• Tayanch iboralr
  • Yog‘ochga ishlov berish dastgohlari va asboblari”
  • -MAVZU: Nazorat o‘lchash asboblari va aniq kalibrlari




    Download 4,97 Mb.
    bet28/45
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,97 Mb.
    #251300
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
    Bog'liq
    DURADGORr

    2-MAVZU: Nazorat o‘lchash asboblari va aniq
    kalibrlari.
    mavzusi yuzasidan
    VIZUAL DEDAKTIK MATERYALLARI




    3-MAVZU: O‘lchamlar va o‘tkazgichlar.
    Reja:

    1. Masshtabli chizg‘ich yordamida detalni rejalash

    2. Duradgorlikda masshtabli lineyka

    3. Masshtabli chizg‘ich



    Tayanch iboralr: rasm, bo’yoq, tasvir, akvarel
    Rejalash deganda, chizmadagi shakl va o‘lchamlarni yasaladigan buyumning zagotovkasiga rejalash asboblari yordamida ko‘chirishni tushunish lozim. Biror buyumni tayyorlashdan oldin uning zagotovkasini rejalash, ya’ni ishlov beriladigan chegaralarini chiziqlar bilan belgilab olish kerak. Duradgorlikda masshtabli lineyka, go‘niya, porsi go‘niya, xatkash kabi nazorat-o‘lchov va rejalash asboblaridan foydalaniladi. Rejalash kerakli asbob-uskunalar (masshtabli chizg‘ich, duradgorlik go‘niyasi) yordamida chizmaga, eskizga, texnik rasmlarga muvofiq bajariladi. 39-rasmda go‘niya, buklama metr va ruletmetr kabi ayrim rejalash asboblari tasvirlangan.
    Duradgorlik go‘niyasi bir-biriga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida joylashadigan chiziqlarni o‘tkazishga va to‘g‘ri burchak ostida joylashadigan chiziqlarni o‘tkazishga hamda to‘g‘ri burchaklarni tekshirishga mo‘ljallangan. Masshtabli chizg‘ich o‘lchamlarni aniqlash va ularni zagotovkalarga qo‘yish, ishlov berilgandan keyingi o‘lchamlarni tekshirish, shuningdek, to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazish uchun xizmat qiladi. 55 Porsi go‘niya. Buyum qismlarini porsi usulida biriktirishda (portret ramkasi qismlari; eshik, deraza romlarining burchaklari; javon, shkaf kabilarning karnizlari, umuman, randalar yordamida gul chiqarilgan qismlarni biriktirishda) rejalash porsi go‘niya yordamida bajariladi. Porsi go‘niya lineykasi kundaga 45o burchak hosil qilib o‘rnatiladi.
    Xatkash – aniq o‘lchamli qilib arralash, randalash, o‘yishteshish ishlarini bajarishda yog‘och materiallarning turli tomonlariga ularning qirralariga parallel qilib reja chiziqlarini chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi. Xatkashlar bir cho‘pli, ikki cho‘pli va ko‘p cho‘pli bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri burchakli detallarni rejalashda quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak (40-rasm): 1. Masshtabli chizg‘ichning nolli bo‘linmasi o‘lchash boshlanadigan chiziq ustida turishi lozim. 2. O‘lchash vaqtida chizg‘ichning o‘lchash boshlanadigan chiziqqa nisbatan noto‘g‘ri turishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Rejalash – mas’uliyatli operatsiyadir. Tayyorlanadigan buyumning sifati rejalashning aniq bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun rejalashda juda hushyor bo‘lish zarur. Rejalash dastgoh ustida yoki stolda qalam, chizg‘ich, go‘niya bilan bajariladi. Rejalashda quyidagi tartibga rioya qilish shart.
    Rejalash va o‘lchash asboblari. Go‘niya Buklama chizg‘ich Ruletmetr 56 Avval zagotovkaning tekis tomoni tanlanadi yoki tayyorlanadi va undan boshlab barcha o‘lchamlar hamda chiziqlar belgilanadi. Ana shu tomoni baza tomon deyiladi. Yog‘ochni tejamli sarflash uchun mazkur zagotovkadan ancha miqdorda detallar yasash mumkinligini ishlov berish uchun tegishli qo‘yimlarni nazarda tutgan holda aniq hisoblab chiqish lozim. Zagotovkani ishlov bilan tayyor detal o‘lchamiga keltirish uchun yog‘ochning ma’lum qatlami kesuvchi asbob yordamida olib tashlanadi. Ana shu qatlamni qo‘yim deyiladi.
