Mirza terakning po‘stlog‘i sarg‘ish, silliq, chatnash kam uchraydi. Tanasi
to‘g‘ri, baqa terakka nisbatan kam shox bo‘ladi, undan yaxshi sifatli xoda
tayyorlanadi. yog’ochi oqish tusli, namga chidamsiz.
Baqa terak va
mirza terak, yog’ochi asosan, qurilish materiali hisoblanadi.
Baqa terak idan duradgorlik buyumlari tayyorlashda ham foydalaniladi.
Yong’oq
(орех), Yong’oq daraxtining po‘stlog‘i ko‘kimtir, qalin, silliq,
Keksa yong‘oq daraxtlarida tananing pastki qismida po‘stloqning chatnog‘i
bo‘ladi. yog’ochi qoramtir rangli, puxta pishiq, qattiq, ishlash qiyin, tabiiy guli
chiroyli, yaxshi pardozlanadi. Undan randalangan faner, qimmatbaho mebel
tayyorlanadi, o‘ymakorlik, pardoz ishlarida foydalaniladi.