1-MAVZU: Randalash dastgohlari konstruksiyasi.
mavzusi yuzasidan
VIZUAL DEDAKTIK MATERYALLARI
2-MAVZU: Yog‘och birikmalarini tayyorlash.
Reja:
Yog‘ochning puxtaligi
yog‘och bilan ishlash
O‘yib biriktirish
Tayanch iboralr: yog’och,birikma,taxta,daraxt,metall
Yog‘ochning puxtaligi, qattiqligi va boshqa mexanikaviy xossalari, metallardagi singari, turli yo‘nalishda turlichadir, yog‘ochning mexanikaviy xossalari nam ta’sirida keskin kamayadi.
Yog‘och oson alangalanadi, chirishga, hasharotlarning yemirishiga qarshilik ko‘rsata olmaydi. Bundan tashqari, yog‘ochda ayrim nuqsonlar ham bo‘lib, bular yog‘och sifatining pasayishiga olib keladi. Hozirgi kunda yog‘och bilan ishlash korxonalarida tabiiy yog‘och o‘rnini oladigan yangi tur yog‘och materiallar ishlab chiqarilmoqda va ishlatilmoqda.
Yog‘och ishlash korxonalarida hosil bo‘ladigan chiqindilardan: arra to‘poni va payraxalarni presslash yo‘li bilan tayyorlanayotgan yog‘och materiallar tabiiy yog‘ochlarda uchraydigan har qanday nuqsonlardan, kamchiliklardan xoli, puxtalik jihatidan ustun bo‘lib, ayrim hollarda metall o‘rnini ham olmoqda (presslangan yog‘och materiallardan hatto podshipnik va mashina detallari tayyorlanadi).
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan ayrim O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 12-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 19.10.2022 703 presslangan yog‘och materiallar qurilishlarda, mebel korxonalarida keng ishlatilmoqda. Ishlab chiqarishda har qanday buyum tayyorlashda materialdan to‘g‘ri va tejamkorlik bilan foydalanish, tayyorlangan buyumning sifatini, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish uchun ishlatiladigan materialning turini, xususiyatini, unga ishlov berish texnologiyasini bilish talab etiladi. Shunga ko‘ra o‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan yog‘och materiallarining tuzilishi, turlari, xossalari, ularga ishlov berish usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.
Bevosita birikma yog‘och konstruksiyalarda keng qo‘llaniladi va siqiluvchi bir elementdan zo‘riqishni ikkinchisiga burchak ostida yoki element o‘qi bo‘ylab uzatishda qo‘llaniladi. Bunday birikmalar ferma belbog‘ining oraliq va tayanch tugunlarida, tekis va fazoviy murakkab konstruksiya elementlari tutashmalarida keng tarqalgan. O‘yib biriktirish xoda va chorqirralardan yasalgan konstruksiyalarda qo‘llaniladi. O‘yib biriktirish bir, ikki va uch tishli bo‘lishi mumkin. Sodda va ishonchli ishlashi uchun bir tishlisi keng tarqalgan.
Ezilish tekisligi ta’sir kuchiga nisbatan 90° burchak ostida belgilanadi, tutashuvchi element o‘qi esa shu yuza markazidan o‘tishi kerak.
Bu tadbirga ko‘ra, yorilish tekisligi bo‘yicha ishqalanish kuchi sodir bo‘ladi, birikmaning siljishga yaxshi ishlashi ta’minlanadi. Yarim yog‘ochli o‘yib biriktirishlar, chorqirra yoki g‘o‘lalarning uchini yarmigacha kesib, bir-biriga ulashda ishlatiladi, so‘ngra ular xavfsizlik bolti bilan mahkamlanadi. Bunday birikmalar stropilalarni bir-biriga biriktirishda ishlatilishi mumkin.
Qiya kesib biriktirishlar yog‘och chorqirra yoki g‘o‘lalarning uzunligi bo‘yicha biriktirish zarur bo‘lganda ishlatiladi, ular ham konstruktiv bolt bilan mahkamlanadi. Yarim taxtali biriktirishlarda taxtalarning ikki tomonida ariqcha ochib, qo‘shni taxtalar jipslashtiriladi.
Shipli biriktirishlarda yoki shpuntlarda taxtaning bir tomonida ariqcha, ikkinchi tomonida ship ochiladi va taxtalar bir-biriga jipslashtiriladi. Rama – asosiy yuk ko‘taruvchi yog‘och konstruksiyalarning turlaridan biri hisoblanadi. Ularning shakli ko‘pgina ishlab-chiqarish va jamoat binolariga mos keladi. Rama ustun va to‘sinlari tom yopma va devor konstruksiyalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Lekin ramaga juda ko‘p miqdordagi yog‘och materiallari talab qilinadi va ular 1224 metr oraliqlarda qo‘llaniladi.
Xorijiy davlatlarda yog‘och ramalar 60 metrgacha bo‘lgan oraliqlarda ham qo‘llanilmoqda. Statik sxemalari bo‘yicha ramalar statik aniq va statik noaniq turlarga bo‘linadi. Ularning afzalligi shundaki, rama kesimlaridagi zo‘riqishlar poydevorni cho‘kishiga bog‘liq emas va ularning tugun yechimlari soddaroq yechilgan. Kamchiligi tugunlarida katta zo‘riqishlar hosil bo‘lishidadir.
Yog‘och ramalar sxemalari: a-uch sharnirli; b-ikki sharnirli, bikr mahkamlangan; v-ikki sharnirli sharnirli tayangan. Ikki sharnirli bikr tayanch tugunli sxema bir marta statik noaniq hisoblanadi. Bu sxemaning afzalligi, rama to‘sinining ustuni bilan birikish joyida eguvchi momentning qiymati nolga teng bo‘ladi.
Kamchiligi ramada bikr tayanch tugunlarining mavjudligidir. Bikr tayanch tugunlari sharnirli tayanch tugunlariga nisbatan murakkabroqdir. Uch sharnirli yelimlangan yog‘och ramalar eng ko‘p tarqalgan ramalar hisoblanadi. Ular havonli va havonlar soni ikkitadan to‘rttagacha bo‘lishi mumkin. Ramadagi eng katta eguvchi moment, ramaning o‘stirma tugunida hosil bo‘ladi. Ramaning sarrovi to‘g‘ri chiziqli tekis bo‘lganligi uchun to‘sin va to‘shamalarni o‘rnatish, hamda tomda nishablikni qilish oson bo‘ladi.
O‘stirmani tishli chok kesimida maksimal eguvchi moment hosil bo‘ladi. Yelimlangan uch sharnirli to‘rt havonli rama - ikkita ustundan, ikkita o‘zgaruvchan kesimli yarim sarrovlardan va o‘zgarmas kesimli to‘rtta havonlardan tashkil topadi. Havonlar sarrovlarga qo‘shimcha tayanch sifatida ishlaydi va shuning uchun sarrovdagi eguvchi moment qiymatini qisman kamaytiradi.
Yelimlangan uch sharnirli ikki havonli ramalar - ikkita ustundan, ikkita o‘zgaruvchan kesimli yarim sarrovlardan va o‘zgarmas kesimli ikkita havonlardan tashkil topadi. Bu ramaning asosiy kamchiligi, ular o‘stirma qismidagi cho‘zilish zo‘riqishini kattaligidadir. Yelimlangan yog‘och tayanch ichki havonli uch sharnirli rama - ikkita yarim sarrovlardan, ikkita havonlardan va ikkita ustunlardan tashkil topadi. Yelimlangan yog‘och tayanch tashqi havonli uch sharnirli rama - xuddi ichki havonli ramaga o‘xshaydi, faqat havoni bu ramalarda tashqi bo‘ladi.
