Fakulteti “ ” kafedrasining




Download 351,76 Kb.
bet2/6
Sana29.05.2024
Hajmi351,76 Kb.
#256573
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdujapparov Zafar

Nazariy qism

Metal o’tkazgichlar
Metall o‘tkazgich materiallar polikristall tuzilishli moddalardir, ya’ni ular juda ko‘p mayda kristallardan tarkib topgan. Metall o‘tkazgichlardan ko‘pchiligining (kumush, mis, alyumniy va boshqalarning) o‘tkazuvchakligi yuqori bo‘ladi. Ularning solishtirma elektr qarshilik qiymati kichik bo‘ladi: ρ=0,0150—0,0283 Om·mm2/m. Bular, asosan, sof metallar bo‘lib, simlar va kabellar tayyorlash uchun ishlatiladi. O‘tkazuvchanligi katta bo‘lgan o‘tkazgichlar bilan birga solishtirma qarshilign katta ρ=0,4—2,0 Om·mm2/m, bo‘lgan o‘tkazgich materiallar ham kerak bo‘ladi. Bu o‘tkazgich materiallar namunaviy qarshiliklar, rezistorlar, isitish asboblari va boshqalar tayyorlashga sarflanadi.
Metall o‘tkazgich materiallarning hammasi elektron o‘tkazuvchanlikka ega, ya’ni ularda o‘tkazuvchanlik toki erkin elektronlarning bir yo‘nalishda harakatlanishidan iborat.Temperatura ko‘tarilishi bilan metall o‘tkazgichlarning elektr qarshiligi ortadi. Bunga sabab shuki, temperatura ko‘tarilishn bilan o‘tkazgich atomlarining issiqlikdan tebranishi ancha kuchayadi. Bunda o‘tkazgichda harakatlanayotgan elektronlar atomlar bilan tobora tez to‘qnashib, o‘zining harakat yo‘lida qarshilikka uchraydi. Shu sababli barcha o‘tkazgichlarda solishtirma qarshilikniig temperatura koeffitsienti noldan katta bo‘ladi.Mis, bronza, aluminiy, kumush, volfram o‘tkazuvchanligi katta bo‘lgan eng muhim o‘tkazgich materiallarga kiradi.
Mis o‘tkazgich — turli xil aralashmalardan tozalangan qizg‘ish zarg‘aldoq tusli, suyuqlanish temperaturasi 1083°S va chiziqli kengayish tempsratura koeffitsienti 17·10-6 1/oS ga teng bo‘lgan metall. Mis yaxshi mexanikaviy xossalarga,shuningdek, plastiklikka zga. Bu misdan diametri 0,03—0,01 mm gacha bo‘lgan simlar, shuningdek, yupqa lentalar olishga imkon beradi. Mis havoda yupqa oksid (SuO) qavati bilan qoplanganligi uchun mnso‘tkazgich atmosfera ta’sirida deyarli korroziyalanmaydi. Oksidning himoya qatlami havo kislorodining mis ichiga kirib borishiga to‘sqinlik qiladi.
O‘tkazgich buyumlar (chulg‘am simlari, montaj simlari va kabellar) tayyorlash uchun tarkibidagi kislorodning miqdori jihatdan bir-biridan farq qiladigan M0 va M1 markali mis o‘tkazgich ishlatiladi. M0 misli kislorod ko‘pi bilan 0,02%, M1 misda esa ko‘pi bilan 0,05% bo‘ladi. Boshqa aralashmalarning (vismut, surma, mnshyak, nikel, oltingugurt) miqdori ikkala markadagi misda bir xil bo‘lishi mumkin. Aralashmalarning umumiy miqdori: MO misda — ko‘pi bilan, 0,05%, M1 misda — ko‘pi bilan 0,1%. Ikkala markadagi misdan ham tok o‘tkazuvchi simlar tayyorlanadi. Diametri 0,01 dai 10 mm gacha bo‘lgan simlar chiqariladi.Yumshoq misdan tayyorlangan buyumlarning asosiy xarakteristikalari quyidagicha: zichligi 8900 kg/m3, cho‘zilnshdagi mustahkamlik chegarasi σch=(20—25)•105 N/m2; solishtirma cho‘zilishi yech=15—40%; ρ=0,0172—0,01724 Om·mm2/m. Qattiq misdan tayyorlangan buyumlarning zichligi 8960 kg/m3; σch=(36—42)·105 N/m2; yech= 0,5—3%; ρ=0,0178-0,0182 Om·mm2/m.Kichik diametrli simlarning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi va solishtirma elektr qarshiligi katta bo‘ladi. Diametri juda kichik diametrli (0,01 mm) va yuqori temperaturada (300°S dan ortiq) ishlatish uchun mo‘ljallangan simlar uchun kislorodsiz misdan * (M00 markali) gayyorlangan sim ishlatiladi, u nihoyatda tozaligi bilan (aralashmalarning umumiy miqdori ko‘pi bilan 0,01 % bo‘ladi) farq qiladi. Misning barcha markalari uchun solishtirma qarshilikning temperatura koeffitsienti TK ρ—0,004 1/oS.Bronzalar — mis asosida olingan qotnshmalar bo‘lib, undan buyumlar quyishda hajmiy kichrayishi kamlngi bilan farq qiladi. Bronzalarda hajmiy kichrayishi 0,6—0,8%, po‘lat za cho‘yanda esa bu ko‘rsatkich 1,5—2,5% ni tashkil etadi.Bronzalarning asosiy tiplari misning qalay (qalayln bronzalar), aluminiy (aluminiyli), berilliy (berilliyli) kabi legirlovchi elementlar bilan hosil qilgan qotishmalaridir. Bronzalarning markasi Br (bronza) harflari bilan belgilanadi, bu harflardan keyin aynan bronzada qanday legirlovchi elementlar qancha miqdorda boriginii ko‘rsatuvchi harf hamda raqamlar keladi (11-jadval).


Download 351,76 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 351,76 Kb.