Yog‘ochning tabiiy guli
(teksturasi). Randalash vaqtida yog‘och tolalari,
o‘zak nurlari va yillik halqalarining kesilishi natijasida yog‘ochning tabiiy guli
namoyon bo‘ladi.
Igna bargli daraxt yog‘ochlarining zichligi yuqori bo‘lganligi uchun ularning
tabiiy guli ko‘pincha bir xil ko‘rinishda bo‘ladi. Bargli daraxtlarning tuzilishi bir-
biridan farq qilganligi sababli ularning tabiiy guli har xil ko‘rinishda bo‘ladi.
Yog’chning
tabiiy guli yillik halqalarning eniga, ertagi va kechki yog‘ochlik
qismining ranglaridagi farqiga, tolalarning yirik-mayinligi va yo‘nalishiga ham
bog‘liq bo‘ladi.
Yog’ocni kesish yo‘nalishi tabiiy gulning o‘zgarishida katta ahamiyatga ega.
Radial va tangental yo‘nalish bo‘yicha tilingan taxtalarni randalash natijasida hosil
bo‘ladigan tabiiy gullar turlicha ko‘rinishda bo‘ladi, radial yo‘nalish bo‘yicha
tilingan taxta randalanganda parallel to‘g‘ri chiziq-lardan iborat (rasm, b),
tangental yo‘nalish bo‘yicha tilingan taxtani randalaganda burchak yoki konus
shaklidagi ( rasm, v) tabiiy gullar namoyon bo‘ladi.
O’zak nurlari va yillik halqalari aniq ko‘rinmaydigan yog‘ochlarning tabiiy
gullari uncha aniq va chiroyli ko‘rinmaydi.
O’zak nurlari va yillik halqalari aniq bilinadigan yog‘ochlarning tabiiy gullari
juda chiroyli bo‘ladi. Tabiiy gullari chiroyli bo‘lgan yog‘ochlardan mebel
korxonalarida pardoz materiali sifatida, qoplovchi material - shpon tayyorlashda
keng foydalaniladi.
Yeng‘oq, nok, chinor, shumtol, eman kabi yog‘ochlar
radial va tangental
yo‘nalishda tilinganda chiroyli gullar hosil bo‘ladi.
Yeg‘ochlardagi gullarning yanada aniq va ravshan ko‘rinishi, chiroyli
tovlanishi uchun ularni tiniq va shaffof loklar bilan loklanadi. Yeg‘ochlarda sun’iy
gullar ham hosil qilinadi. Buning uchun tolalarning yo‘nalishiga parallel yoki
burchak ostida bo‘yoqlar surtiladi.