• Yogʻochga ishlov berish jihozlari
  • YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARI
  • Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi mavzu




    Download 4,97 Mb.
    bet17/45
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,97 Mb.
    #251300
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
    Bog'liq
    DURADGORr

    Masshtabli linеyka yordamida yog’оch matеriallarning, tayyor dеtal va buyumlarning o’lchamlari o’lchanadi va rеjalash ishlari bajariladi. Masshtabli linеyka yordamida rеjalashda baza yuzasidan bоshlab kеrakli o’lchamlar bеlgilanadi. Bu bеlgilar ustiga linеyka o’rnatilib qalam yoki chizg’ich bilan rеja chiziq chi-ziladi Masshtab-li linеyka yordamida egri chiziqlarni ham rеjalash mumkin. Buning uchun egri chiziq o’rniga uning egri-ligiga qarab har еr-har еrga miх qоqib оlinadi. So’ngra linеykani qirra-si shu miхlar bo’yicha egib yotqiziladi va qalam bilan rеja chiziq chiziladi.
    Sirkul. Duradgоrlikda fanеr ishlatishda, taхtalardan dоiraviy, egri chiziqli buyumlar tayyorlashda, yog’оch ishlaydigan tоkarlik stanоklarida dеtal va buyumlarning o’lchamini yo’nilgan sirtlarga tushirishda tsirkul yordamida rеjalash ishlari bajariladi.
    Yogʻochga ishlov berish jihozlari — yogʻochga zarur shakl va oʻlcham berishda qoʻllaniladigan asbob hamda stanoklar. Ularning yordamida yogʻochdan turli xil materiallar va yarim fabrikatlar (taxta, brus, faner, qipik, plitalar, yogʻoch plitalar va boshqalar), buyum hamda qurilmalarning detallari (mebel, vagon, kema va boshqalar yasash uchun); tayyor buyumlar (deraza, eshik, muzika asboblari, mebel va boshqalar) tayyorlanadi. Yogʻochga ishlov berish jihozlari bilan yogʻoch arralanadi, tilinadi, teshiladi, frezalanadi, silliklanadi, yoʻniladi, randalanadi, oʻyiladi, kesiladi va yoriladi. Ular dastaki va mexanik xillarga boʻlinadi. Dastaki asboblarga arralar, randalar, iskana, burgi, drellar (parmalar toʻplami bilan), jilvirlar va boshqalar kiradi. Ular ustaxonalarda, qurilish maydonlarida, ishlab chiqarish korxonalarida qoʻllaniladi. Mexanik yogʻochga ishlov berish jihozlari, asosan, stanokka yoki mashinaga oʻrnatib ishlatiladi. Bajaradigan ish turiga kura ular yogʻoch kesish, tilish, egish, yigish, yelimlash va pardozlash asbob hamda jihozlariga boʻlinadi. Yogʻoch detallarni yigʻish uchun dastaki, elektr va pnevmatik asboblardan foydalaniladi. Sanoatda yogʻoch kesish, tilish, randalash, egish, bukish stanoklari keng tarqalgan. Bu stanoklar bilan zarur oʻlcham va shakldagi yogʻoch zagotovka, detal hamda buyumlar tayyorlanadi. Yogʻoch kesish va tilishda arra; frezalashda — freza; randalashda — randa; parmalashda — parma; oʻyishda — oʻygich; silliklashda — jilvir va boshqalardan foydalaniladi. Yogochdan chiqqan qipiq va payrahadan boshqa materiallar (masalan, plitalar) ishlab chiqarishda foydalanish mumkin (qarang Yoyuch plitalar). Yogʻochga ishlov berish stanoklari arrali stanoklar; ilgarilanmaqaytma harakatlanadigan yoki qoʻzgʻalmas pichoqli randalash stanogi; detallarga doiraviy keskich bilan ishlov beradigan frezalash stanogi; teshik yoki oʻyiqlar ochish uchun ishlatiladigan parmalash stanogi; fanerlar, gugurt choʻplari, gugurt qutilari va boshqalar tayyorlaydigan yoʻnish stanoklari; yumaloq shaklli detallar tayyorlaydigan tokarlik stanoklari; detallarni silliklash uchun ishlatiladigan jilvirlash stanoklaridan iborat. Egish stanoklari changʻilar, mebellar yasash uchun yogʻochni egib beradi. Yelimlab yigʻish stanoklariga yelim surkash, shchit yigʻish stanoklari, uzel va buyumlarni yigʻish qurilmalari, pardozlash stanoklari ga boʻyash, qoplama (himoya va bezak) qoplash va jilolash mashinalari kiradi.  Ishlanayotgan buyumlar sifatini tekshirish, mehnat havfsizligi qoidalari. Duradgorlik polirovkasida lak surtish uchun tampon tayyorlash.. Duradgorlik polirovkasi va uni bajarish texnologiyasi. Ishlanayotgan buyumlar sifatini tekshirish, mehnat havfsizligi qoidalari. Duradgorlik polirovkasida lak surtish uchun tampon tayyorlash Lakli materiallar tavsifi va uni yuzaga surtish uslubi O‘rganish uchun amaliy mashqlar: buyum yuzasini gruntlash, zamazka qilish. Lak surtish. Tampon tayyorlash. Birinchi, ikkinchi, uchinchi polirovka qilishda tamponning yo‘nalishini o‘rganish. Yasaladigan buyumlar: bolg‘a, dasta, bog‘bonlik anjomlari. Stanina, support, shpindel, stollar, qirqish, uzatish va yordamchi mexanizmlar, gidravlik va pnevmatik yuritmalar.Yog‘ochlarga ishlov beruvchi dastgohlarning konstruktiv va texnologik alomatlariga ko‘ra tasnifi, qirqish, uzatish va yordamchi mexanizmlar, gidravlik va pnevmatik yuritmalar. Dastgoh qismi vazifalari va ishlash sharoiti. Yog‘ochlarga ishlov beruvchi yumaloq arrali dastgohlar turlari. Ularning kinematik sxemasi, vazifasi va tuzilishi. Yog‘och materiallariga ishlov beruvchi o‘quv ustaxonasi jihozlari. Asbob-uskunalar bilan tanishish va ish joyini tashkil qilish. Yog‘ochlarga ishlov beruvchi dastgohlarga texnik qarov qoidalari. Ustaxonada, ichki havfsizlik texnologiyasi, yong‘in havfsizligi va shaxsiy gigiena qoidalari. 14 Foydalanish qoidalari. Yog‘ochlarga ishlov berishda yaroqsizlik va uning oldini olish. Ish usullarini o‘rganish va malaka hosil qilish: yumaloq arrali dastgohlarni boshqarish va tuzilishi bilan tanishtirish. Bajariladigan ish turiga ko‘ra arrani tanlash. Arrani dastgoh valiga o‘rnatish va mahkamlash. Dastgoxda yog‘och materiallarini tilish. O‘quv mashqlari: Yumaloq arrali dastgohni yurgizish va to‘xtatish. Arra tishini tekshirish. Mahsulotni uzatishda qo‘l harakatini o‘rganish. Tilinadigan taxtani dastgoh yo‘naltiruvchi chizig‘iga siqish va stol boylab yog‘och tirgak bilan siljitib (surib) tilish. Bajariladigan ish turi: Taxtalardan, bruslardan to‘g‘ri chiziqli reykalar tilish. Pushtaxtadan taxtalar yoki qalin taxtadan yupqa taxtalar tilish. Go‘niya duradgorlikda randalangan sirtlarning bir-biriga nisbatan go‘niyaviyligini, taxta qirqimlarining go‘niya asosida arralanganligini, buyum qismlarining go‘niyaviy (to‘g‘ri burchak hosil qilib) biriktirilganligini va sirtlarga to‘g‘ri burchak hosil qilib reja chiziq chizish, reja chiziqlarning qolgan tomonlarga simmetrik ko‘chirish maqsadda ishlatiladi. Arralangan yoki randalangan sirtlarning birbiriga nisbatan go‘niyaviyligini tekshirish hamma vaqt “bet” yoki “yordamchi bet” ga nisbatan olib boriladi. Sirtlarning birbiriga nisbatan go‘niyaviyligini tekshirishda go‘niya kundasi “bet” yoki “yordamchi bet” ga jips tutilib, so‘ngra go‘niya chizg‘ichi ~ 32 ~ tekshiriladigan sirt (qirra yoki qirqim)ga tushiriladi. Chizg‘ichning sirtga jips tegish yoki tegmasligiga qarab sirtlarning to‘g‘ri arralangan yoki randalanganligi haqida xulosa chiqariladi. Go‘niya yordamida randalangan taxta chetlarining go‘niyaviyligini tekshirishda chizg‘ichni sirt bo‘ylab surmasdan, balki sirtning har er-har eriga ko‘tarib ko‘chirish yo‘li bilan tekshiriladi. Aks holda, chizg‘ich qattiq Yog’ochdan tayyorlanishiga qaramasdan, ishqalanib eyiladi va go‘niyaviyligi (to‘g‘ri burchakliligi) buziladi. Shuning uchun vaqt-vaqti bilan go‘niyaning to‘g‘ri burchakliligi tekshirib turiladi. Buning uchun nazorat go‘niya asosida randalangan taxtaning “bet”iga tekshiriladigan go‘niya lineykasining ichki qirrasi bo‘yicha reja chizig‘i chizib, shu reja chizig‘i bo‘yicha chizg‘ichni ag‘darib tutiladi. Bu vaqtda chizg‘ichning ichki qirrasi reja chizig‘iga parallel yoki u bilan ustma-ust tushsa, go‘niya to‘g‘ri burchakli, tekshirish uchun yaroqli, aks holda yaroqsiz hisoblanadi. Chizg‘ich tashqi qirrasining to‘g‘riligi ham shu tariqa tekshiriladi. Go‘niya yordamida reja chizig‘ini qolgan tomonlarga olib o‘tishda ko‘chirish tartibiga rioya qilinadi. Reja chizig‘i birinchi navbatda baza yuzalariga chizilib (“bet” va “yordamchi bet”lar rejalash baza yuzasi hisoblanadi), ular orqali qolgan tomonlarga olib o‘tiladi. Masalan, “bet”dagi reja chizig‘i taxtaning ikki cheti (qirrasi) ga ko‘chirilib, orqa tomonga “yordamchi bet” orqali ko‘chiriladi. Reja chizig‘i hech qachon orqa tomon orqali olib o‘tilmaydi. Porsi go‘niya. Buyum qismlarining porsi usulida biriktirishda (sur’at ramkasi qismlari, eshik, deraza romlarining chaspaklari, javon, shkaf kabilarning karnizlari, umuman chorabzal randalar yordamida gul chiqarilgan qismlarni biriktirishda) rejalash porsi go‘niya yordamida bajariladi. Porsi go‘niya chizg‘ichi kundaga 450 burchak hosil qilib o‘rnatiladi. Porsi go‘niya yordamida rejalash go‘niya yordamida rejalash singari bajariladi, bunda faqat “yordamchi bet” ga nisbatan “bet”larga reja chiziq chiziladi. Porsi chiziqlari boshqa tomonlarga ko‘chirilmaydi. ~ 33 ~ Vintli porsi go‘niya chizg‘ichi kundaga vint yordamida qotiriladi, vintni bo‘shatish yo‘li bilan chizg‘ichni kundaga nisbatan ixtiyoriy burchakka burib o‘rnatish mumkin. Shuning uchun vintli porsi go‘niya yordamida bir-biriga turli xil burchaklar hosil qilib biriktiriluvchi qismlar rejalanadi. Vintli porsi go‘niya yordamida chiziladigan reja chiziqlari faqat “bet”larga chiziladi. Xatkash - aniq o‘lchamli qilib arralash, randalash, o‘yish-teshish ishlarini bajarishda Yog’och materiallarning turli tomonlariga ularning qirralariga parallel qilib reja chiziqlari chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi. Xatkashlar bir cho‘pli, ikki cho‘pli va ko‘p chizg‘ichli bo‘lishi mumkin. Ikki cho‘pli xatkashlar bir cho‘plisiga qaraganda ishlatishga qulay. Ko‘p chizg‘ichlixatkashlar ko‘p tirnoqli birikmalarni rejalashda ishlatilib, ular har bir birikma uchun maxsus tayyorlanadi. Xatcho‘pli xatkashlarni ishga sozlishda pona bo‘shatilib, cho‘plar kundadan kerakli o‘lchamda chiqariladi. Uning aniq o‘lchamda chiqarilishini ta’minlash uchun masshtabli chizg‘ich yordamida kundadan cho‘pning chizg‘ich-mixgacha bo‘lgan oraliq o‘lchanadi. Chizg‘ichlar o‘lchamga sozlangandan so‘ng cho‘plar kundaga pona yordamida qotirilib, o‘lchamlar qayta tekshiriladi. Bir cho‘pli va ikki cho‘pli xatkashlardan foydalanib rejalashda eni 7-8 sm atrofida bo‘lgan taxtalarga reja chiziladi. Undan enlik taxtalar masshtabli chizg‘ich yordamida rejalanadi. Xatkash yordamida rejalashni to‘g‘ri tashkil etish uchun chizg‘ichmixning cho‘pdan oz-ko‘p chiqishiga mos ravishda xatkashni surish yo‘nalishiga qarab kundani shu yo‘nalish bo‘yicha ma’lum burchakka burib tutiladi. Kunda Yog’ochga tik tutib surilsa, chizg‘ich-mix Yog’ochga qadalab, uni surish qiyinlashadi, reja to‘g‘ri chiqmaydi.
    Sirkul. Duradgorlikda faneralar bilan ishlashda taxtalardan doiraviy, egri chiziqli buyumlar tayyorlashda, Yog’och ishlaydigan tokarlik dastgohlarida detal va buyumlarning o‘lchamini yo‘nilgan sirtlarga tushirishda sirkul yordamida rejalash ishlari bajariladi. ~ 34 ~ Yog’och ishlanadigan tokarlik dastgohlarida metall sirkuldan, taxta va fanerlarni rejalashda o‘quvchilar sirkulidan foydalanish mumkin. Sirkul yordamida o‘lchamlarni ko‘chirish ishlari ham bajariladi, sirkulni o‘lchamga sozlashda masshtab chizg‘ichidan foydalaniladi.
    Kronsirkul va nutromer. Yog’och ishlanadigan tokarlik dastgohlarida tayyorlanadigan buyumlarning tashqi va ichki diametrlarini o‘lchashda, shuningdek, o‘lchamga sozlashda kronsirkul va nutromerdan foydalaniladi.
    Kronsirkul va nutromerni o‘lchamga sozlash va ular yordamida olingan o‘lchamlarni hisoblash masshtabli chizg‘ich yordamida bajariladi. Sirkul, kronsirkul, nutromer kabi asboblar bilan bajariladigan ishlarni universal nazorat-o‘lchov va rejalash asbobi hisoblangan shtangensirkul yordamida bajarish ham mumkin. Shtangensirkul detallarni ±0,02 dan ±0,1 mm gacha aniqlik bilan o‘lchashga imkon beradigan asbob. Mikrometr yupqadetallarni yoki arra polotnolarini ±0,002 dan ±0,1 mm gacha aniqlik bilan o‘lchash uchun ishlatiladi.
    Rejalashning mohiyati shundaki, bunda chizmada ko‘rsatilgan o‘lchamlarni (qo‘shimcha ishlov berish uchun qoldiriladigan qo‘yimni ham hisobga olgan holda) ishlanadigan detal, brus yoki material sirtiga ko‘chiriladi. Reja chiziqlarini reysmus yoki bigiz yordamida, yo bo‘lmasa, qalam yoki bo‘r, ko‘mir (grafit) surkalgan kanop yordamida chizish mumkin.
    Nazorat uchun savollar:
    1. Duradgorlikda qanday asbob-uskunalar ishlatiladi?
    2. Masshtabli chizg‘ichning vazifalarini sanab bering.
    3. Go‘niya nima?
    4. Porsi go‘niyaning vazifalari nimadan iborat?
    5. Xatkash yog’ochlarga qanday ishlov beradi?
    6. Kronsirkul va nutromer nima?
    YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARI
    VA ASBOBLARI fanidan

    Download 4,97 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




    Download 4,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi mavzu

    Download 4,97 Mb.