    Zagotovkaga to‘g‘ri chiziq o‘tkazish uchun avval baza tomondan chizg‘ich bilan tegishli oraliq o‘lchanadi va 2–3 belgi qo‘yiladi (41-rasm). Keyin chizg‘ichni shu belgilar ustiga qo‘yib va chap qo‘l bilan bosib turib qalamda kontur chizig‘i chiziladi. Burchaklik yordamida chiziqlar o‘tkazish uchun esa uning asosi zagotovkaning baza qirrasiga qo‘yiladi va o‘ng qo‘l bilan qalamni o‘ng tomonga biroz og‘dirib chiziladi. Yog‘ochni o‘lchash va rejalash asboblariga chizg‘ich, metr, o‘ramametr, go‘niya, xatkash transporti va o‘lchov andazalari kiradi. 40-rasm.
    Masshtabli chizg‘ich yordamida detalni rejalash: a) detalning enini o‘lchash; b) reja chizig‘ini o‘tkazish. Qirra Chiziqlar a b 57 41-rasm. Burchaklik yordamida chiziqlar o‘tkazish. To‘g‘ri Noto‘g‘ri Chizg‘ichlar yog‘och, metall, plastmassa yoki boshqa materiallardan bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda millimetrlarga bo‘lingan holda tayyorlanadi. Ular millimetrgacha aniqlikda o‘lchash, kerakli to‘g‘ri chiziqlar chizish va yog‘och qirralarining to‘g‘ri chiziq shaklida ekanligini tekshirish uchun ishlatiladi. 100 santimetrga teng uzunlik o‘lchov birligi metr deyiladi. Olib yurish va saqlash qulay bo‘lishi uchun o‘rama shaklidagi o‘lchash asboblaridan foydalaniladi.
    Yog‘ochni arralash kesuvchi asbob – arra yordamida zagotovkani ikki qismga bo‘lish jarayonidir. Qo‘lda arralash uchun turli duradgorlik arralaridan foydalaniladi (42-rasm). Yog‘ochni bo‘ylamasiga, ko‘ndalangiga, ikki yoqlamasiga kesish uchun maxsus arralar mavjud. Yoy arrani ishlatish vaqtida tanasini tarang tutib turish uchun chilvir orasidan o‘tkazilgan burov tayoqchasini aylantirib chilvirni taranglash kerak (43-rasm). Dastakli arralarning tishlari mayda va yirik bo‘ladi. Arralashda arraning polotnosi yog‘ochning ajraladigan qismlari chetiga qattiq ishqalanadi va u siqilib qolmasligi uchun tish42-rasm. Arra tuzilishi: 1 – polotnosi, 2 – dastasi. 43-rasm. Yoy arra: 1 – arra tanasi; 2 – quloq; 3 – dasta; 4 – kergi; 5 – chilvir. 1 2 5 3 4 2 1 59 lari chaparasta qilingan, ya’ni navbati bilan ikki tomonga qiyshaytirilgan bo‘ladi (44-rasm). Shuning uchun ham arraning o‘rni polotno qalinligidan kengroq bo‘ladi va arralash osonlashadi (45-rasm). Zagotovkani kesishda arra reja chizig‘idan 2–3 mm uzoqlikda qo‘yiladi. Dastarra polotnosi zagotovka sirtiga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida surilishi kerak. Arralashning to‘g‘ri borayotgani reja chizig‘iga ko‘ra nazorat qilinadi. Mana shu chiziq zagotovkadagi arralash joyidan chap tomonda qolishi kerak. Yog‘ochni arralash uni biroz tilib olish bilan boshlanadi.
    Dastarraning birinchi harakati 20° li burchak ostida ishlovchining o‘ziga tomon tortishi bilan amalga oshiriladi. Keyin esa qisqa-qisqa harakatlar bilan arraning o‘rni chuqurlashtirilib boriladi. Arralash vaqtida zagotovkani ushlab turgan qo‘l jarohatlanmasligi uchun rejalash chizig‘iga 46-rasmdagi kabi yog‘och qo‘yib olish lozim. Shu rasmda arrani to‘g‘ri ushlash ham aks ettirilgan. Zagotovka biroz tilinganidan so‘ng arra butun bo‘yi boricha harakatlantiriladi.
