• Tayanch iboralr
  • QURILISH DURADGORLIGI”
  • -MAVZU: Zina tutqichi turlari




    Download 4,97 Mb.
    bet21/45
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,97 Mb.
    #251300
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
    Bog'liq
    DURADGORr

    3-MAVZU: Zina tutqichi turlari mavzusi yuzasidan


    VIZUAL DEDAKTIK MATERYALLARI








    4-MAVZU: Qolip materiallarini tanlash.
    Reja:

    1. Rasm chizishga o‘rgatish

    2. Qalamtasvir – barcha tasviriy san’at turlarining asosi

    3. Qalamtasvir mashg‘ulotlari



    Tayanch iboralr: element,tekislik,qolip,material
    Ishlab chiqarishda har qanday buyum tayyorlashda materialdan to‘g‘ri va tejamkorlik bilan foydalanish, tayyorlangan buyumning sifatini, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish uchun ishlatiladigan materialning turini, xususiyatini, unga ishlov berish texnologiyasini bilish talab etiladi. Shunga ko‘ra o‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan yog‘och materiallarining tuzilishi, turlari, xossalari, ularga ishlov berish usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.
    Bevosita birikma yog‘och konstruksiyalarda keng qo‘llaniladi va siqiluvchi bir elementdan zo‘riqishni ikkinchisiga burchak ostida yoki element o‘qi bo‘ylab uzatishda qo‘llaniladi. Bunday birikmalar ferma belbog‘ining oraliq va tayanch tugunlarida, tekis va fazoviy murakkab konstruksiya elementlari tutashmalarida keng tarqalgan. O‘yib biriktirish xoda va chorqirralardan yasalgan konstruksiyalarda qo‘llaniladi.
    O‘yib biriktirish bir, ikki va uch tishli bo‘lishi mumkin. Sodda va ishonchli ishlashi uchun bir tishlisi keng tarqalgan. Ezilish tekisligi ta’sir kuchiga nisbatan 90° burchak ostida belgilanadi, tutashuvchi element o‘qi esa shu yuza markazidan o‘tishi kerak. Bu tadbirga ko‘ra, yorilish tekisligi bo‘yicha ishqalanish kuchi sodir bo‘ladi, birikmaning siljishga yaxshi ishlashi ta’minlanadi. Yarim yog‘ochli o‘yib biriktirishlar, chorqirra yoki g‘o‘lalarning uchini yarmigacha kesib, bir-biriga ulashda ishlatiladi, so‘ngra ular xavfsizlik bolti bilan mahkamlanadi. Bunday birikmalar stropilalarni bir-biriga biriktirishda ishlatilishi mumkin.
    Qiya kesib biriktirishlar yog‘och chorqirra yoki g‘o‘lalarning uzunligi bo‘yicha biriktirish zarur bo‘lganda ishlatiladi, ular ham konstruktiv bolt bilan mahkamlanadi. Yarim taxtali biriktirishlarda taxtalarning ikki tomonida ariqcha ochib, qo‘shni taxtalar jipslashtiriladi. Shipli biriktirishlarda yoki shpuntlarda taxtaning bir tomonida ariqcha, ikkinchi tomonida ship ochiladi va taxtalar bir-biriga jipslashtiriladi.
    Rama – asosiy yuk ko‘taruvchi yog‘och konstruksiyalarning turlaridan biri hisoblanadi. Ularning shakli ko‘pgina ishlab-chiqarish va jamoat binolariga mos keladi. Rama ustun va to‘sinlari tom yopma va devor konstruksiyalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Lekin ramaga juda ko‘p miqdordagi yog‘och materiallari talab qilinadi va ular 1224 metr oraliqlarda qo‘llaniladi. Xorijiy davlatlarda yog‘och ramalar 60 metrgacha bo‘lgan oraliqlarda ham qo‘llanilmoqda. Statik sxemalari bo‘yicha ramalar statik aniq va statik noaniq turlarga bo‘linadi. Ularning afzalligi shundaki, rama kesimlaridagi zo‘riqishlar poydevorni cho‘kishiga bog‘liq emas va ularning tugun yechimlari soddaroq yechilgan. Kamchiligi tugunlarida katta zo‘riqishlar hosil bo‘lishidadir.
