|
Fakulteti “ ” kafedrasining
|
bet | 1/6 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 351,76 Kb. | | #256573 |
Bog'liq Abdujapparov Zafar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNAVATSIYA VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNVERSITETI OLMALIQ FILIALI
“Energetika va mashinosozlik” fakulteti
“_______________________” kafedrasining
1-bosqich sirtqi 13K-23 guruh talabasi Abdujapparov Zafarning
Fizika fanidan II-semester uchun bajargan mustaqil ishi
Mavzu: “O'tkazgich materillar va ularning xarektirskasi”
Olmaliq-2024
REJA:
Kirish
Nazariy qism
Metal o’tkazgichlar
Solishtirma qarshiligi katta bo‘lgan o‘tkazgich materiallar
O’ta o’tkazuvchan materiallar
O‘ta o‘tkazgichlarning qo‘llanilishi
Amaliy qism
Masalalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Metallarning elektr toki ularda zaryadli zarralarning elektr maydondagi tartibli harakati bilan tushuntiriladi. Mandelshtam va Papaleksi, so‘ngra Tolmen va Styuart 1913-1916 yillarda o‘tkazgan tajribalari bu zarralar elektronlardan iboratligini to‘liq isbotladi. Keyinchalik rivojlangan Xoll effekti yordamida ham metallardagi o‘tkazuvchanlikning sababchisi metall hajmi bo‘ylab harakatlana oladigan elektronlar ekanligi tasdiqlandi.
Yarimo‘tkazgichlar deganda fizikada dastlab to‘rt valentli Ge va Si moddalari tushuniladi, ularning fizik xossalari ayniqsa batafsil o‘rganilgan. Mendeleev jadvalida shu guruxda turgan olmos ham yarimo‘tkazgich hisoblanadi, lekin uni hosil qilish qiyinroq. Uch valentli elementlarni besh valentli elementlar bilan birikmalari А3B5 (GaAs, InSb, GaP, InP ...) yarimo‘tkazgichli kristallar hosil qiladi. Shu kabi A3B5 tipdagi birikmalar (ZnTe, ZnSe, CdTe, CdS) va boshqa tipdagi yarimo‘tkazgichlar ma’lum.
Yarimo‘tkazgichlar borgan sari ko‘proq qo‘llanilayotgan sharoitda, kremniy Si tabiatda keng tarqalgan modda sifatida borgan sari ko‘proq qo‘llanilmoqda. Texnikada qo‘llaniladigan Si nihoyatda toza bo‘lishi kerak, undagi aralashma atomlarining soni kremniy atomlar sonining 10-8 qismidan oshmasligi kerak. Bunday tozalikni amalga oshiradigan texnologik jarayonlarni o‘zlashtirgan firmalar ko‘p emas, texnik kremniy esa qimmatbaho mahsulot hisoblanadi. 0‘zbekistonda Elektronika Instituti Koreya Respublikasi firmalari bilan birgalikda Respublika kremniy zaxiralaridan texnik kremniy olish bo‘yicha amaliy ishlar olib bormoqda.
|
| |