qadarli o‘ziga biriktirilgan ish o‘rnida o‘tirishi va ishlashini ta’minlash maqsadga
muvofiqdir.
4. Har bir o‘quvchi sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda
amaliy mashg‘ulotlarga o‘zining maxsus ish kiyimini olib kelishi va shu kiyimda
ishlashi kerak (imkoni boricha o‘quv ustaxonalarida mavjud bo‘lgan o‘quvchilar
uchun mo‘ljallangan maxsus ish kiyimidan umumiy maqsadda foydalanmaslik
kerak. Chunki bu kiyimni bir hafta davomida salomatligi turlicha bo‘lgan 10—15
o‘quvchi kiyadi, bu esa ba’zi o‘quvchilar salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin).
5. O’quvchilar grafik asosida vaqt-vaqti bilan navbatchilik qiladilar. Ular
o‘quvchilarga zagotovkalar, asbob-uskunalar tarqatadilar. Ishdan so‘ng ularni
yig‘ishtirib, joy-joyiga qo‘yadilar va o‘quv ustaxonasini supurib-sidirib tozalaydilar.
6. Amaliy mashg‘ulotlarni tanaffussiz o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki
tanaffus qisqa muddat davomida o‘quvchilarning havoyi bo‘lib qolishlariga, undan
so‘ng ularning ilgarigidek ishga kirishib ketishlariga salbiy ta’sir etadi. Shuning
uchun mashg‘ulotni tanaffussiz davom ettirib, tanafnafus hisobiga mashg‘ulotni bir
oz ilgariroq tugatishga ruxsat etiladi.
7. Mashg‘ulotdan so‘ng har bir o‘quvchi o‘z ish o‘rnini tozalab, asboblarni
tartibga keltirib, ortiqcha materiallarni, chala yoki tayyor ishlarni o‘qituvchi yoki
ishlab chiqarish masteriga topshirib, yuzqo‘llarini yuvib, joyjoylariga o‘tiradilar.
8. O’qituvchi darsga yakun yasab, o‘quvchilarning ishlarini baxolab, kuzatish
davomidagi qo‘yilgan baholarni umumlashtirib, o‘qib eshittiradi. So‘ng
o‘quvchilarga javob beradi.