Oq qarag‘ay
(pixta). Oq qarag‘ay po‘stlog‘i yupqa, silliq, kul rang tovlanadi.
yog’ochi oqish, bilinar-bilinmas qoramtir dog‘li, yumshoq, yengil bo‘lib, oson
ishlanadi. Undan ko‘pincha qog‘oz sanoatida va taralar tayyorlashda foydalaniladi.
Kedr
. Kedrning po‘stlog‘i qalin, chatnagan, qo‘ng‘ir tusli. yog’ochi yengil,
yumshoq,
oson ishlanadi, rangi va tabiiy guli chiroyli,
yillik halqalari barcha
qirqimlarda aniq ko‘rinadi. Undan qurilishda, duradgorlikda qarag‘ay va archa bilan
bir qatorda foydalaniladi, qalam tayyorlanadi.
Zirk
(olxa). Qora zirkning po‘stlog‘i qoramtir tusli, qalin, chatnagan bo‘lib, oq
zirkning po‘stlog‘i tiniq va silliq bo‘ladi. yog’ochi oqish, ochiq havoda tezda qizarib
ketadi, tez quriydi; yumshoq, yengil bo‘ladi; oson ishlanadi, namga chidamli, yillik
halqalari aniq bilinib turadi. Zirk bo‘yoqni yaxshi oladi, uni qizil yog’och, yong‘oq
beysi va tezob bilan zarangga o‘xshatib ishlash oson. Zirkning katta kamchiligi uni
tez qurt yeyishidir. Undan arzon mebellar, faner va taralar tayyorlanadi.