    Yog‘och ramalar sxemalari: a-uch sharnirli; b-ikki sharnirli, bikr mahkamlangan; v-ikki sharnirli sharnirli tayangan. Ikki sharnirli bikr tayanch tugunli sxema bir marta statik noaniq hisoblanadi. Bu sxemaning afzalligi, rama to‘sinining ustuni bilan birikish joyida eguvchi momentning qiymati nolga teng bo‘ladi. Kamchiligi ramada bikr tayanch tugunlarining mavjudligidir. Bikr tayanch tugunlari sharnirli tayanch tugunlariga nisbatan murakkabroqdir. Ikki sharnirli, sharnir tayanch tugunli ramalar ham bir marta statik noaniq hisoblanadi. Uch sharnirli yelimlangan yog‘och ramalar eng ko‘p tarqalgan ramalar hisoblanadi. Ular havonli va havonlar soni ikkitadan to‘rttagacha bo‘lishi mumkin. Ramadagi eng katta eguvchi moment, ramaning o‘stirma tugunida hosil bo‘ladi. Ramaning sarrovi to‘g‘ri chiziqli tekis bo‘lganligi uchun to‘sin va to‘shamalarni o‘rnatish, hamda tomda nishablikni qilish oson bo‘ladi. O‘stirmani tishli chok kesimida maksimal eguvchi moment hosil bo‘ladi.
    Yelimlangan uch sharnirli to‘rt havonli rama - ikkita ustundan, ikkita o‘zgaruvchan kesimli yarim sarrovlardan va o‘zgarmas kesimli to‘rtta havonlardan tashkil topadi. Havonlar sarrovlarga qo‘shimcha tayanch sifatida ishlaydi va shuning uchun sarrovdagi eguvchi moment qiymatini qisman kamaytiradi. Yelimlangan uch sharnirli ikki havonli ramalar - ikkita ustundan, ikkita o‘zgaruvchan kesimli yarim sarrovlardan va o‘zgarmas kesimli ikkita havonlardan tashkil topadi.
    Bu ramaning asosiy kamchiligi, ular o‘stirma qismidagi cho‘zilish zo‘riqishini kattaligidadir. Yelimlangan yog‘och tayanch ichki havonli uch sharnirli rama - ikkita yarim sarrovlardan, ikkita havonlardan va ikkita ustunlardan tashkil topadi. Yelimlangan yog‘och tayanch tashqi havonli uch sharnirli rama - xuddi ichki havonli ramaga o‘xshaydi, faqat havoni bu ramalarda tashqi bo‘ladi. Har qanday yog‘ochning ishlatilishi uning fizikaviy va mexanikaviy xossalariga, ishlatilish sharoitiga, miqdoriga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.
    Texnikaning taraqqiy etishi natijasida yog‘och materiallardan foydalanish sohasida doimiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Yaqingacha ham yog‘och asosiy qurilish materiali hisoblanardi. Qurilish va inshootlarda yig‘ma temir-beton konstruksiyalarning ishlatilishi yog‘ochga bo‘lgan ehtiyojni ancha kamaytirdi. Shunga qaramasdan, yog‘och sellyuloza sanoatida hozirgi vaqtda asosiy material hisoblanadi. Yog’och o‘ymakorligida ishlatiladigan yog’ochlarni butun yil bo‘yi tayyorlash lozim. Lekin yog’ochlarni daraxtlardan suv qochgan vaqtda, ya’ni oktyabr, noyabr oylarida tayyorlash yaxshi natija beradi.
    Kesilgan daraxt uzoq ~ 13 ~ saqlanganda chirimasligi va qurt emasligi uchun uning po‘stlog‘ini shilish va soya xamda shamol tegadigan joyda saqlash lozim. Yog’ochlarni ishlatish oldidan e’tibor bilan tanlash va xillash kerak, Buralgan, serbutoq yog’ochlarni olmaslik lozim, chunki ulardan yasalgan buyumlar sifatsiz chiqadi. Xo‘l taxtani ishlash quruq taxtaga qaraganda birmuncha qiyin. Nam taxtalar ko‘pincha ish jarayonida nami qochib qiyshayishi mumkin. SHuning uchun mebel, o‘yma buyumlar yasashda ishlatiladigan yog’och materiallar quruq bo‘lishi shart. O‘quvchilar qilinadigan ishning katta-kichikligiga qarab, yog’och materiallarni, fanerlarni xillab olishlari lozim.