    Zagotovkani chap qo‘l bilan arradan eng kami 10 mm oraliqda ushlab turish kerak. Ish vaqtida arra polotnosi zagotovkaga nisbatan aynan perpendikular holatda harakatlanishi lozim. Shuningdek, rejalash chizig‘iga ham 44-rasm. Аrrа tishlari chaparastasi. 45-rasm. Arralash jarayoni. 46-rasm. Rejalash chizig‘ini o‘rnatish. 60 qarab turish zarur. Bu chiziq arra o‘rnining chap tomonida qolishi kerak. Yog‘ochni kesib tushirishda unga arrani qattiq bosmaslik lozim, chunki bunda arra reja chizig‘idan surilib ketishi mumkin. Arralash sur’ati bir minutda 40–50 marta ikki yoqlama kesishdan oshmasligi kerak. Yog‘ochdan (47-rasm, b) yoki fanerdan (47-rasm, a) zagotovkani aniqroq qilib kesib olishda mayda tishli arradan foydalaniladi. Zagotovkani 90° va 45° li burchaklar ostida aniq qilib kesish uchun porsiqolip deb ataladigan moslamadan foydalaniladi. Bu moslama ikkita to‘sincha va asosdan iborat bo‘lib, to‘sinchalarda 90° va 45° li burchak ostida kesish uchun arraning o‘rinlari ochilgan. Porsiqolip yordamida arralashda zagotovka chap qo‘lning katta barmog‘i bilan yon to‘sinchaga tirab bosib turiladi va reja chizig‘i porsiqolipdagi arra o‘rnining qarshisida bo‘lishi kuzatiladi. Arralash vaqtida ishni osonlashtirish uchun ko‘pincha taglik taxta qo‘llaniladi. Yog‘ochga ishlov berish korxonalarida yog‘ochlarni arralash ishlari dumaloq va mayatniksimon arrali dastgohlarda bajariladi va bu dastgohlar mehnatning unumdorligini hamda ishning sifatini qo‘lda arralashdagiga nisbatan bir necha marta oshiradi. Mana shu ishlarni bajaradigan ishchi keng ixtisosli dastgohchi deb ataladi.
    Dastgohchi ishchilar o‘quv-ishlab 47-rasm. Fanerni (a) va yog‘ochni (b) kesishda arraning og‘ishi. a b 2 15° 45° 61. Porsiqolipda arralash.
    Taglik taxtada ishlash. Porsiqolip Taglik taxtada chiqarish korxonalarida, kasb-hunar kollejlarida va bevosita ishlab chiqarishning o‘zida tayyorlanadi. Arralashda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur: 1. Arralashdan oldin zagotovkani mustahkam o‘rnatish zarur. 2. Arraning tishlarini qo‘l barmoqlari bilan to‘g‘rilash mumkin emas. Bunda taxtacha yoki maxsus tirgaklardan foydalanish kerak. 3. Arralash vaqtida chap qo‘lni arra polotnosi yaqiniga qo‘yib turish yaramaydi. 4. Arra bilan ishlashda polotnoni siltamaslik va uning bukilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 5. Dastgoh ustini cho‘tka bilan qipiqlardan tozalash lozim.
    Randa turlari va randalash qoidalari Yog‘ochdan buyum tayyorlash uchun kerakli material arralab olinganidan so‘ng uning sirtini tozalash, silliqlab tekislash va aniq o‘lchamga keltirish uchun randalash ishlari bajariladi. Bu maqsadda turli xil randalardan foydalaniladi. 62 Duradgorlik randalari vazifasiga ko‘ra sirtlarni tozalash, silliqlash, tekislash maqsadida ishlatiladigan, ya’ni yog‘ochga birlamchi ishlov beruvchi randalar (sherxebel, taxta randa, mushranda, japs randa)ga va maxsus randalar (zakrov randa, chok randa, konish randa, dila randa, chorabzal randa)ga bo‘linadi. Sherxebel yog‘och materiallarning sirtini tozalash va qalin payraha olish yo‘li bilan xomaki randalash maqsadida ishlatiladi. Sherxebelning asosiy qismlari kunda, tig‘ va ponadan iborat bo‘lib, kundasining uzunligi 250–260 mm, eni 40–45 mm, qalinligi 60 mm bo‘ladi. Tig‘ining eni 30 mm bo‘lib, kesuvchi qirrasi yoy shakliga ega. Bu qalin payraha olib oson randalash imkonini beradi.
    Sirtlarni silliq randalash uchun taxta randa ishlatiladi. Taxta randa sherxebeldan kundasining enliligi va tig‘ining to‘g‘ri bo‘lishi bilan farq qiladi. Taxta randa kundasining eni 55–60 mm, tig‘ining eni 45–50 mm bo‘ladi. Bu randa yordamida sirtlarni silliq randalash uchun tig‘ni yupqa payrahxa oladigan qilib kundadan mumkin qadar oz chiqariladi. Payraha 50-rasm. Randa turlari: a) sherxebel; b) taxta randa; d) mushranda: 1 – pona; 2 – kunda; 3 – tig‘; 4 – temir pushtak; e) pushtakli tig‘; f) japs randa: 1 – tig‘; 2 – pushtak; 3 – pona; 4 – dasta; 5 – bolg‘alash tugmasi. a b d e f 1 2 4 3 5 1 2 3 4 63 qalin olinsa, sirtlar silliq chiqmaydi.
