Fakulteti “ ” kafedrasining




Download 351,76 Kb.
bet4/6
Sana29.05.2024
Hajmi351,76 Kb.
#256573
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdujapparov Zafar

Solishtirma qarshiligi katta bo‘lgan o‘tkazgich materiallar
O‘tkazgich materiallarning bu gruppasi metallarning qotishmalari bo‘lib, ularning solishtirma qarshiligi katta va solvshtirma qarshiligining temperatura koeffitsientn qiymatlari kichik bo‘ladi. Shu sababli bu qotishmalardan elektr qarshiligi amalda temperaturaga bog‘liq bo‘lmagan termostabil rezistorlar va boshqa buyumlar tayyorlash mumkin.
Tartibsiz strukturali metallarning qattiq eritmalaridan iborat qotishmalar yuqorida aytib o‘tilgan xossalarga ega bo‘ladi. O‘tkazgich materiallarning gruppasiga asosan—misning nikel bilan hosil qilgan, manganin va konstantan deyiladigan qotishmalaridir.
Manganin —84—86% mis, 2—3% nikel va 12—13% marganesdan iborat qotishma. Manganinning rangi och zarg‘aldoq, zichligi 8400 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 96O°S; TKLR=18·10-6 1/°S.
Manganindan yasalgan yumshoq buyumlarning asosiy xarakteristikalari:
σch=(45—55)·103 N/m2; yech=10—25%; ρ=0,42 Om·mm2/m; qattiq buyumlarniki: σch=(55-58)·103 N/m2; yech=5-9%; ρ=0,47 Om·mm2/m; TK ρ=(2-6)·10-5 1/°S.
Solishtirma elektr qarshiligini 1,5·2 Om·mm2/m ga qadar oshirish uchun manganin tarkibiga ko‘proq miqdorda marganes (60—67%) va nikel (16—30%) qo‘shib, mis miqdori kamaytiriladi.
Bu materiallar elektr qarshiligi yuqori bo‘lgan qotishmalar deyiladi.
Manganinning ba’zi xillariga kobalt ham qo‘shiladi.
Manganin buyumlarning afzalligi shundaki, ularning elektr qarshiligi temperaturaga juda kam bog‘liq bo‘ladi. Boshqa afzalligi mis bilan kontaktda termo e. yu. k. ning juda kichikligidir (0,9—1 mkV/°S).
Manganin buyumlarning elektrik xarakteristikalarini stabillashtirish uchun vakuumda 400°S da qizdiriladi va keyip xona tsmperaturasida uzoq vaqt saqlab turiladi. Bunday ishlov berish natijasida qotishmaning bir jinsliligi ortadi va uning xossalari stabil-lashadi. Manganinning stabillashgan sortlaridan tayyorlangan buyumlar uchun yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori temperatura 200°S, stabillashmaganlaridan tayyorlanganlari uchun esa 60—80°S. Bu temperaturalardan yuqorida manganin buyumlarning xossalarida qaytmas o‘zga-rishlar sodir bo‘ladi.
Manganindan diametri 0,02—6 mm li yumshoq va qattiq holida tortiladigan simlar hamda qalinligi 0,08 mm gacha va eni 270 mm gacha bo‘lgan lentalar tayyorlanadi. Bundan tashqari, manganindan emal izolyasnyali tabiiy npakdav qilnngan izolyasnyali, shuningdek, emal va bir qavat tabiiy ipak bilan nzolyatsiyalangan chulg‘am snmlari tayyorlanadi. Manganin buyumlar yuqori klassli rezistorlar va potensiometrlar ishlab chiqarnshda ishlatnladi.
Konstantan — 58—60% mis, 32—40% nikel va 1—2% marganesdan tarkib topgan qotishma. Konstantanning rangi kumushrang sariq. zichligi 8900 kg/m3; suyuqlanish temperaturasi 1260°S, TKLR = 14·10-6 1/°S.
Konstantan buyumlarning (simlarning) asosiy xarakteristikalari: yumshog‘i σch=(40—50)·103 N/m2; yech=40—50%; ρ=0,48 Om·mm2/m; qattiq holda cho‘zilganiniki: σch=(65—72)·103 N/m2; yech=2-5%; ρ=0,46-0,52 Om·mm2/m. Konstantandan tayyorlangan buyumlarnnng solishtirma qarshilik temperatura koeffitsienti: (0—2)·10-5 1/°S, ya’ni konstantan ko‘pchilnk sostavlarinnng temperaturasi o‘zgarishi bilan elektr qarshiligi o‘zgarmaydi.
Koistantandan yumshoq va qattiq buyumlar: diametri 0,03 dan 5 mm gacha bo‘lgan simlar va qalinligi 0,1 mm gacha bo‘lgan lenta tayyorlanadi. Izolyatsiyalangan konstantan sim mis snm bilan birgalikda termoparalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Konstantan bugomlar (sim, lentalar) dan 450°S dan goqori bo‘lmagan temperaturalarda foydalanish mumkin.

Download 351,76 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 351,76 Kb.