12-amaliy mashg’ulot. Duradgorlikda ishlatiladigan yog`och turlari va xossalari




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana24.09.2024
Hajmi2,09 Mb.
#272240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-amaliy mashg’ulot

 
YOG‘OCH TURLARI 
Har qanday yog’ochning ishlatilishi uning fizik va mexanik xossalariga, 
ishlatilish sharoitiga, miqdoriga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Texnikaning 
taraqqiy etishi natijasida materiallardan foydalanish sohasida doimiy o‘zgarishlar 
ro‘y bermoqda. Yaqin kunlarda ham asosiy qurilish materiali hisoblanardi. Qurilish 
va inshootlarda yig‘ma temirbeton konstruksiyalarning ishlatilishi ga bo‘lgan 
ehtiyojni ancha kamaytirdi. Shunga qaramasdan, sellyuloza sanoatida hozirgi 
vaqtda asosiy material hisoblanadi. 
Shuningdek, ayrimlarning xo‘jalik ahamiyati ortib bormoqda. Oq 
qayin yaqin yillargacha faqat o‘tin (yoqilg‘i) sifatida ishlatilib kelingan bo‘lsa, 
hozirgi kunda faner ishlab chiqarish korxonalarida va sanoatning boshqa sohalarida 
qimmatbaho material hisoblanadi. 
Hamma yog’ochlar ular olinadigan daraxtlarning turiga qarab bargli va nina 
bargli gruppalarga bo‘linadi (rasm). 
Qurilishlarda ko‘pincha nina bargli qarag‘ay, archa, tilog‘och, pixta, 
kedr kabi daraxtlardan olingan yog’ochlar ishlatiladi. 
Bir qator afzalliklariga ko‘ra nina bargli daraxtlardan olingan yog’ochlar 
qurilish va duradgorlik ishlarida asosiy material hisoblanadi. Uning afzalliklari 
quyidagilardan iborat: 
nina bargli yog’ochlarning tarkibida smolali moddalar bo‘lgani uchun xizmat 
muddati uzoq bo‘ladi, chirimaydi; , 
nina bargli o‘rmonlar bargli o‘rmonlarga qaraganda ko‘p; 
nina bargli yog’ochlar bargli daraxt yog’ochlariga qaraganda yengil bo‘lgani 
uchun bir joydan ikkinchi joyga tashish oson


nina bargli daraxt yog’ochlari bargli daraxt yog’ochlaridan yumshoq bo‘lgani 
uchun ularga ishlov berish oson; 
nina bargli daraxtlarning tanasi to‘g‘ri, silliq bo‘lib, ulardan yaxshi sifatli xoda 
tayyorlanadi. 
Qurilish va duradgorlik ishlarida nina bargli daraxt yog’ochlari bilan bir 
qatorda ba’zi bargli daraxt yog’ochlari ham ishlatiladi. 
Masalan eman, shumtol, arg‘uvon, terak, chinor, zirk va boshqalar. Eman 
daraxtining zichligi ortiq, puxta va qattiq, chiroyli teksturali, nam ta’siriga 
chidamliligi , bilan boshqa yog’ochlardan ajralib turadi. O‘sib turgan daraxtlarning 
turini ularning po‘stlog‘iga, shoxlarining tuzilishiga va barglariga qarab farqlash 
mumkin. 
Qurilish va duradgorlikda ishlatiladigan xoda, to‘sin va taxta holidagi
materiallarining turini ularning rangiga, tabiiy guliga, hidiga, tovlanishiga qarab 
aniqlanadi. 
Quyida qurilish va duradgorlikda ishlatiladigan ba’zi bargli va nina bargli 
yog’ochlarning turlari, tashqi belgilari va xossalari bilan tanishib o‘tamiz. 

Download 2,09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-amaliy mashg’ulot. Duradgorlikda ishlatiladigan yog`och turlari va xossalari

Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish