• TASDIQLAYMAN”
  • Qurilish duradgorligi fanidan taqvim mavzular rejasi
  • Qurilish duradgorligi 1-MAVZU: Kirish. Duradgorlik
  • -MAVZU: Bino qirqimlari chizmalar Bino fasadlari chizmalari yog’och konstruksiyalari chizmalari




    Download 4,97 Mb.
    bet13/45
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,97 Mb.
    #251300
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
    Bog'liq
    DURADGORr

    6-MAVZU: Bino qirqimlari chizmalar Bino fasadlari chizmalari yog’och konstruksiyalari chizmalari mavzusi yuzasidan
    VIZUAL DEDAKTIK MATERYALLARI





    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO’JALIGI VAZIRLIGI
    JIZZAX ARXITEKTURA VA QURILISH TEXNIKUMI
    QURILISH SOHASI MALAKALI MUTAXASSISLAR TAYYORLASH MARKAZI

    TASDIQLAYMAN”


    Jizzax arxitektura va qurilish
    texnikumi direktori
    ___________N.Tursunboyeva
    ___”_______2024 yil


    YOG‘OCHGA ISHLOV BERISHTEXNOLOGIYASI”fanidan


    Taqvim- mavzu rejasi


    Kelishildi:
    O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha
    direktor o’rinbosari: M.Aliyeva


    Ishlab chiqarish ta’lim bo’yicha
    direktor o’rinbosari v/b: E.Abdumo’minov


    Ishlab chiqarish ta’lim ustasi: ______________
    O’quv-metodik majmua Jizzax arxtektura va qurilish texnikumi qoshidagi Qurilish sohasi malakali mutaxassislar tayyorlash markazining 202_-yil __ ___-sonli yig’ilishda o’quv jarayoniga qo’llashga tavsiya etildi.
    Qurilish duradgorligi fanidan
    taqvim mavzular rejasi

    T/r

    Mavzular nomi

    Soati

    O`qitishning
    tashkiliy
    shakli

    O`quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash

    Imzo

    1

    Yog‘ochga ishlov berishda texnika xavfsizligi

    2

    N

    Doimiy




    2

    Yog‘ochga ishlov berish korxonalari turlari va ularni tashkil qilish usullari

    2

    N

    Doimiy




    3

    Sifat ko‘rsatkichlari va ishlov berish aniqligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar

    2

    N

    Doimiy




    4

    O‘zaro almashuvchanlik. Ishlov berilgan yuzalarning g‘adir-budirligi

    2

    N

    Doimiy




    5

    Xomashyo va arralangan materiallar ishlab chiqarish. Xomashyo omborlari. Xomashyolarni tilishga tayyorlash.

    2

    N

    Doimiy




    6

    Tilingan materiallarni tayyorlash texnologiyasi.
    Tilingan materiallar qoldiqlarini ishlatish.

    2

    N

    Doimiy




    7

    Qoplamali shponlar olish uchun xomashyolar va uni tayyorlash texnologiyasi

    2

    N

    Doimiy




    8

    Randalangan shponlar olish uchun xomashyolar va uni tayyorlash texnologiyasi

    2

    N

    Doimiy




    5

    Yelimlangan fanera ishlab chiqarish texnologiyasi

    2

    N

    Doimiy







    AMALIYOT mashg’ulotlari













    1

    1-mavzu. Yog‘och va yog‘och asosida tayyorlangan ashyolardan pol to‘shash

    2

    A

    Doimiy




    2

    2-mavzu.Yog‘ochning namligi va mustahkaligini aniqlash

    2

    A

    Doimiy




    3

    3-mavzu. Yog‘och sifat ko‘rsatkichlari va ishlov berish aniqligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.

    2

    A

    Doimiy




    4

    4-mavzu. O‘zaro almashuvchanlik.
    Ishlov berilgan yuzalarning g‘adir-budirligi.

    2

    A

    Doimiy




    5

    5-mavzu. Xomashyo va arralangan materiallar ishlab chiqarish



    2

    A

    Doimiy




    6

    6-mavzu. Xomashyo omborlari. Xomashyolarni tilishga tayyorlash.



    2

    A

    Doimiy




    7

    7-mavzu. Tilingan
    materiallarni tayyorlash texnologiyasi.

    2

    A

    Doimiy




    8

    8-mavzu. Tilingan materiallar qoldiqlarini ishlatish

    2

    A

    Doimiy




    9

    9-mavzu. Qoplamali shponlar olish uchun xomashyolar va uni
    tayyorlash texnologiyasi

    2

    A

    Doimiy




    10

    10-mavzu. Randalangan shponlar olish uchun xomashyolar va uni tayyorlash texnologiyasi



    2

    A

    Doimiy




    11

    11-mavzu. Yelimlangan fanera ishlab chiqarish texnologiyasi



    2

    A

    Doimiy




    12

    12-mavzu. Yog‘och pol konstruksiyasi



    2

    A

    Doimiy




    13

    13-mavzu. Parket pollar

    2

    A

    Doimiy




    14

    14-mavzu. Terma parket

    2

    A

    Doimiy




    15

    15-mavzu. Parket pollarni randalash va silliqlash

    2

    A

    Doimiy




    16

    16-mavzu. Yog‘och pollarni
    yotqizishda ishlatiladigan oddiy dastgohlar, elektr dastgohlar, mashina va mexanizmlar

    2

    A

    Doimiy




    17

    17-mavzu.Yog‘ochsozlik
    stanoklarida ishlash qoidalari

    2

    A

    Doimiy




    18

    18-mavzu. Yog‘och va yog‘ochga ishlov berishda yong‘in xavfsizligi tadbirlari

    2

    A

    Doimiy







    Jami:

    54

    18/36







    Qurilish duradgorligi
    1-MAVZU: Kirish.


    Duradgorlik — yogʻochsozlik hunari; kasb-hunar turi. Duradgorlik uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, qayiqsozlik, javonsozlik, eshiksozlik, beshiksozlik, egarsozlik, elaksozlik, sandiqsozlik, panjarasozlik singari juda koʻp tarmoklardan iborat. Duradgorlik bilan shugʻullanuvchilar xalq orasida usta, duradgor, durezgar, najjor, eshiksoz, aravasoz, elaksoz kabi nomlar bilan ataladi. D. tarmoklarining hammasi uchun umumiy boʻlgan ish jarayoni — yogʻoch qirqish, tilish, yoʻnish, randalash, parmalash va h. k. Shu tufayli D. ustalari ishlatadigan asboblar (qarang Duradgorlik asboblari), xom ashyolar (tut, yongʻoq, jiyda, chinor, qayragʻoch, tol, terak, eman, qaragʻay, argʻuvon, olcha, olma, oʻrik, nok va b. daraxt taxtalari, gʻoʻlalari, yelim, temir mix, yogʻoch mix va h. k.) ham deyarli bir xil.



