12-amaliy mashg’ulot. Duradgorlikda ishlatiladigan yog`och turlari va xossalari




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana24.09.2024
Hajmi2,09 Mb.
#272240
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-amaliy mashg’ulot



12-amaliy mashg’ulot. 
Duradgorlikda ishlatiladigan yog`och turlari va xossalari
Yog’och tayyor qurilish materiali bo‘lib, u xalq xo‘jaligining turli sohalarida 
keng ko‘lamda ishlatiladi. duradgorlikda ishlatiladigan asosiy material hisoblanadi. 
Undan qurilish va inshootlarda, avtomobilsozlik, vagonsozlik, kemasozlik, ximiya 
va kumir sanoatnda, qog‘ozsellyuloza sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari
gugurt tayyorlashda va boshqa sohalarda foydalaniladi. 
Yogochning keng ko‘lamda ishlatilishiga sabab uning texnik xossalarining 
yuqoriligidir.Yogochni ishlash oson, vazni yengil, puxtaligi yuqori, issiqlik va 
elektrni yomon o‘tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi, ko‘pchilik 
yog’chlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lib, puxta yelimlanuvchan bo‘ladi va 
yaxshi pardozlanadi. Ammo yog’ochning ayrim kamchiliklari ham bor: 
temperatura, namlik o‘zgarishi natijasida qurib tob tashlaydi, nam tortib shishadi, 
eshilibtoblanadi, yoriladi va hokazo. 
Yog’ochning puxtaligi, qattiqligi va boshqa mexanik xossalari, metallardagi 
singari, turli yo‘nalishda turlichadir, yog’ochning mexanik xossalari nam ta’sirida 
keskin kamayadi. oson alangalanadi, chirishga, hasharotlarning yemirishiga 
qarshilik ko‘rsata olmaydi. Bundan tashqarida ayrim nuqsonlar ham bo‘lib, bular 
yog’och sifatining pasayishiga olib keladi. 
Hozirgi kunda yog’och ishlash korxonalarida tabiiy yog’och o‘rnini oladigan 
yangi tur yog’och materiallar ishlab chiqarilmoqda va ishlatilmoqda.
Yog’och ishlashkorxonalarida hosil bo‘ladigan chiqindilardan: arra tuponi va 
payraxalarni presslash yo‘li bilan tayyorlanayotgan materiallar tabiiy yog’ochlarda 
uchraydigan har qanday nuqsoyalardan, kamchiliklardan xoli, 
puxtalik jihatidan ustun bo’lib, ayrim hollarda metall o‘rnini ham olmoqda 
(preslangan yog’och materiallardan hatto podshipnik va mashina detallari 
tayyorlanadi). Sanoatda ishlab chiqarilayotgan ayrim presslangan yog’och 
materiallar qurilishlarda, mebel korxonalarida keng ishlatilmoqda. 
Ishlab chiqarishda har qanday buyum tayyorlashda materialdan to‘g‘ri va 
tejamkorlik bilan foydalanish, tayyorlangan buyumning sifatini, ishlab 


chiqarishning samaradorligini oshirish uchun ishlatiladigan materialning turini, 
xususiyatini, unga ishlov berish texnologiyasini bilish talab etiladi. Shunga ko‘ra 
o‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan materiallarining 
tuzilishi, turlari, xossalari, ularga ishlov berish usullari bilan tanishtirib o‘tamiz. 

Download 2,09 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-amaliy mashg’ulot. Duradgorlikda ishlatiladigan yog`och turlari va xossalari

Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish