berilgan shaklni o‘zgartirmasligi, tashqi ta’sirlarga qarshilik ko‘rsata
olishi yoki
buzilmasligi, havo va suv ta’siriga chidamli bo‘lishi talab etiladi.
Bu sifatlar yog‘ochning texnik xossalarini tashkil etadi. Yog‘och
materiallardan foydalanish vaqtida ularga nisbatan qo‘yiladigan talab va shartlar
GOST ga asosan belgilanadi. Yog‘ochning texnik xossalari fizik va mexanik
xossalarga bo‘linadi.
YOG‘OCHNING FIZIK XOSSALARI
Materialning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning ximiyaviy tarkibini
o‘zgartirmaydigan xossalar yog‘ochning
fizik xossalari
deb ataladi.
Yog‘ochning fizik xossalari uning rangi, tovlanishi, tob tashlab eshilishi, tabiiy
guli (teksturasi), hidi, namligi, nam ta’sirida bo‘kishi, quruvchanligi, zichligi, nam
o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, tovush o‘tkazuvchanligi, elektr
o‘tkazuvchanligidan iborat.
Rang
yog‘och materiallarning turlarini va ularning sifatlarini aniqlashga imkon
beradigan muhim xossalaridan biri. Yog‘ochning rangi avvalo uning turiga va o‘sish
sharoitiga bog‘liq. Ko‘pchilik yog‘ochlar (qayin, tol, arg‘uvon, terak, archa) oqish
rangli bo‘lib, nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol
jigar rang; qora qayin, akatsiya
oq qizg‘ish; yong‘oq, qayrag‘och - qoramtir bo‘ladi.
Ko‘pchilik daraxtlar kesilgandan so‘ng ularning yog‘ochligi qoramtir bo‘lib
qoladi. Bu narsa havo tarkibidagi kislorodning ta’siri natijasidir.
Yog‘och rangini yaxshilash uchun, shuningdek,
uni boshqa rangga kiritish
uchun unga turlicha ishlov beriladi. Yog’och
ko‘pincha ximiyaviy moddalar bilan
bo‘yaladi.