    Qadimgi misrning Nebamuna va Ipuki maqbarasidagi duradgorlar suratlari XVIII sulolasi.
    D. hunarmandlikning eng qad. turlaridan. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida inson uchun zarur har xil buyumlar D. ustalari yetishib chiqishini taqozo etgan. Ibtidoiy jamiyatda ovchilik, baliq ovlash, oʻsimlik ildizlarini kavlab olish kabi jarayonlarda tosh asboblar qatori D.ning ibtidoiy buyumlari ham qoʻllanilgan. Tosh davriga oid topilmalar orasida tosh qurollarning yogʻoch soplari, yogʻoch qurollar (tayoq, yoy, nayza) va h. k. uchraydi. Temir va jez davri yodgorliklari D. kasbining ancha murakkablashganini, D. buyumlarining xili koʻpayganini koʻrsatadi. Kishilarning gʻorlardan chiqib uylar (chayla, chordoq, yertoʻla, paxsa uy va b.) qura boshlashi, chorvachilik va dehqonchilik urf boʻlishi [mol qoʻralar qurish, omoch, gʻaltakarava, ariq qaziladigan buyumlar va suv chiqarish vositalari (chigʻir, tarnoye) yasash, mehnat qurollari (belkurak, bolta, ketmon, oʻroq, pichoq) uchun soplar ishlash]
    D.ning turli tarmoqlariga oid dastlabki na-munalar vujudga kelishiga sabab boʻldi. Suv boʻyida yashaydigan aholi orasida baliq ovlash va aloqa vositalari (ov asboblari, sollar, qayiqlar) paydo boʻldi. Shu tarzda D. hunarmandlikning muhim qismiga aylandi, mustaqil kasb sifatida ajralib chiqdi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlarida D. tarmoqlarining har biri mustaqil rivojlandi va murakkablasha bordi. Mas, eng qadimgi yuk tashuv vositalaridan biri boʻlgan gʻaltakarava oʻrnini arava egalladi (ot, eshak, tuya, hoʻkiz kabi hayvonlar qoʻlga oʻrgatilgach) va D.ning aravasozlik (egarsozlik ham shuning ichida) tarmogʻi rivojlandi.
    Uysozlikning dastlabki koʻrinishlari (chayla, chordoq, yertoʻla kabilar qurish) taraqqiy etib, paxsa, tosh, gʻisht, yogʻoch uylar qurila boshlashi bilan bu tarmoq ichida yangi-yangi kasblar (eshiksozlik, derazasozlik, panjarasozlik, javonsozlik va b.) yuzaga kela boshladi. Uysoz duradgorlar asosan uyning sinch, ustun, hari, toʻsin, vassa, sharafa kabi qismlarini yasab, ularni joy-joyiga qoʻyganlar.
    Eshiksoz, derazasoz va panjarasozlar uy uchun maxsus eshik, deraza, panjara, darvo-za va h. k. tayyorlaganlar. Sandiqsoz, beshiksoz duradgorlar uy ichi jihozlari yasashga mutaxassislasha bordi.
    Koʻp hollarda duradgorlar birvarakayiga D.ning bir necha tarmogʻi boʻyicha ham ishlayverganlar (mas, javonsoz usta sandiq ham, deraza ham yasayvergan). Uysoz duradgorlar safiga keyinchalik polsoz, shiftsoz duradgorlar qoʻshildi.
    Uy-roʻzgʻor buyumlarini yasaydigan duradgorlar bora-bora D.ning maxsus tarmogʻini tashkil etdi. D.ning bir necha ming yillik taraqqiyoti uning baʼzi tarmoklarining sanʼat darajasiga oʻsib chiqishini taʼminladi. Asbobsozlik, yogʻoch oʻymakorligi, panjarasozlik, sandiqsozlik kasbida ishlovchiD. ustalar bu tarmoqlarning yetuk sanʼat namunalarini yaratdilar. Musiqa asboblari (dutor, setor, chortor, tanbur, gʻijjak, chang, doyra, nay, surnay va h. k.) yasovchi D. kasblari paydo boʻldi.
    D. tarixida Xitoy yogʻoch pardozlash (sayqal, jilo berish, boʻyash, loklash) sanʼati, Yevropa kemasozligi, oʻzbek oʻymakorligi va h. k. mashhur. Oʻzbekiston hududida qadimda qurilgan masjid va madrasalarning eshiklari oʻymakor naqshlar bilan bezatilgan. Samarqand, Buxoro, Koʻhna Urganch, Xiva, Panjikent va b. shaharlardagi 9—12-asrlarga oid koʻhna yodgorliklarda ishlatilgan yogʻoch materiallardan D. meʼmorlikning ajralmas qismi boʻlganligini koʻrish mumkin.
    Bu davrga oid oʻymakorlik va asbobsozlik buyumlari turli-tuman gul va islimiy naqshlar, Qurʼon oyatlari va sheʼriy misralar bilan bezatilgan. 14—15-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklarida (ayniqsa Amir Temur davrida qurilgan bino va inshootlarda)
    D. tarmoklarining yanada mukammallashgani koʻrinadi.
    D. uslublarida yogochlarni yoʻnish, ularga ishlov berishda, muayyan kompozitsiya asosida ularni birlashtirishda, detallarning aniq, ixcham va sillikligida davr ruhi aks etdi. 19-asrning oʻrtalarigacha oʻzbek ustalari anʼanaviy D.ni davom ettirdilar, uning baʼzi tarmoqlarini shakllan-tirdilar. 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridan oʻzbek duradgorligi Yevropa va rus D. elementlari bilan boyidi.
    D. mahsu-lotlarining yangi — yevropacha nusxa va turlari paydo boʻldi. Sobiq Ittifoq davrida D.ning oʻzbek xalqiga xos anʼanaviy tarmoklari (aravasozlik, be-shiksozlik, egarsozlik va b.) oʻrniga mebel (stol, stul, shkaf, divan, pianino va b.) yasash avj oldi, uysozlik, dastgohsozlik, xoʻjalik jihozlari yasash kabi tarmoklar rivojlandi.
    Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, oʻzbek xalqining anʼanaviy D. uslublari qayta tiklanib, qadimiy D. uslublari yangidan rivojlanmoqda. D.da Oʻzbekistondagi har viloyatning oʻziga xos anʼanalari va uslublari qayta tiklanmoqda.
    Duradgor binoning yog'och qismlarini yasaydi va o'rnatadi. Ularga tom va tayanch ustunlar, devor toʻsiqlari kabi katta konstruktiv qismlar, shuningdek, zinapoyalar, oshxona shkaflari, eshiklar va taxtalar kiradi. Duradgorlar chizmalarga amal qilib, ishlarni xavfsizlik va sifat standartlariga javob berishini ta'minlaydilar.
    Yogʻochsozlik sanoati - oʻrmon sanoatining yogʻochga mexanik va kimyoviymexanik ishlov berish, qayta ishlash hamda xom ashyo sifatida oʻz ehtiyojlari uchun turli yogʻochlardan foydalanadigan tarmogʻi.
    Yo. s mahsulotlariga arralangan yogʻoch, shpal, faner, yogʻoch toʻsinlar, qurilishda ishlatiladigan yogʻoch detallar, mebel, yogʻoch qipiklaridan va tolalaridan plitalar, parket, eshik, rom, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik, vagon qurilishi, qishloq xoʻjaligi mashinalari uchun xomaki va tayyor detallar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun qutilar, toʻqimachilik sanoatiga gʻaltaklar, turli moslamalar, poyabzal qoliplar, asbobuskunalar va ularga gʻiloflar, changʻi va b. sport anjomlari, gugurt va b. kiradi.
    Oʻzbekistonda yogʻochsozlik, yogʻochdan turli anjomlar yasash qadimdan hunarmandlikning rivojlangan turi tarzida mahalliy xom ashyo resurslari bilan chegaralangan holda mavjud boʻlib kelgan.
    Yogʻochsozlik yoki duradgorlik (yogʻochni qirqish, tilish, yoʻnish, randalash, parmalash), uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, egarsozlik, sandiqsozlik, beshiksozlik, panjarasozlik, oʻymakorlik singari juda koʻp tarmoqlardan iborat boʻlgan. Bu soxada uzoq vaqtgacha kichik korxonalar, oddiy mebel ishlab chiqaradigan artellar, kerakli asbobuskuna bilan taʼminlangan sexlar ishlab kelgan. 20-asrning 50—70y.larida Oʻzbekistonda respublikaning yogʻoch va yogʻochdan ishlangan buyumlarga boʻlgan ehtiyoji toʻlaroq taʼminlanishini inobatga olgan holda Yo. s taraqqiy eta boshladi. Qurilish ktlarining duradgorlik sexlari asosida yirik yogʻochsozlik korxonalari tashkil etildi, ularda deraza va eshik, arralangan yogʻoch, toʻsin, parket va b. duradgorlik mahsulotlarini sanoat usulida tayyorlashga oʻtildi.
    Quritish yog'och namligi bilan bog'liq nuqsonlarni sezilarli darajada yo'q qiladi va uning ekspluatatsiya xususiyatlarini yaxshilaydi. Quritilgan yog'och kuchliroq. Bu halokatli zamburug'larning ta'siriga nisbatan ancha chidamli. Duradgorlik qurilish mahsulotlari uchun texnik shartlar quyidagi namlikni (%) nazarda tutadi:

    • Deraza qutilari, deraza tokchalari va eshik romlari, deraza tokchalari - 10%

    • Ichki eshik va deraza qutilari - 10%

    • Tashqi eshik va deraza qutilari - 10%

    • Panellar va taxtalardan eshik barglari - 10%

    • Ramka elementlari (stok) - 10%

    • Zamin tayanchlari va taxtalari, pollar uchun yubkalar va yupqa taxtalar - 10-13%

    • Tashqi qoplamalar va profilli plitalar - 13% -15%

    Namligi yuqori bo'lgan yog'ochdan yasalgan duradgorlik qurilish mahsulotlari muqarrar ravishda quriydi, uchib ketadi, püskürtülür va mahsulotning o'zi kuchini yo'qotadi. Shuning uchun, texnik shartlar bilan belgilangan namlik darajasiga quritilgan qurilishda yog'ochdan foydalanish kerak.
    Quritish shundan iboratki, ma'lum bir haroratgacha qizdirilgan havo quritishga duchor bo'lgan yog'och atrofida har tomondan oqib, uning namligini olib tashlaydi. Quritish jarayonida materialning tashqi qismi ichki qismga qaraganda tezroq quriydi, buning natijasida namlik namroq zonadan quritilayotgan materialning quruq tashqi zonasiga o'tadi. Shuning uchun quritish - namlik ko'paygan materialning markazidan namlik kamaygan holda uning atrofiga o'tish jarayoni. 
    Duradgor binoning yog'och qismlarini yasaydi va o'rnatadi. Ularga tom va tayanch ustunlar, devor toʻsiqlari kabi katta konstruktiv qismlar, shuningdek, zinapoyalar, oshxona shkaflari, eshiklar va taxtalar kiradi. Duradgorlar chizmalarga amal qilib, ishlarni xavfsizlik va sifat standartlariga javob berishini ta'minlaydilar.


    Nazorat uchun savollar:

    Download 4,97 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




    Download 4,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU: Bino qirqimlari chizmalar Bino fasadlari chizmalari yog’och konstruksiyalari chizmalari

    Download 4,97 Mb.