Har qanday yog‘ochning ishlatilishi uning fizikaviy va mexanikaviy xossalariga, ishlatilish sharoitiga, miqdoriga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Texnikaning taraqqiy etishi natijasida yog‘och materiallardan foydalanish sohasida doimiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Yaqingacha ham yog‘och asosiy qurilish materiali hisoblanardi. Qurilish va inshootlarda yig‘ma temir-beton konstruksiyalarning ishlatilishi yog‘ochga bo‘lgan ehtiyojni ancha kamaytirdi. Shunga qaramasdan, yog‘och sellyuloza sanoatida hozirgi vaqtda asosiy material hisoblanadi.
Yog’och materiallar. Yog’och va yog’och materiallar xalk, xujaligining hamma tarmoklarida keng kullaniladi. Undan qurilish va inshootlarda, avtomobilsozlik, vagonsozlik, ximiya va kumir sanoatida, qog‘oz-sellyuloza sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari, gugurt ishlab chiqarish, etil spirti, sintetik kauchuk, turli loklar, buyoqlar ishlab chiqarish sohalarida ham keng foydalaniladi.
Yog’och materiallarning bunday keng kulamda ishlatilishiga sabab texnik xossalarining yuqoriligi va qulayligidir. Yog’ochni ishlash ancha oson. Vazni engil, puxtaligi yukori, issikushk va elektr tokini yomon utkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez emirilmaydi. Kupchilik yog’ochlarning tashki kurinishi chiroyli bulib, puxta elimlanuvchi buladi va yaxshi pardozlanadi. SHunga qaramasdan, yogochlar turli kamchiliklardan xam xoli emas, ya’ni Tayanch so‘z va iboralar: materiallar, sintetik kauchuk, loklar, buyoqlar, yog’ochning pishiqligi, qipiq va payrahalarni, o‘zak, pustloq, kambiy, yog’och turlari, fizik xossalari, yog’ochning rangi, yog’ochning tovlanishi, yog’ochning hidi, yog’ochning teksturasi, yog’ochning namligi, faner ~ 17 ~ temperatura, namlik uzgarishi natijasida yog’och qurib, tez deformatsiyalanadi (tob tashlaydi), nam tortib shishadi, yoriladi va hokazo.
Yog’ochning pishiqligi. qattiq.ligi va boshqa mexanik xossalari, metallardagi singari, turli yunalishda turlichadir. Nam ta’sirida yogochning mexanik xossalari keskin uzgaradi.
Yog’och oson alangalanadi, chirishga, hasharotlarning kemirishiga qarshilik kursata olmaydi, bu esa uning snfatini pasaytirishga olib keladi. Hozirgi vaqtda yog’ochni qayta ishlash sanoati korxonalarida mexanik xususiyatlari yanada yuqori bo‘lgan yangi tur yog’och materiallar ishlab chiqarilmoqda va xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ishlatilmoqda.
Yog’och ishlash korxonalarida chiqadigan chiqindilar — qipiq va payrahalarni presslash yuli bilan tayyorlanayotgan yog’och materiallar tabiiy yog’ochlarda uchraydigan har qanday nuqsonlardan, kamchiliklardan xoli, puxtalik jihatidan ustun bo‘lib, ayrim hollarda metall o‘rnini ham bosmokda (presslangan yog’och materiallardan hatto podshipniklar va mashina detallari tayyorlanadi). Sanoatda ishlab chiqarilayotgan ayrim presslangan yog’och materiallar qurilishlarda, mebel ishlab chiqarish korxonalarida ham keng ishlatilmoqda.
Yog’och materiallardan turli buyumlar ishlab chiqarish uchun eng avvalo, tegishli materialdan turli va tejamkorlik bilan foydalanish, tayyorlangan buyumning sifatiga e’tibor berish, ishlatiladigan yog’och materialning turini, tuzilishini, xususiyatini, unga ishlov berish texnologiyasini bilish juda katta ahamiyatga ega. SHuning uchun har qanday yog’och materiallar texnikada asosiy qirqim (ko‘ndalang, radial va tangen-tal) buyicha tekshirilib, ma’lum sohada ishlatish uchun tavsiya qilinadi (rasm).
Daraxtning tuzilishi. Tabiatda o‘sib turgan har qanday daraxtni shartli holatda uch qismdan iborat deyish mumkin. Bular: tomirlar, tana va shoxshabbalardan iborat. Daraxtning tomirlari murakkab, har tomonga tarmoqlagan ko‘p funksiyali sistemadir. Tomirlar sistemasiga kiruvchi mayda tomirchalar esa tuprokdan turli mineral tuzlarni, uglekislotalarni suv orqali tortib, yirik tomirlar, so‘ngra daraxtning tanasi orqali shox-shabbalariga uzatadi. Yirik tomirlar daraxtni ~ 18 ~ vertikal holatda ushlaydi va uiing hayoti uchun turli ozuqalarni to‘plab saklaydi. Daraxtning tanasi asosiy qism bo‘lib, uni shartli ravishda ingichka (yuqori) qism va yo‘g‘on (pastki) qismga bo‘lish mumkin.
Daraxtning shox-shabbasi, asosan, tananing yuqori qismidagi ingichka tana qismi bo‘lib, unga shox-shabbalar, barglar va boshqalar kiradi. SHoxshabbalar daraxt hayoti uchun juda katta rol o‘ynaydi.
Daraxt barglari esa quyosh energiyasi ta’sirida ozuqabop moddalarni xosil qiladi, bu daraxtning o‘sishi uchun zarurdir, ya’ni fotosintez jarayonini amalga oshiradi. Tananing bosh qirqimlari. Har qanday daraxtda tananing qirqimi asosiy qirqimlardan biri hisoblanadi, chunki bu qirqim uning kapillyarligini, g‘ovaklik, tuzilish tabiatini aks ettirgani uchun bosh qirqim deyiladi.
Daraxt uchta bosh qirqimdan iborat bo‘lib, uni o‘zaro farq qilish kerak. Kundalang qirqim daraxt tanasining o‘qiga perpendikulyar tekislik bilan kesish orqali, radial qirqim tananing uzunligi va markazi (o‘qi) buylab o‘tkazilgan tekislik bilan kesish orqali, tangental qirqimi esa tananing uzunligi va markazidan (o‘qidan) o‘tmagan tekislik bilan kesish orqali hosil qilinadi. SHuni aytib utish kerakki, yuqorida qayd qilingan daraxt qismlari ham, o‘z navbatida, bir necha qismlarga bo‘linadi.
Tananing asosiy kismlari. Har qanday daraxtning kundalang va radial qismlarida uning asosiy anatomik strukturalarini, ya’ni o‘zagi, mag‘izi, markaziy qismi, pustlor osti, pustlorini va xokazolarni kuzatish mumkin. O‘zak.
Taxminan tananing markaziga joylashgan bo‘lib, ko‘pgina daraxtlarda u qoramtir rangda namoyon buladi, formasi esa aylanasimon bo‘lib, diametri taxminan 2—5 mm (ba’zi daraxt turida 10 mm ga-cha) ~ 19 ~ bo‘ladi. Uzak nozik, tez chiriydigan buladi. CHirish o‘zakdan boshlansa, po‘stloqqacha tarqalib daraxtni yo‘q kilishgacha olib keladi. Uzak rovak xujayralardan iborat bulib, u butun tana buylab utadi. Uzakdan pustloqqa qarab uzak nurlari utadi (16- rasm). Markaziy qism.
Tananing asosiy massasini tashkil qiladi. Bu qismning rangi orqali daraxtning turlarini, mag‘izliligini va mag‘ihzsizligini ajratish mumkin, chunki-mag‘izli daraxt turlarida markaziy qismi (mag‘izi) koramtir rangda, mag‘izning periferiyasi buyicha chegaralangan qatlami ochiq rangda bulib, pustloq osti (zobolon) deb aytiladi. Agar mag‘izning rangi pustloq osti qatlamining rangidan farq qilmasa, daraxt etilgan xisoblanadi.
Pustloq. Tashqi, ichki qatlamdan iborat bulib, tana xajmining 6—25% cha qismini (miqdorini) tashkil etadi. Pustloqning tashqi qismi puk qatlam deb ataladigan qattiq qatlamdan iborat. U yog’ochni turli tashqi ta’sirlardan, issiqsovuqdan, mexanik ta’sirlardan, turli zararkunanda hasharotlardan saqlaydi.
Daraxt pustlog‘ining ichki qismi lub qatlami deyiladi. Lub qatlam kuzga kurinmaydigan mayda tolalar (kapillyarlar) dan iborat. Daraxt po‘stlog‘i hozirgi vaqtda xalk xo‘jaligining turli sohalarida ishlatilmoqda. Qrim, Kavkaz, Uzoq SHarq va Saxalin zonalarida o‘sadigan probkali eman daraxtining po‘stlog‘i qalin bo‘lib, ulardan probkalar, issiklikizolyasion materiallar (plita-lar) va shu kabilar tayyorlanadi.
Kambiy. Bu lub bilan yogoch orasida joylashgan shirali katlam bulib, u tirik xujayralardan iboratdir. Kambiyni oddiy kuz bilan ko‘rish juda qiyin, uni kurish uchun kuzni qisman «qurollantirish» kerak bo‘ladi. Uni baxorda tanadan pustlok, shilib olingan paytida ko‘rish mumkin. Bu vaktda kambiy xujayralarining buzilishi natijasida shirali, shillik, parda — suyuqlik oqib chiqadi. Kambiy lub orqali shoxdan keluvchi ozuqa bilan oziqlanadi. Kambiy o‘sayotgan daraxt uchun hayotiy manba hisoblanadi. Kambiy xujayralarining bo‘linishi daraxtning butun yashash davrida ro‘y berib turadi. Faqat qishda kambiyning rivojlanishi to‘xtab, baxorda yana boshlanadi.
Baxorda kambiyning rivojlanishi shoxlardan, tananing uchki qismidan ~ 20 ~ boshlanib, u asta-sekin tana va ildizga o‘ta boradi.
Agar daraxt tanasining po‘stlogi halqa shaklida qirqib olinsa, daraxt o‘sishdan to‘xtab, quriy boshlaydi. Yog’ochlik. Daraxtdagi tapaning yog’ochlik qismi (po‘stloq) ost, mag‘iz va o‘zakdan iborat. Kambiy hujayralarining rivojlanishi (kuzda susayib, yozda tezlashadi) natijasida, yillik halqalar hosil bo‘ladi. Chunki kambiy hujayralarining rivojlanishi va bo‘linishidan hosil bo‘lgan yangi hujayralarning tananing yog’ochlik qismiga o‘tadigan miqdori ko‘p bo‘lib, ular yirik va yupqa po‘stloqli bo‘ladi. Natijada, yog’ochlikning bahor faslida hosil bo‘lgan qismidagi rovak to‘qimaning zichligi kam va yumshoq bo‘ladi. Yog’ochda, xususan, kuzda kambiyning aktivligi susayadi, hujayralar maydalanib, qalin po‘stloqli bo‘la boradi va zichligi ortadi. Oqibatda, yoz faslida hosil bo‘lgan yog’ochning qattiqligi yuqori bo‘ladi.
Yog’ochlikka o‘tgan kambiy xujayralarning zichligi kam bo‘lgan qismi oqishroq tusga ega bo‘lib, zichligi ortiq bo‘lgan qismining rangi qoramtir bo‘ladi. Bu hol daraxtning o‘sish davrida har yili takrorlanib, o‘z navbatida, yillik halqalarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun daraxt yoshini aniqlash maqsadida kesilgan g‘o‘lalarning ko‘ndalang qirqimidagi yillik halqalar hisoblanadi. Yillik halqalarning ortishi natijasida tana yo‘g‘onlasha boradi.
Yog’ochning kundalang qirqimi buyicha qaraganda, halqalar aylana shaklda, radial qirqimi buyicha, to‘g‘ri chiziqlar ko‘rinishida va tangental qirqimi buyicha qaraganda, uchi shox tomonga qaragan burchaklar shaklida namoyon buladi. Daraxtning yoshiga qarab, halqalarning zichligi va qattiqligi orta boradi. Pustloqda yaqin joylashgan yillik halqalarning zichligi kam, g‘ovak bulib, u orqali ildizdan olingan ozuqa moddalar pastdan yuqoriga qarab ko‘tariladi. Yog’och turlari. Yog’ochning qarag‘ay, archa, tilog‘och, oq qarag‘ay, kedr, zirk, arg‘uvon, oq qayin, qora qayin, tog‘ teragi, terak, yong‘oq chinor, nok, zarang, eman, shumtol, qayrag‘och kabi bir necha turlari xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladi. (Bunday daraxt turlarining ba’zi xossalari, xususiyatlarini bilish uchun J. Ramizov va S. Mahkamovlar avtorligida ~ 21 ~ yozilgan «O‘quv ustaxonalarida o‘tkaziladigan praktikum», «O‘qituvchi», T., 1978 kitobining 4- bobiga qaralsin.) Yog’ochlarning ishlatilishi ularning fizik va mexanik xossalariga, ishlatilish sharoitiga, miqdoriga va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi.
Texnika yuksak taraqqiy etgan hozirgi davrda sanoatda yog’och materiallardan foydalanish doirasi yanada kengayib bormoqda. Yog’ochlarning xususiyatlari. Xalq xo‘jaligida turli konstruksion materiallar sifatida yog’ochlar ma’lum fizik, mexanik xususiyatlari bilan harakterlanadi.
Yog’ochning fizik xossalari. Tegishli materialning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning ximiyaviy tarkibini o‘zgartirmaydigan xossalari, ya’ni uning rangi, tovlanishi, tob tashlashi, egilishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, nam tortishi, quruvchanligi, zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik va tovush o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi yog’ochning fizik xossalari deb ataladi. Ana shu fizik xossalardan ba’zilari bilan qisqacha tanishamiz. Yog’ochning rangi yoroch materiallarning turlarini va ularning sifatlarini aniklashga imkon beradigan muhim xossalaridan biridir,
Yog’ochning rangi, avvalo, uning turiga va o‘sish sharoitiga bog‘liq. Ko‘pchilik yog’ochlar (qayin, tol, arg‘uvon, terak, archa) oqish rangli bo‘lib, nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol — jigar rang, qora qayin, akatsiya — oq qizg‘ish yong‘oq, qayrog‘och-qoramtir bo‘ladi. Ko‘pchilik daraxtlar kesilgandan ssng ularning yog’ochligi qoramtir bo‘lib qoladi. Bu narsa havo tarkibidagi kislorodning ta’siri natijasidir. Yog’ochning tovlanishi (yaltirokligi).
Yog’och nurlarning yunalishi va zichligiga bogliq holda tovlanadi. Yog’ochning tovlanishini sun’iy ravishda orgtirish uchun loklash, politurlash va mumlash mumkin. Yog’ochning teksturasi (tabiiy guli). Randalash, yo‘nish protsessida yog’och tolalari, o‘zak nurlari va yillik halqalarni kesish natijasida yog’ochniig teksturasi namoyon buladi. SHuni qayd qilish kerakki, yog’och materiallarning zichligi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning teksturasi (tabiiy guli) ko‘pincha bir xil ko‘rinishda bo‘ladi. Lekin turli bargli daraxtlarning tuzilishi bir-biridan farq ~ 22 ~ qilganligi sababli ularning teksturasi ham har xil ko‘rinishda buladi.
