|
originallar — chizma qog’ozi yoki boshqa materialga chizilgan va ular bo’yicha asl nusxalar tayyorlash uchun mo’ljallangan chizmalar;
asl nusxalar
|
bet | 6/45 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,97 Mb. | | #251300 |
Bog'liq DURADGORroriginallar — chizma qog’ozi yoki boshqa materialga chizilgan va ular bo’yicha asl nusxalar tayyorlash uchun mo’ljallangan chizmalar;
asl nusxalar — imzolar bilan rasmiylashtirilgan va nusxa ko’chirish uchun imkon beradigan chizmalar;
nusxalar — asl nusxaga aynan o’xshash bo’lishini ta’minlash usuli bilan chizilgan va ishlab chiqarishda hamda korxonada foydalanish uchun mo’ljallangan chizmalar.
Ishlab chiqarishda bir marta foydalanish uchun mo’ljallangan hujjatlarni eskiz chizmalar va hujjatlar ko’rinishida bajarish mumkin.
1.3. Chizma formatlari va asosiy yozuv
D.st. 2.301-96 chizmalarning formati quyidagi tasvirlangan:
Formatning belgisi
|
A4
|
A3
|
A2
|
A1
|
A0
|
Format tomonlarining o’lchamlari, mm
|
297x210
|
297x420
|
594x420
|
594x841
|
841x1189
|
Yuzasi 1 m2 bo’lgan A0 (1189X841) format va bu formatning ensiz tomoniga parallel to’g’ri chiziqlar o’tkazib, ketma-ket teng ikkiga bo’lib olingan boshqa formatlar asosiy formatlar hisoblanadi. A4 (297x210) format o’lchamlari qolgan formatlarning o’lchov birliklari sifatida qabul qilingan.
1-rasm.
2-rasm.
Formatlariing tuzilish sxemasida (1-rasm) asosiy formatlar yo’g’on chiziqlar bilan, qo’shimcha formatlar esa ingichka chiziqlar bilan ko’rsatilgan. Qo’shimcha formatlarni (bu formatlar asosiy formatlar tomonlarini A4 format o’lchamlariga karralangan o’lchamga kattalashtirib olinadi) asosiy formatlardan foydalanish mumkin bo’lmagan hollardagina qo’llashga ruxsat etiladi.
Chizmalarni chizishda varaqning uzun tomoni, odatda gorizontal joylashtiriladi(2-rasm). Agar buyumning o’lchami balandligi bo’yicha qolgan o’lchamlaridan katta bo’lsa, u holda varaqning uzun tomoni tik joylashtirilishi mumkin. A4 format faqat tik vaziyatda joylashtiriladi.
Chizma qog’ozlarining o’lchami belgilangan asosiy formatlar o’lchamidan bir oz katta qilib ishlab chiqariladi. Shuning uchun chizma chizishdan oldin qog’oz varaqida format chegarasi chizib olinadi. Format chegarasidan tashqaridagi qog’oz polosasi varaqni knopkalar yordamida chizma taxtasiga mahkamlash uchun foydalaniladi. Chizma taxt bo’lgandan so’ng qog’oz polosasi kesib tashlanadi.
2-rasmda chizmalarni chizish sohasi 1 raqam bilan ko’rsatilgan. Chizmalar tashqi ramka 4 bilan chegaralanadi, bu ramka format cheti 2 ning ichidan: yuqoridan, o’ngdan va pastdan—5 mm, chapdan esa 20 mm masofada (chizmani broshyurovka qilish uchun) chiziladi. Ramkaning ichida pastki burchakda asosiy yozuv 3 joylashtiriladi.
Asosiy yozuv (3-rasm) shakli, mazmuni va grafalarning o’lchamlari D.st. 2.104-96 ga mos kelishi lozim. Asosiy yozuv shakli: qurilish va mashinasozlik buyumlarining chizmalari uchun a) shakl, qurilish va inshootlarning chizmalari uchun esa, b) shakl qo’llaniladi.
a) b)
3-rasm.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
originallar — chizma qog’ozi yoki boshqa materialga chizilgan va ular bo’yicha asl nusxalar tayyorlash uchun mo’ljallangan chizmalar;
asl nusxalar
|