|
-MAVZU: ZINALARNING CHIZMALARI
|
bet | 10/45 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,97 Mb. | | #251300 |
Bog'liq DURADGORr3-MAVZU: ZINALARNING CHIZMALARI mavzusi yuzasidan
VIZUAL DEDAKTIK MATERYALLARI
4-MAVZU: Bino qirqimlari chizmalar Bino fasadlari chizmalari yog’och konstruksiyalari chizmalari.
Reja:
Rasm chizish mashg‘ulotlari
Chiziqli perspektiva qoidalari
Rasmni qalam yordamida ishlash
Tayanch iboralar: tasviriy san’at, chiziq, ufq chizig’i
Bino qurilishida tabiiy va sun‟iy materiallardan foydalaniladi. Tabiiy materiallarning ba‟zi birlari qayta ishlanib keyin qurilishda foydalanilsa, ba‟zi birlari, misol uchun qum shundayligicha ishlatiladi. Xarsang tosh – 20-40 kg og„irlikdagi 150-500 mm li noto„g„ri formadagi tosh. Bunday toshlardan fundamentlarda, yerto„la devorlarida foydalaniladi. Yirik tosh – g„ulasimon toshlar bo„lib, ko„chalarda va qiyaliklarda ishlatiladi. Shag‘al tosh – 5-70 mm o„lchamga ega bo„lgan mayda toshlar. Sement qorishmalarida va asfalt betonlarida ishlatiladi. Qum – 0,14-5 mm o„lchamli mayda donachalardan iborat tog„ jinsidir. Sement va beton qorishmalarida ishlatilad. Arralangan plitalar – granitdan, marmardan, ishqordan va vulqon tuflaridan tayyorlanadi. Bunday plitalar binoni bezash ishlarida ishlatiladi. Beton – sun‟iy tosh bo„lib, u sement, suv, qum va shag„al korishmasidan iborat. Betondan bino va inshootlar uchun betonli va temirbetonli mustaxkam konstruksiyalar, yo’l koplamalarida ishlatiladi. Qurilish qorishmalari – bu suv, qum va sement yoki tuprokdan iborat bo’lib, betondan farqi shag’al qo’shilmaganidadir. Ular g’isht terishda, temirbeton oralarini to’lgazishda va shtukaturka qilishda ishlatiladi. Temirbeton – beton va po’lat sterjenlar – armaturalardan iborat bo’ladi. Ular kolonnalarda, plitalarda va bostirmalarda, to’sinlarda, rigellarda v.x.klarda ishlatiladi. Temirbetonning ishlatilishi qurilishni tezlashtiradi va mustaxkamligini oshiradi. Asbestsementli maxsulot – sun’iy tosh bo’lib, suv, sement va asbestdan tashkil topgan. Bu material suv va sovuqqa juda chidamli bo’lgani uchun tomlarda, trubalarda va elektrizolyatsiya doskalarida v.x.klarda ishlatiladi. Listli oyna-2-6 mm. qalinlikda bo„lib, ular tiniq, bo„yalgan, rangsiz va yorug„likni yoyib yuboradigan bo’ladi. Yog‘och – qurilishda juda ko„p ishlatiladi. U katta og„irlik tushadigan (stropilalarda, stropilali fermalarda, ko’priklarda) devorlarda,oyna, eshik, pol, plintuslarda ishlatiladi. Qurilish chizmalarida plan, fasad, qirqim, konstruksiyalar, detallar va boshqa grajdan, sanoat, qishloq xo„jalik binolarining chizmalari GOST 2.302-68da GOST 21.501-80ni nazarda tutgan xolda bajariladi. Qurilish chizmachiligida o„lchamlar GOST 2.307-68 ga ko„ra GOST 21.105- 79 ga asosan loyixa xujjatlarini xisobga olgan xolda qo„yiladi. Qurilish chizmachiligida o„lchamlar yopiq zanjir ko„rinishida o„lcham birligisiz mm.larda ko„rsatiladi. O„lcham chiziqlari kertma belgilar bilan