3. Maxsus ish kiyimida (xalat va fartukda) ishlashi, kiyimi bejirim bo‘lishi,
tugmalari qadalgan, yeng shimarilgan yoki tugmasi qadalgan bo‘lishi, galstuk yoki
sharflar osilib qolmasligi, qizlarning sochi ishdan oldin turmaklanib ro‘mol ostiga
olinishi lozim.
4. Ishdan so‘ng ish joyini yig‘ishtirib, tozalab, tartibga solishi kerak.
Yog‘ochni qo‘l bilan ishlashda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi
qoidalari
1. Dastgohda ishlash vaqtida material qisqichlar orasiga mahkam o‘rnatilishi
kerak.
2.
Dastgohning arralanishiga, randalanishiga, o‘yilishiga,
uning ustida
mixlarni to‘g‘rilashga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
3. Asboblarni dastgohning noviga batartib joylashtirib, iskanalarning tig‘larini
oldinga qaratib qo‘yish kerak.
4. Ish vaqtida dastgohning ustini payraxalardan tez-tez tozalab turish kerak.
5. Dastgohni.ng ustini qo‘l bilan tozalamaslik kerak. Tozalash supurgi yoki
chutka bilan olib borilishi kerak.
6. Bolg‘a, to‘qmoq, egov,
iskana kabi asboblar quruq, qattiq yog‘ochdan
dastalanishi, yaxshi ponalanishi ehtiyot halqalari kiydirilgan bo‘lishi kerak.
7. Burcharralarning polotnosi quloqlariga puxta o‘rnatilishi, tortqi ip pishiq,
puxta bo‘lishi kerak.
8.
Randalash asboblari dastalik, quloqlik yoki kertmaklik bo‘lishi kerak.
9. Yelim alohida shamollatiladigan xonada pishirilishi kerak.
10. Duradgorlik o‘quv ustaxonasida
alanga bilan shuningdek,
elektr
kavsharlagichlar bilan ishlash qat’iy man etiladi