’lishi, yorilgan joylari va chuqurchalari bo’lmasligi kerak.
    Yog’och tayyor qurilish materiali bo’lib, u xalq xo’jaligining turli sohalarida keng ko’lamda ishlatiladi.
    Yog’och duradgorlikda ishlatiladigan asosiy material hisoblanadi. Undan qurilish va inshootlarda, avtomobilsozlik, vagonsozlik, kimyo va ko’mir sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari tayyorlash va boshqa sohalarda foydalaniladi. Yog’ochning keng ko’lamda ishlatilishiga sabab uning texnik xossalarining yuqoriligidir. Yog’ochni ishlash oson, vazni yengil, puxtaligi yuqori, issiqlik va elektrni yomon o’tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi, ko’pchilik yog’ochlarning tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lib, puxta yelimlanuvchan bo’ladi va yaxshi pardozlanadi. Ammo yog’ochning ayrim kamchiliklari ham bor: temperatura, namlik o’zgarishi natijasida yog’och qurib tob tashlaydi, nam tortib shishadi, yeshilib-toblanadi, yoriladi.
    Yog’ochning puxtaligi, qattiqligi va boshqa mexanik xossalari, metallardagi singari, turli yo’nalishda turlichadir, yog’ochning mexanik xossalari nam ta’sirida keskin kamayadi. Yog’och oson alangalanadi, chirishga, hasharotlarning yemirishiga qarshilik ko’rsata olmaydi.
    Hozirgi kunda yog’och ishlash korxonalarida tabiiy yog’och o’rnini oladigan yangi tur materiallar ishlab chiqarilmoqda va ishlatilmoqda. Yog’och ishlash korxonalarida hosil bo’ladigan chiqindilardan: arra qipig’i va payraxalaridan presslash yo’li bilan tayyorlanadigan yog’och tayyorlanayotgan yog’och materiallar tabiiy yog’ochlarda uchraydigan har xil nuqsonlardan, kamchiliklardan holi, puxtalik jihatidan ustun bo’lib ayrim hollarda metall o’rnini ham olmoqda. 2.2. Durodgor dastgohlarini turlari va tuzilishi Duradgorlik dastgohlarida yog’ochga ishlov berish jarayonlari bajariladi. Ma’lumki, duradgorlik dastgohlarining tuzilishi xar hildir. Shulardan biri 1-rasmda ko’rsatilgan.
    Duradgorlik dastgohlari turlicha bo’lsada, ularning barchasida yog’och yoki metall asos (dastgoh tagligi) va iskanjali yog’och qopqoq bo’ladi. Asosda stol o’rnatilgan bo’ladi. Stolning asosiy qismlari bo’ylama va ko’ndalang 14 qisqichlardan, ponalar o’rnatish uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va asbob uskunalar qo’yish uchun moslangan novdan iborat. Har bir ish o’rniga individual asbob uskunalar, yog’och materiallar, dastgoh noviga xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda batartib o’rnatiladi. Dastarra, randa, iskana, bolg’a kabi asboblarning dastalari ishlovchiga qaratib o’rnatiladi. Dastgohdan foydalanib arralashda arralanadigan taxta materialning uzun qisqaligiga, enlik-ensizligiga qarab tilish va qirqish turli hollarda olib boriladi. Asboblar dastgohda foydalanish uchun qulay holatda turishi kerak.
    Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi. Uning yordamida vint dastgohini burab siquvchi taxtacha suriladi va ishlov beriladigan detal mahkamlanadi yoki bo’shatiladi.

    Nazorat savollar:


    1. Duradgorlik dastgohining turlari?
    2. Yog’ochning puxtaligi haqida gapiring?
    3. Yog’ochlargi qo’lda ishlov berish nima?

    YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARI


    VA ASBOBLARI fanidan

    Download 4,97 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




    Download 4,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi mavzu

    Download 4,97 Mb.