    Materiallarni xillab olish tayyorlanadigan buyumning sifatli chiqishini ta’minlaydi. Ishlatiladigan yog’och materiallar yaxshi qurigan bo‘lsa, tob tashlab buralish, kurish natijasida darz ketish xollari yuz bermaydi.
    Naqsh o‘yilishi kerak bo‘lgan buyumni yaxlit holda dastgoxga o‘rnatish birmuncha qiyin. SHu sababli uni qismlarga ajratib o‘yish oson va qulaydir. O‘yiladigan buyum qismlarini maxsus burama qisqichlar bilan dastgoh ustiga qimirlamaydigan qilib o‘rnatiladi. Buyum yuziga naqsh tushirishdan oldin buyum yuzini yumshatish uchun paxta moyi surtiladi. O‘yish vaqtida esa iskana uchi sovunga tegizib olinadi, shunda iskana ravon kesadi. Yog’och o‘ymakorligi san’atining ajoyib xususiyatlaridan biri shundaki, o‘ymakor usta ikki qo‘li bilan ishlaydi. Iskana qalamni chap qo‘liga ushlab, o‘ng qo‘li bilan bolg‘ani tutib, iskana dastasiga urib, naqshni kesadi. O‘zbekistonda ishlatiladigan o‘yma naqshlarning chuqurligi 2 mm dan 15 mm gacha boradi. Toshkent, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand o‘ymakor ustalari buyumlarning o‘yilgan zaminini chekma uslubida maxsus chekich iskana qalam bilan chakichlab chiqadidar.
    Xiva ustalari naqsh zaminini chakichlamasdan tekisligicha qoldiradilar. Ular o‘yib tayyorlangan buyumlarning yuziga qizdirilgan chigit yog‘i surtadilar. Bunda buyumning namga va issiq-sovuqqa chidamliligi oshadi. Ikkinchidan chigit yogi naqsh yuzini qoramtir qilib ko‘rsatadi. Toshkent, Qo‘qon va Samarqand ustalari esa tayyor buyumlarni maxsus lok bilan loklaydilar. ~ 14 ~ Yog’och o‘ymakorligi san’atida ishlatiladigan yordamchi materiallar va asbob uskunalarga quyidagilarni kiritish mumkin. Duradgorlik elimi, kazein elimi, chigit moyi, jilvir qog‘oz, elimdon kabilardan foydalaniladi. Bundan tashqari duradgorlikda yog’ochni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan dastaki va mexanik asboblardan ham foydalaniladi. Duradgorlik elimi - yog’och materiallarini bir-biriga elimlash uchun ishlatiladi. Duradgorlik elimi go‘sht va suyaklardan tayyorlanadi.
    Kazein elimi - yog’och o‘ymakorligi va duradgorlikda ishlatiladigan elim bo‘lib, sutning oxirgi ishlatib bo‘lmaydigan qismidan tayyorlanadi. U talqon xolida yoki 4-12 mm li qattiq donacha ko‘rinishida bo‘ladi. CHigit moyi — o‘yilgan o‘yma nakati beys yordamida o‘rik, yong‘oq yoki boshqa yog’och rangiga keltirib bo‘yalgandan so‘ng chigit moyi paxtali latta bilan ishqalab surkab chiqiladi va 3,7 nomerli spirtli lok surkab chiqiladi. Knopka naqshni buyumni yuziga tushirishda shildiroq qog‘oz siljimasligi uchun uni maxkamlab qo‘yishda ishlatiladi. Moslamalardan jilvir qog‘oz, mayin yassi egovlar ishlatiladi. Jilvir qog‘ozlar donlarining yirik-maydaligiga qarab, 120 dan 180 gacha nomyorlanadi, nomerlar ortib borishi bilan donalari maydalashib boradi, 120- 140 nomerlilari mayda donali jilvir deyiladi.
    Yog’och materiallar. Yog’och va yog’och materiallar xalk, xujaligining hamma tarmoklarida keng kullaniladi. Undan qurilish va inshootlarda, avtomobilsozlik, vagonsozlik, ximiya va kumir sanoatida, qog‘oz-sellyuloza sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari, gugurt ishlab chiqarish, etil spirti, sintetik kauchuk, turli loklar, buyoqlar ishlab chiqarish sohalarida ham keng foydalaniladi. Yog’och materiallarning bunday keng kulamda ishlatilishiga sabab texnik xossalarining yuqoriligi va qulayligidir. Yog’ochni ishlash ancha oson. Vazni