    Mushranda tuzilish jihatidan taxta randadan farq qilmaydi. Mushranda tig‘ida qo‘shimcha temir pushtak bo‘lib, u payrahani sindirish vazifasini o‘taydi. Shuning uchun temir pushtagi tig‘ning kesuvchi qirrasiga yaqin o‘rnatiladi. Shu tariqa o‘rnatilganda tig‘ chiqargan payrahani darhol qayirib sindiradi va randalashni yengillashtiradi.
    Japs randa. Taxta randa va mushranda yordamida uzun va enlik taxtalarning sirti silliqlansa ham, ular bilan tekis randalab bo‘lmaydi. Bunday sirtlarni japs randa bilan randalab tekislanadi. Japs randa kundasi uzun (700–800 mm), eni (70– 80 mm), tig‘ining eni 55–60 mm bo‘ladi
    Randalarning vazifasiga qarab ularning tig‘lari ham har xil bo‘ladi. Masalan, tozalab randalashga mo‘ljallangan randaning tig‘i to‘g‘ri chiziq bo‘yicha charxlanadi, dag‘al randalanadigan mushtrandaning tig‘i esa ensiz va biroz dumaloqlanadi. Randaning tuzilishi 29–30 rasmlarda ko‘rsatilgan. To‘g‘ri o‘rnatilgan tig‘ning dami qiyshaymay joylanadi va kundaning ostidan (japs randaning tig‘i 1–3 mm, taxta randalarning tig‘lari 0,1–0,3 mm) chiqib turadi. Randalash vaqtida ishlov beriladigan ashyoni dastgohga mustahkam o‘rnatish zarur.
    Ashyolar ishlov berishning qandayligiga ko‘ra har xil yo‘sinda mustahkamlanishi mumkin. Masalan: a) dastgoh iskanjasi yordamida; b) taroqtirak yoki qoziq-tirak yordamida. Randalash vaqtida asbobni to‘g‘ri ushlashga va gavdaning holatini tegishlicha tutishga jiddiy rioya qilish kerak. 51-rasm. Randaning tuzilishi. Tig‘ Tirak Tovon Pona Dasta Kunda 64 53-rasm. Randalashda qo‘l harakati. Randalashda qo‘llarni bo‘yi boricha cho‘zib, randa kuch bilan oldinga yo‘naltiriladi.
    Randani yo‘naltira boshlashda uning oldidan chap qo‘l bilan, orqasidan o‘ng qo‘l bilan mahkamroq ushlanadi. Randalangan sirtlarning tekisligi chizg‘ich (54-rasm, a) yoki go‘niya qo‘yib tekshiriladi. Randani ishlatishda uning o‘yig‘idagi xarraklar vaqti-vaqti bilan tozalab turiladi va buning uchun ular tortib olinadi yoki payraha bilan pona tomondan turtib chiqariladi.
    Yog‘ochga ishlov beriladigan va mebellar ishlab chiqariladigan korxonalarda randalash ishlarini duradgorlar, yog‘ochsozlar va arra-randali dastgohlarda ishlaydigan dastgohchilar bajaradi. Mana shunday ishchilar randalash asboblari va dastgohlarning tuzilishini yaxshi bilishlari.
    Randani yo‘naltirishda harakat qilish. 65 ularni rostlay olishlari, tuzata bilishlari, yog‘ochning turlari va xossalarini yaxshi tushunishlari, chizmalarni, eskizlarni, texnik rasmlarni o‘qiy olishlari kerak.
    Randalashda amal qilinadigan texnika xavfsizligi qoidalari: 1. Randalashdan oldin randalarning sozligini tekshirish lozim. 2. Randalashdan oldin zagotovkani dastgohga mustahkam o‘rnatish kerak. 3. Randani ishlatishda o‘ng qo‘lda uning ponasi bilan temirini qo‘shib ushlash kerak bo‘ladi. 4. Ishlov berilgan sirtlarning sifatini va tig‘ning o‘tkirligini qo‘l bilan siypalab tekshirmaslik lozim. 5. Ishlash vaqtida qirindilarni asbobning ost tomonidan tozalash kerak. 6. Jarohatlanishning oldini olish uchun tanaffus paytida randalarni yonboshlatib, tig‘ini narigi tomonga qaratib qo‘yish lozim.

    Nazorat uchun savollar:



    1. Randalashda amal qilinadigan texnika xavfsizligi qoidalari?

    2. Randalarning vazifasiga qarab turlari?

    3. Masshtabli chizg‘ich yordamida detalni rejalashni tushuntiring?

    Yog‘ochga ishlov berish dastgohlari va asboblari” fanidan



    Download 4,97 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




    Download 4,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU: Nazorat o‘lchash asboblari va aniq kalibrlari

    Download 4,97 Mb.