Yog’ochning teksturasi yillik halqalarining eniga, ertangi va kechki yogochlik qismining ranglaridagi farqiga, tolalarning yirik, mayinligi va yunalishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Yog’ochni kesish yo‘nalishi teksturaning o‘zgarishida katta rol uynaydi. Masalan, radial va tangental yo‘nalish buyicha tilingan taxtalarni randalash natijasida hosil bo‘ladigan tekstura turlicha ko‘rinishda buladi, radial yo‘nalish bo‘yicha, tekstura parallel to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘lsa, tangental yo‘nalish buyicha esa burchak yoki konus shaklidagi teksturalar mavjud bo‘ladi.
O‘zak nurlari va yillik halqalari aniq ko‘rinmaydigan yog’ochlarning teksturalari uncha aniq va chiroyli ko‘rinmaydi. O‘zak nurlari va yillik halqalari aniq bilinadigan yog’ochlarning tabiiy gullari juda chiroyli buladi. Teksturalari chiroyli bulgan yog’ochlardan mebel korxonalarida pardoz materiali sifatida, qoplovchi material—shpon tayyorlashda keng foydalaniladi.
Yong‘oq, nok, chinor, shumtol, eman kabi yogochlar radial va tangental yunalishda tilinganda chiroyli kurinish (gul) lar xosil buladi. Yog’ochlarda sun’iy gullar ham hosil qilinadi. Buning uchun tolalarning yo‘nalishiga parallel qilib yoki ma’lum burchak ostida buyoqlar surtiladi.
Yog’ochning hidi. Yog’ochlar tarkibidagi smolalar, efir moylari, oshlash kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog‘liq xolda har xil hidli bo‘ladi. Yog’ochning o‘zak qismi utkir hidli bulib, unda yuqoridagi moddalar kup buladi. Yangi kesilgan, shuningdek igna bargli daraxtlar yanada u
tkir xidli buladi. Yog’och qurigan sayin hidsizlanib boradi, ba’zan hidi o‘zgarib boradi. Yog’och hidining bunday o‘zgarib borishi uning tarkibidagi turli moddalar mikdorlarining o‘zgarishi orqali sodir buladi). Hidning o‘zgarishi yog’ochning buzilishiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Yog’ochning namligi. Yog’ochlarning namligi deb solishtirma namlik miqdorining absolyut quruq yog’och namuna massasiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Absolyut quruq yog’och esa laboratoriya sharoitida olingan namunani quritish shkaflarida (pechlarida) quritish orqali hosil qilinadi. ~ 23 ~ Korxona sharoitida yog’ochlarning namligi, asosan tortish va elektr metodi bilan aniqlanadi. Tortish metodi buyicha namlik quyidagi formula bilan topiladi: W q [{t~t o)G‘to ] • 100 [%] Bunda m —namunaning quritishdan oldingi massasi; m0— shu namunaning absolyut xolatigacha quritilgandan keyingi massasi.
Tortish metodi buyicha absolyut namlikni aniqlash uchun tegishli yog’och materiallardan 20X20X30 mm li prizmatik namunalar tayyorlanib tekshirish maqsadga muvofiqdir. Tayyorlangan bunday namuna notekisliklardap va yog’och qipiqlaridan tozalanadi, keyin esa 0,01 g aniqlikda tortib, С 0 103 ± 2 temperaturasi bulgap quritish shkafida quritiladi. Quritish protsessi 12... 24 soatgacha davom etishi mumkin (yog’och turiga bog‘liq holda) yoki juda tez xolda (bu uncha aniq metod emas) yog’ochlarning elektr o‘tkazuvchanligiga asoslangan elektrovlagomer yordamida ulchash orqali ularning namligini aniqlash mumkin.