engil, puxtaligi yukori, issikushk va elektr tokini yomon utkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez emirilmaydi. Kupchilik yog’ochlarning tashki kurinishi chiroyli bulib, puxta elimlanuvchi buladi va yaxshi pardozlanadi. SHunga qaramasdan, yogochlar turli kamchiliklardan xam xoli emas, ya’ni, Tayanch so‘z va iboralar: materiallar, sintetik kauchuk, loklar, buyoqlar, yog’ochning pishiqligi, qipiq va payrahalarni, o‘zak, pustloq, kambiy, yog’och turlari, fizik xossalari, yog’ochning rangi, yog’ochning tovlanishi, yog’ochning hidi, yog’ochning teksturasi, yog’ochning namligi, faner ~ 17 ~ temperatura, namlik uzgarishi natijasida yog’och qurib, tez deformatsiyalanadi (tob tashlaydi), nam tortib shishadi, yoriladi va hokazo. Yog’ochning pishiqligi. qattiq.ligi va boshqa mexanik xossalari, metallardagi singari, turli yunalishda turlichadir. Nam ta’sirida yogochning mexanik xossalari keskin uzgaradi. Yog’och oson alangalanadi, chirishga, hasharotlarning kemirishiga qarshilik kursata olmaydi, bu esa uning snfatini pasaytirishga olib keladi.
    Hozirgi vaqtda yog’ochni qayta ishlash sanoati korxonalarida mexanik xususiyatlari yanada yuqori bo‘lgan yangi tur yog’och materiallar ishlab chiqarilmoqda va xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ishlatilmoqda. Yog’och ishlash korxonalarida chiqadigan chiqindilar — qipiq va payrahalarni presslash yuli bilan tayyorlanayotgan yog’och materiallar tabiiy yog’ochlarda uchraydigan har qanday nuqsonlardan, kamchiliklardan xoli, puxtalik jihatidan ustun bo‘lib, ayrim hollarda metall o‘rnini ham bosmokda (presslangan yog’och materiallardan hatto podshipniklar va mashina detallari tayyorlanadi). Sanoatda ishlab chiqarilayotgan ayrim presslangan yog’och materiallar qurilishlarda, mebel ishlab chiqarish korxonalarida ham keng ishlatilmoqda.
    Yog’och materiallardan turli buyumlar ishlab chiqarish uchun eng avvalo, tegishli materialdan turli va tejamkorlik bilan foydalanish, tayyorlangan buyumning sifatiga e’tibor berish, ishlatiladigan yog’och materialning turini, tuzilishini, xususiyatini, unga ishlov berish texnologiyasini bilish juda katta ahamiyatga ega. SHuning uchun har qanday yog’och materiallar texnikada asosiy qirqim (ko‘ndalang, radial va tangen-tal) buyicha tekshirilib, ma’lum sohada ishlatish uchun tavsiya qilinadi (rasm). Daraxtning tuzilishi.
    Tabiatda o‘sib turgan har qanday daraxtni shartli holatda uch qismdan iborat deyish mumkin. Bular: tomirlar, tana va shoxshabbalardan iborat. Daraxtning tomirlari murakkab, har tomonga tarmoqlagan ko‘p funksiyali sistemadir. Tomirlar sistemasiga kiruvchi mayda tomirchalar esa tuprokdan turli mineral tuzlarni, uglekislotalarni suv orqali tortib, yirik tomirlar, so‘ngra daraxtning tanasi orqali shox-shabbalariga uzatadi. Yirik tomirlar daraxtni ~ 18 ~ vertikal holatda ushlaydi va uiing hayoti uchun turli ozuqalarni to‘plab saklaydi.
    Daraxtning tanasi asosiy qism bo‘lib, uni shartli ravishda ingichka (yuqori) qism va yo‘g‘on (pastki) qismga bo‘lish mumkin. Daraxtning shox-shabbasi, asosan, tananing yuqori qismidagi ingichka tana qismi bo‘lib, unga shox-shabbalar, barglar va boshqalar kiradi. SHoxshabbalar daraxt hayoti uchun juda katta rol o‘ynaydi. Daraxt barglari esa quyosh energiyasi ta’sirida ozuqabop moddalarni xosil qiladi, bu daraxtning o‘sishi uchun zarurdir, ya’ni fotosintez jarayonini amalga oshiradi.
    Tananing bosh qirqimlari. Har qanday daraxtda tananing qirqimi asosiy qirqimlardan biri hisoblanadi, chunki bu qirqim uning kapillyarligini, g‘ovaklik, tuzilish tabiatini aks ettirgani uchun bosh qirqim deyiladi. Daraxt uchta bosh qirqimdan iborat bo‘lib, uni o‘zaro farq qilish kerak. Kundalang qirqim daraxt tanasining o‘qiga perpendikulyar tekislik bilan kesish orqali, radial qirqim tananing uzunligi va markazi (o‘qi) buylab o‘tkazilgan tekislik bilan kesish orqali, tangental qirqimi esa tananing uzunligi va markazidan (o‘qidan) o‘tmagan tekislik bilan kesish orqali hosil qilinadi. SHuni aytib utish kerakki, yuqorida qayd qilingan daraxt qismlari ham, o‘z navbatida, bir necha qismlarga bo‘linadi.
    Tananing asosiy kismlari. Har qanday daraxtning kundalang va radial qismlarida uning asosiy anatomik strukturalarini, ya’ni o‘zagi, mag‘izi, markaziy qismi, pustlor osti, pustlorini va xokazolarni kuzatish mumkin. O‘zak. Taxminan tananing markaziga joylashgan bo‘lib, ko‘pgina daraxtlarda u qoramtir rangda namoyon buladi, formasi esa aylanasimon bo‘lib, diametri taxminan 2—5 mm (ba’zi daraxt turida 10 mm ga-cha) ~ 19 ~ bo‘ladi. Uzak nozik, tez chiriydigan buladi. CHirish o‘zakdan boshlansa, po‘stloqqacha tarqalib daraxtni yo‘q kilishgacha olib keladi. Uzak rovak xujayralardan iborat bulib, u butun tana buylab utadi. Uzakdan pustloqqa qarab uzak nurlari utadi (16- rasm). Markaziy qism.
    Tananing asosiy massasini tashkil qiladi. Bu qismning rangi orqali daraxtning turlarini, mag‘izliligini va mag‘ihzsizligini ajratish mumkin, chunki-mag‘izli daraxt turlarida markaziy qismi (mag‘izi) koramtir rangda, mag‘izning periferiyasi buyicha chegaralangan qatlami ochiq rangda bulib, pustloq osti (zobolon) deb aytiladi. Agar mag‘izning rangi pustloq osti qatlamining rangidan farq qilmasa, daraxt etilgan xisoblanadi. Pustloq. Tashqi, ichki qatlamdan iborat bulib, tana xajmining 6—25% cha qismini (miqdorini) tashkil etadi.
    Pustloqning tashqi qismi puk qatlam deb ataladigan qattiq qatlamdan iborat. U yog’ochni turli tashqi ta’sirlardan, issiqsovuqdan, mexanik ta’sirlardan, turli zararkunanda hasharotlardan saqlaydi. Daraxt pustlog‘ining ichki qismi lub qatlami deyiladi. Lub qatlam kuzga kurinmaydigan mayda tolalar (kapillyarlar) dan iborat. Daraxt po‘stlog‘i hozirgi vaqtda xalk xo‘jaligining turli sohalarida ishlatilmoqda. Qrim, Kavkaz, Uzoq SHarq va Saxalin zonalarida o‘sadigan probkali eman daraxtining po‘stlog‘i qalin bo‘lib, ulardan probkalar, issiklikizolyasion materiallar (plita-lar) va shu kabilar tayyorlanadi.
    Kambiy. Bu lub bilan yogoch orasida joylashgan shirali katlam bulib, u tirik xujayralardan iboratdir. Kambiyni oddiy kuz bilan ko‘rish juda qiyin, uni kurish uchun kuzni qisman «qurollantirish» kerak bo‘ladi. Uni baxorda tanadan pustlok, shilib olingan paytida ko‘rish mumkin. Bu vaktda kambiy xujayralarining buzilishi natijasida shirali, shillik, parda — suyuqlik oqib chiqadi. Kambiy lub orqali shoxdan keluvchi ozuqa bilan oziqlanadi. Kambiy o‘sayotgan daraxt uchun hayotiy manba hisoblanadi. Kambiy xujayralarining bo‘linishi daraxtning butun yashash davrida ro‘y berib turadi. Faqat qishda kambiyning rivojlanishi to‘xtab, baxorda yana boshlanadi. Baxorda kambiyning rivojlanishi shoxlardan, tananing uchki qismidan ~ 20 ~ boshlanib, u asta-sekin tana va ildizga o‘ta boradi. Agar daraxt tanasining po‘stlogi halqa shaklida qirqib olinsa, daraxt o‘sishdan to‘xtab, quriy boshlaydi.