chegaralanadi va ular 450 da 2-4 mm. uzunlikda bo„ladi. Birinchi o„lcham chizig„i kontur chizig„idan 10 mm. masofada, keyingi o„lcham chiziqlarining oralig„i 7 mm. da, oxirgi o„lcham chizig„idan koordinata o„qlarining doirachalarigacha 4 mm. oraliqda chiziladi. Qurilish binolarining planlarida, qirqimlarida, fasadlarida satxlarning shartli belgilari birinchi qavat poliga nisbatan ko„rsatiladi. Birinchi qavat polining satxi shartli ravishda <> satx deb qabul qilinadi. Fasad va planlarda satxlar tokchalarda strelkalar bilan ko’rsatiladi. Bunday xollarda strelkalar 450 burchak ostida bo„lib, 2-4 mm. uzunlikdagi asosiy chiziq bilan ko„rsatiladi. Qurilish chizmachiligida loyixalashtirilayotgan ob‟ektning asosiy ma’lumotlari va loyixalashtirayotgan tashkilotning, bajaruvchilar xaqida ma‟lumotlar asosiy yozuvda ko„rsatiladi. Xuddi shunday asosiy yozuvlar chizmachilik darslarida, kurs ishlarida va diplom imlarida ham ishlatiladi. Agar bino planida murakkab joylari bo„lsa, u xolda ularni aloxida bo„laklarga ajratib ko„rsatish mumkin. Bunday bo„lakda hamma kerakli o„lchamlari ko„rsatiladi. Chizmada bu bo„lak qaysi planga tegishli ekanligi aniq ko„rsatiladi. Planda ham shu joy qavsga olib ko„rsatiladi. Turar joy binolarida ba‟zi seksiyalarining plani aloxida katta masshtabda berilishi mumkin. Seksiyali uylarning planlari juda cho’zilgan bo’lsa, ularning planlari kichkina masshtabda chiziladi. Shuning uchun ular seksiya planlari bilan to’ldiriladi. Turar joy seksiyasi bir zina atrofida bir nechta har xil xonali kvartiralardan iborat bo’ladi. Seksiyalarning joylashishiga qarab ular turli nomlarda markalanadi. Chetki seksiyalar torsovaya deyiladi va T markasi bilan, oraliq seksiyalar oddiy deyiladi va R markasi bilan belgilanadi. Plan chizmaga gen planda qanday joylashgan bo„lsa, shu xolda chiziladi. Ko„p qavatli binolarning planlari varaqda pastdan tepaga yoki chapdan o„nga qarab joylashtiriladi. Planni varaqda joylashtirgan o„lcham chiziqlari sig’adigan qilib joylashtiriladi. Plan quyidagi ketma ketlikda chiziladi. 1. Oldin bo’ylama koordinatsion o„qlar, so„ngra kundalang o„qlar o„tkaziladi. Bu o„qlar faqat og’irlik ko’taradigan devor va uchtunlardan o’tkaziladi. Ular qurilish koordinat to„riga bog’lash uchun va asosiy konstruksiyalarning xolatini aniqlash uchun xizmat qiladi. Koordinatsion o’qlar shtrix – punktir chiziqlar bilan ko’rsatiladi. Chizma to„liq bajarilgandan so’ng bu o’qlarni faqat asosiy devorlar kesishayotgan qismida gina qoldiriladi. Binoning ko„ndalang joylashgan o’qlari arab sonlari 1,2,3,.... va x.k.lar bilan, bo„yalmasiga tushgan o’qlar rus xarflari A,B,V...lar bilan belgilanadi. 2. Tashqi asosiy devorlarning konturlari va ichki asosiy devorlar bilan ustunlar ingichka (qalinligi 0,3 – 0,4 mm. da ) ko’rsatilgandek qilib chizib chiqiladi. O’qlar tashqi asosiy devorlarning o„rtalaridan, g’ishtli devorlarda 200 mm. yoki 100 mm. (modulga teng) qilib olinadi. Ichki devorlarda simmetriya o’qi ko’pincha koordinatsion o’qlarga tushib qoladi. Karkasli binolarda ichki qator ustunlar kesimining geometrik markazi modulli bo’lingan o„qlarga tushib qolishi mumkin. 3. Pardevorlarning tashqi chiziqlari ingichka chiziqda chizib chiqiladi. U xolda asosiy tashqi va ichki devorlarning pardevorlar bilan farqiga va ulanishiga e‟tibor berish kerak. 4. Oyna va eshik uyiklarini belgilab chiqib, asosiy devor konturi kerakli qalinlikda yurgizib chiqiladi. Oyna eshiklarning shartli belgilari Gost 21.107-78 ga ko„ra bajariladi. 5. Zinapoyalar, sanitariya texnika jixozlari shartli belgilar orqali ko’rsatiladi. Eshik ochilishi yo’nalishi ko’rsatiladi. 6. Ichki va tashqi o„lcham chiziqlari va marka qo’yiladigan doirachalar chiziladi. Birinchi ichki yoki tashqi o„lcham chizig’i asosiy devordan 10mm. dan kam bo„lmagan uzoqlikda chizilishi kerak. Keyingi o„lcham chiziqlari 7mm. oraliqda chiziladi. Marka qo„yiladigan doirachalar oxirgi o„lcham chizig„idan 4mm. oraliqda qo’yiladi.. 7. Kerakli o’lchamlar, o’qlarning markalari qo’yib chiqiladi. Oldin oyna va eshik uyiqlarining o’lchamlari, keyin asosiy devor o’qlarining, kolonnalar o’qlari orasidagi o’lchamlar ko’rsatiladi. Ishlab chiqarish binolarida o’lchamlar bilan birga polning qiyaligi ham ko’rsatiladi. Kanallarning o’lchamlari va bog’lanishi ham ko’rsatiladi. 8. Kerakli yozuvlar yoziladi. Ishlab chiqarish binolarining planida xonalarining nomi, yongin va portlash ro„y berishi mumkin bo’lgan maydonlar ham ko’rsatiladi. Xonalarning nomlari d = 6 – 8 mm.li doirachalar ichiga yozilgan raqamlar bilan belgilanib, eksplikatsiyada ko’rsatish mumkin. Planlarning tepasida bu planning nomi ko’rsatiladi. Ko„p qavatli binolarning, agar har xil planli bo’lsa, xar bir qavatining plani aloxida ko’rsatiladi. 9. Qirqim ko’rsatilgan kesuvchi tekislik ko’rsatiladi. Bu tekisliklar ajratib qo’yilgan qalin shtrix chiziq (qalinligi 1mm.) va strelka bilan ko’rsatiladi. Kesuvchi tekisliklar rus alfavitining xarflari bilan yoki raqamlar bilan belgilanadi. Qavatlar planining chizmasi konstruktiv elementlarning (durodgorchilik maxsulotlari va x.k.) spesifikatsiyasi, garderob jixozlari spesifikatsiyasi, xonalar eksplikatsiyasi, aloxida xonalarning xisob – kitob bilan beriladi. Kerak bo„lganida maxsus planlar chiziladi, ya‟ni devorlarning montaj qilish plani. Bu planda ham binoning koordinatsiya o’qlari, oyna va eshik uyiqlari, zina uzel va fragmentlarning kesuvchi tekisliklari, polning belgisi, devor va pardevorlar qalinligi ularning koordinatsion o’qlarining bog’lanishi ko’rsatiladi. G’ishtli va mayda blokli binolarning taxlash planlari beriladi. Bunday planlarda ham oyna va eshiklarning, ular orasidagi devorlarning o„lchamlari o’q chiziqlariga yoki bino konstruksiyalariga bog’lab beriladi.
Nazorat uchun savollar:
G’ishtli va mayda blokli binolar?
Chiziqli perspektiva qoidalari nimalardan iborat?
Yog’ochning qurilishdagi ahmaiyati
“Qurilish chizmachiligi” fanidan
|
| |