• 12-jadval Bronzalar bilan misning asosiy xarakteristikalari
  • -jadval Ayrim bronzalarning markalari va tarkibi




    Download 351,76 Kb.
    bet3/6
    Sana29.05.2024
    Hajmi351,76 Kb.
    #256573
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Abdujapparov Zafar

    11-jadval
    Ayrim bronzalarning markalari va tarkibi

    Bronzalarga qirqish yo‘li bilan, bosim ostida ishlov berish oson, ular yaxshi kavsharlanadi. Ulardan lenta va simlar tayyorlanadi, bu lenta va simlardan esa deformatsiyalanuvchi kontaktlar, tok o‘tkazuvchi prujinalar va boshqa tok o‘tkazuvchi hamda konstruksion detallar ishlab chiqariladi.
    Bronza detallarning mustahkamliginn oshirish uchun ularga termik ishlov beriladi: toblanadi, so‘ngra esa optimal temperaturalarda bo‘shatiladi.
    Elektr o‘tkazuvchanligi jnhatidan bronzalar misdan keyiida, lekin mexanikaviy mustahkamligi, elastikligi, yedirilishga qarshilign va korroznyaga chidamliligi jiqatidan undan ustun turadi. 12-jadvalda bronzalar bilan misning asosiy xarakteristikalari taqqoslangan.

    12-jadval
    Bronzalar bilan misning asosiy xarakteristikalari

    Aluminiy nisbatan yaxshi o‘tkazuvchanligi va atmosfera korroziyasiga chidamliligi tufayli misdan keyin ikkinchi o‘tkazgich material hisoblanadi. Aluminiy eichligi 2700 kg/ma bo‘lganligi uchun yengil metallar gruppasiga kiradi, ya’ni u misdan 3,3 marta yengil. Aluminiy — suyuqlanish temperaturasi 658°S bo‘lgan kumush rangok, metall, qattiqligi kichik, cho‘zilishdagi mexanikaviy mustahkamligi nisbatan kam (7,5—18)·103 N/m2; bundan tashqari, aluminiyning chiziqli kengayish temperatura koeffitsisnti (24·10-6 1/°S) misnikiga nisbatak katta, bu esa aluminiyning kamchiligidir.
    Havoda aluminiy tezda yupqa oksid parda (Al2Oz) bilan qoplanadi, u aluminiyni havo kislorodi ta’siridan saqlaydi. Shu bilan birga bu parda anchagnna elektr qarshiligiga ega bo‘ladi. Shu sababli yaxshi tozalanmagan aluminiy simlarning o‘zaro tutashgan joylarida o‘tish qarshiliklari katta bo‘lishi mumkin.
    Aluminiy simlarnnng boshqa metallarning simlari bilan tutashgan joylary ho‘llanganda galvanik juftlar hosil bo‘lishi mumkin. Bunda vujudga keladigan galvamik toklar aluminiy simni yemiradi. Galvanik juftlar hosil bo‘lishnning oldini olish uchun gutashish joylari namlikdan yaxshi himoya qilinadi (masalan, laklanadi). Aluminiyning ximiyavny tozaligi qancha yuqori bo‘lsa, u korroziyaga shuncha ko‘p qarshilik ko‘rsatadi.
    Vatanimiz sanoati tozalik darajasi turlicha bo‘lgan o‘n uch markada aluminiy o‘tkazgich chiqaradi. Nihoyatda toza alyumikin markalarida qo‘shimchalar (temir, kremnny, rux, titan va mis), ko‘pi bilan 0,005% bo‘ladi. Aluminiyning bu sortlaridan elektrolitik kondensatorlarning elektrodlari, shuningdek, aluminiy zarkog‘oz (folga) tayyorlanadi. Elektr simlar tarkibida ko‘pi bilan 0,05% aralashma bo‘lgan alyumnnnydan (AE markali) tayyorlanadi. Diametri 0,08 dan 10 mm gacha bo‘lgan yumshoq (AM), yarim qattiq (APT) va qattiq (AT) aluminiy simlar ishlab chiqariladi.
    Yumshoq aluminiydan tayyorlangan buyumlarning xarakteristikalari quyidagicha bo‘ladi: σch=(7,5—8)·103 N/m2; yech= 10—25%; ρ=0,028 Om·mm2/m; yarim qagps alyuminnydan tayyorlangan bukshlarniki: σch=(9,5—10)·103 N/m2; yech=3%; ρ=0,0283 Om·mm2/m; qattnq aluminiydan tayyorlangan buyumlarniki: σch=(10—18·103 N/m2; yech= 0,5—2%; ρ=0,0283 Om·mm2/m. Aluminiyning barcha markalari uchun solishtirma qarshkliknnng temperatura koeffitsiengi 0,00423 1/°S ga teng deb qabul qilinadi.
    Aluminiy simlar va tok o‘tkazuvchi detallarni bir-biri bilan qaynoq holda yoki sovuqlayin payvandlash, shuningdek, kavsharlash yo‘li bilan biryaktirish mumkin; lekin bunda maxsus kavshar va flyuslar ishlatiladi. Sovuqlayin payvandlash ishi maxso‘s qurilmalarda bajariladi, bunda alyumikiy detallarnnng tozalangan sirtlari taxminan 10000-105 N/m2 bosimda bir-biriga bosiladi. Bunda biriktirilayotgan detalning kristal-lari biridan ikkinchisiga diffuziyalanadi, natijada detallar bir-biri bilan yaxshi birikadi. Lisg holidagi alyumnnny ekrailar uchun keng ko‘lamda ishlatiladi. Kumush xsna temperaturasidagi havoda oksidlanmaydigan nodir metallar gruppasiga kiradi. Kumush 200°S va undan yuqori temperaturada tez oksidlana boshlaydi. Barcha nodir metallar kabi kumush ham juda T1lastik metall, bu hol undan zarqog‘oz va diametri 10,01 mm li simlar olishga imkon beradi. Bundan tashqarri, kumush eng yuqori o‘tkazuvchanlngi bilan ham ajralib Vturadi.
    Kumush o‘tkazgichning asosiy xarakteristikalari quyidagicha: zichligi 10500 kg/m3; suyuqlanish temperaturasi 960,5°S; TKLR=19,3·10-6 1/°S, ya’ni misnikidan bir oz kattaroq; yumshoq kumushdan yasalgan buyumlarniki: σch=(15—18)·103 N/m2; yech=45—50%; ρ=0,015 Om·mm2/m; hattiq kumushdan yasalgan buyumlarniki: σch=(20—30)·103 N/m2; yech=4—6%; ρ=0,0158 Om·mm2/m. TQ ρ = 0,00369 1/°S.
    Mis va aluminiyga nisbatan kumush cheklangan miqdorda ishlatiladi; mis, nikel va kadmiy bilan hosil qilgan qotishmalari kichikroq toklarga mo‘ljallangan rele va boshqa asboblarning kontaktlarida, shuningdek PSr-10; PSr-25 kabi kavsharlarda ishlatiladi.
    Volfram qeyin suyuqlanadigan metallar gruppasiga kiradi, elektrotexnika sanoatida elektr kontaktlar uchun va elektrovakuum asboblarning (cho‘g‘lanish lampalarining simlari, elektrodlar va boshqalar) detallari uchun yedirishga chidamli material sifatida keng ko‘lamda ishlatiladi.
    Volfram — suyuqlannsh temperaturasi juda yuqori va nihoyatda qattiq kulrang metall. Bolfram kukun metallurgiya metodi bilan, ya’ni presslangan metall zarrachalarini qizdirib qovushtirish natijasida olinadi. Bunnng uchun volfram zarrachalaridan (kukunla-ridan) po‘lat press-qoliplarda presslash. yo‘li bilan zagotovkalar — sterjenlar olinadi. So‘ngra ular 1300°S temperaturada bir-biriga qovushtnriladi. Qizdirib qovushtirilgan volfram sterjenlarda donador tuzilish hali saqlanib qoladi va ular mo‘rt bo‘ladi. So‘ngra volfram sterjenlar 3000°S temperaturaga qedar qizdiriladi. Mexanikaviy mustahkam metall olish uchun sterjenlar ko‘p marta bolg‘alanadi va cho‘ziladi. bo‘lar orasida sterjenlar qizdirib sovitib turiladi. Bunday nshlov natijasida volfram tolali tuzilishga ega bo‘ladi, bu esa volframga katta mexanikaviy mustahkamlik va plastiklik baxsh etadi. Volframdan diametri 0,01 mm gacha bo‘lgan simlar tayyorlanadi. Volfram havoda 400°S va undan yuqori temperaturada oksndlana boshlaydi. Volfram detallar vakuumda 2000oS gacha bo‘lgan temperaturalarda ham ishlashi mumkin.
    Valframning asosiy xarakteristikalari quyidagicha: zichligi 19300 kg/m3; suyuqlanish temperaturasi 3380°S; yumshatilgan volframdan tayyorlangan buyum larda: σch=(5-8)·104 N/m2; ρ=0,0503 Om·mm2/m; qattiq volframdan tayyorlangan buyumlarda: : σch=18·105 N/m2; ρ=0,0612 Om·mm2/m. Qarshilikning temperatura koeffitsienti TK ρ=0,0048 1/°S.

    Download 351,76 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 351,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Ayrim bronzalarning markalari va tarkibi

    Download 351,76 Kb.