fanerlashda, mebel korxonalarida keng ishlatiladi. Parket, yog’och mix, egri sirtli
detallar tayyorlanadi.
Shumtol
(yasen). Shumtol yog’ochi och-qizg‘ish rangli, puxta pishiq,
egiluvchan bo‘lib, ishlash qiyin. Lekin silliq randalanadi va yaxshi pardozlanadi.
Bug‘langan holda yaxshi egiluvchan bo‘ladi. Mayin tolali, yillik halqalari aniq
bilinadi, tabiiy guli chiroyli. Shumtol yog’ochi mebel sanoatida, faner
tayyorlashda, kemasozlik, vagonsozlik, samolyotsozlik korxonalarida ishlatiladi.
Qayrag‘och.
Tuzilishi jihatidan emanga o‘xshash yirik tolali, pishiq-puxta,
qattiq, zinchligi yuqori, chayir, egiluvchan, ishlash qiyin bo‘lgan qoramtir tuslidir.
Undan vintlar, tirnoqlar, turli xil dastalar, g‘ildirak kegayi, tergarchak, gupchaklar
tayyorlanadi. Tabiiy guli chiroyli bo‘lib, undan faner sanoatida shpon tayyorlanadi.