    Yog’ochlik. Daraxtdagi tapaning yog’ochlik qismi (po‘stloq) ost, mag‘iz va o‘zakdan iborat. Kambiy hujayralarining rivojlanishi (kuzda susayib, yozda tezlashadi) natijasida, yillik halqalar hosil bo‘ladi. Chunki kambiy hujayralarining rivojlanishi va bo‘linishidan hosil bo‘lgan yangi hujayralarning tananing yog’ochlik qismiga o‘tadigan miqdori ko‘p bo‘lib, ular yirik va yupqa po‘stloqli bo‘ladi. Natijada, yog’ochlikning bahor faslida hosil bo‘lgan qismidagi rovak to‘qimaning zichligi kam va yumshoq bo‘ladi. Yog’ochda, xususan, kuzda kambiyning aktivligi susayadi, hujayralar maydalanib, qalin po‘stloqli bo‘la boradi va zichligi ortadi. Oqibatda, yoz faslida hosil bo‘lgan yog’ochning qattiqligi yuqori bo‘ladi.
    Yog’ochlikka o‘tgan kambiy xujayralarning zichligi kam bo‘lgan qismi oqishroq tusga ega bo‘lib, zichligi ortiq bo‘lgan qismining rangi qoramtir bo‘ladi. Bu hol daraxtning o‘sish davrida har yili takrorlanib, o‘z navbatida, yillik halqalarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun daraxt yoshini aniqlash maqsadida kesilgan g‘o‘lalarning ko‘ndalang qirqimidagi yillik halqalar hisoblanadi. Yillik halqalarning ortishi natijasida tana yo‘g‘onlasha boradi.
    Yog’ochning kundalang qirqimi buyicha qaraganda, halqalar aylana shaklda, radial qirqimi buyicha, to‘g‘ri chiziqlar ko‘rinishida va tangental qirqimi buyicha qaraganda, uchi shox tomonga qaragan burchaklar shaklida namoyon buladi. Daraxtning yoshiga qarab, halqalarning zichligi va qattiqligi orta boradi. Pustloqda yaqin joylashgan yillik halqalarning zichligi kam, g‘ovak bulib, u orqali ildizdan olingan ozuqa moddalar pastdan yuqoriga qarab ko‘tariladi.
    Yog’och materiallar tayerlash. Yog’och materiallarga quyiladigan talablar tegishli GOST bilan belgilanadi. GOSTda yog’och materiallarning o‘lchamlariga, ruxsat etiladigan nuqsonlarga, ishlov berish sifatiga, o‘lchash usuliga, sortlarga ajratish, markalash va hisoblashga nisbatan quyiladigan talablar kursatiladi. Xalq xo‘jaligining turli sohalarida asosiy yog’och materiallari-turli xodalar, taxta materiallari, bruslar, fanerlar (randalangan, tilingan, yunilgan, elimlangan fanerlar va hokazolar), duradgorlik plitalari, yog’och payraxali plitalar keng ishlatiladi. Bunday yog’och materiallarining ba’zilari sanoat miqyosida qanday ishlab chiqarilishi va ishlatilishi hamda ba’zi xususiyatlari bilan qisqacha tanishtirishni maqsadga muvofiq deb topdik.
    Xoda—shox-shabbalari kesilgan, po‘stlogi tozalangan daraxt tanasining bir qismidir. Xodalar 3 gruppaga bulinadi, ya’ni ingichka xodalar (kichik diametrli)—diametri 8—13 sm gacha; o‘rtacha xodalar (urta diametrli)— diametri 14—24 sm gacha; yo‘g‘on xodalar (katta diametrli)—diametri 25 sm va undan yo‘g‘onroq buladi. Xodalarning asosiy uzunligi 6,5 m bulib, qurilishlarda ishlatiladigan xodalar ko‘pincha 4—7 m uzunlikda tayyorlanadi.
    Nazorat uchun savollar:



        1. Yog’och materiallari qanday tayyorlanadi?

        2. Yog’ochning pishiqligi nima?

        3. Daraxtning tuzilishi nimalardan iborat?

        4. Yog’ochning qanday turlari mavjud?

        5. Yog’ochning fizik xossalarini aytib bering?

    QURILISH DURADGORLIGI” fanidan



    Download 4,97 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




    Download 4,97 Mb.