|
Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi mavzu
|
bet | 25/45 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,97 Mb. | | #251300 |
Bog'liq DURADGORr Poliuretan plintuslar
Plintusni ishlab chiqarish uchun solishtarma yangi material boshqa biror bir materialga bo‘sh kelmadi, ammo ancha kam og‘irlikka ega. Penopoliuretan zarbalarga va har qanday boshqa ta’sirlarga turg‘un. Uning yordamida vanna yoki oshxonani qoplash mumkin.
Poliuretan plintus dizayni sababli bozorda ko‘proq tanilib bormoqda. Ko‘pgina har xil shakllari va o‘lchamlari interyerning eng mard g‘oyalarini tadbiq etish imkonini beradi. Poliuretan plintus kabellar o‘tkazish uchun chuqurchalarga ega bo‘lishi, xohishga qarab chuqurchasiz plintuslarni tanlash mumkin. Poliuretan bilan bo‘rtmalar, podiumlar, kamin va sun’iy kolonnalarni dekorlash mumkin.
Poliuretan plintus oq rangda sotiladi, ammo u barcha mavjud bo‘lgan sostavlar bilan bo‘yoqlashga mos keladi. Poliuretan plintuslarni yelim yordamida amalga oshiriladi.
Plyuslar: tashqi ko‘rinish, uzoq muddatli, mustahkam, har qanday barcha maishiy ta’sirlarga turg‘un, montaj va parvarishlanishining oddiyligi, shakl va o‘lchamlarning keng tanlovi.
Minuslar: baland narx.
Metall plintus
Po‘lat yoki alyumin plintuslar mustahkam va namlikka turg‘un, shuning uchun uni namligi baland bo‘lgan maishiy xonalar va ofis xonalariga o‘rnatiladi. Metall plintus keramik plitka (kafel), laminat, quyma pol va linolium bilan mos tushadi. Metall plintus montaji maxsus mahkamlash uchun mahkamlagich va klipslar yordamida amalga oshiriladi. Ko‘pincha, ofis xonalari uchun kabel va simlarni yashirish mumkin bo‘lgan chuqurchalari mavjudligi uchun aynan metall plintuslar tanlanadi.
Nazorat uchun savollar:
Plintus avzalliklari haqida ma’lumot bering?
Yog’och plintus avzalliklari qanday?
Plintus o’rnatish qoidalari?
“QURILISH DURADGORLIGI” fanidan
6-MAVZU: Plintus o‘rnatish mavzusi yuzasidan
VIZUAL DEDAKTIK MATERYALLARI
|
| |