Yog’ochlarning namligiga qarab: ho‘l, chala quruq, ochikda qurigan, uyda qurigan va absolyut quruq deb bir-biridan farq qilinadi. YAngi kesilgan daraxtniig namligi turiga, kesilgan vaqtiga qarab 40% va undan yuqori bo‘ladi, ya’ni ho‘l yog’ochning namligi 23 % day ortiq chala quruq, yog’ochning namligi 18—23 % gacha, ochiq havoda qurigan yog’ochning namligi 12—18 % gacha uy ichida qurigan yog’ochning namligi 8—12 % gacha buladi. Absolyut quruq qurigan yog’ochning namligi 0% bo‘lib, bu laboratoriya sharoitidagina hosil qilinadi. Yog’ochning og‘irligi uning turiga, tuzilishiga va namligiga bog‘liq.
Yog’ochning solishtirma va hajmiy og‘irligi buladi. Solishtirma og‘irlik-hech qanday g‘ovakligi, namligi, havosi bulmagan absolyut yog’ochning og‘irligi hisoblanib, birligi GG‘sm3 larda ifodalanadi. Hamma turdagi yog’ochlarning solishtirma og‘irliklari taxminan 1,5 ga teng buladi. Hajmiy og‘irligi deb yog’ochning g‘ovakligi, namligi, havosi va smolasi bilan qattiq moddasining birgalikdagi og‘irligiga aytiladi. ~ 24 ~ Bu og‘irlik yog’ochning asosiy sifatlarini, mexanik xossalarini ko‘rsatuvchi faktorlar bulib, katta amaliy axamiyatga ega.
Turli yog’ochlarda hajmiy og‘irlik turlicha buladi. Hatto, turli joylarda o‘sgan bir turdagi yog’ochning hajmiy og‘irligi ham bir xil bo‘lmaydi. Bulardan tashqari, yog’ochlarning fizik xossalariga: yog’ochlarning qurishi, nam tortib bukilishi, tob tashlab qiyshayishi, yorilishi, yog’ochlarning zichligi, tovush, issiqliq, elektr o‘tkazuvchanliklari ham kiradi. Yog’och materiallar tayerlash. Yog’och materiallarga quyiladigan talablar tegishli GOST bilan belgilanadi. GOSTda yog’och materiallarning o‘lchamlariga, ruxsat etiladigan nuqsonlarga, ishlov berish sifatiga, o‘lchash usuliga, sortlarga ajratish, markalash va hisoblashga nisbatan quyiladigan talablar kursatiladi. Xalq xo‘jaligining turli sohalarida asosiy yog’och materiallari-turli xodalar, taxta materiallari, bruslar, fanerlar (randalangan, tilingan, yunilgan, elimlangan fanerlar va hokazolar), duradgorlik plitalari, yog’och payraxali plitalar keng ishlatiladi. Bunday yog’och materiallarining ba’zilari sanoat miqyosida qanday ishlab chiqarilishi va ishlatilishi hamda ba’zi xususiyatlari bilan qisqacha tanishtirishni maqsadga muvofiq deb topdik. Xoda—shox-shabbalari kesilgan, po‘stlogi tozalangan daraxt tanasining bir qismidir. Xodalar 3 gruppaga bulinadi, ya’ni ingichka xodalar (kichik diametrli)—diametri 8—13 sm gacha; o‘rtacha xodalar (urta diametrli)— diametri 14—24 sm gacha; yo‘g‘on xodalar (katta diametrli)—diametri 25 sm va undan yo‘g‘onroq buladi. Xodalarning asosiy uzunligi 6,5 m bulib, qurilishlarda ishlatiladigan xodalar ko‘pincha 4—7 m uzunlikda tayyorlanadi
Nazorat uchun savollar:
O‘yib biriktirish nima?
Yog’och materiallar tayyorlashni tushuntirib bering?
Absolyut qurigan yog’och nima?
Yog’ochlarning elektr o’tkazuvchanligi nima?
“Qurilish duradgorligi” fanidan
|