|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO’JALIGI VAZIRLIGI
|
bet | 26/45 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,97 Mb. | | #251300 |
Bog'liq DURADGORrO’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO’JALIGI VAZIRLIGI
JIZZAX ARXITEKTURA VA QURILISH TEXNIKUMI
QURILISH SOHASI MALAKALI MUTAXASSISLAR TAYYORLASH MARKAZI
“TASDIQLAYMAN”
Jizzax arxitektura va qurilish
texnikumi direktori
___________N.Tursunboyeva
“___”_______2024 yil
“Yog‘ochga ishlov berish dastgohlari va asboblari”fanidan
Taqvim- mavzu rejasi
Kelishildi:
O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari: M.Aliyeva
Ishlab chiqarish ta’lim bo’yicha
direktor o’rinbosari v/b: E.Abdumo’minov
Ishlab chiqarish ta’lim ustasi: ______________
O’quv-metodik majmua Jizzax arxtektura va qurilish texnikumi qoshidagi Qurilish sohasi malakali mutaxassislar tayyorlash markazining 202_-yil __ ___-sonli yig’ilishda o’quv jarayoniga qo’llashga tavsiya etildi.
Yog‘ochga ishlov berish dastgohlari va asboblari fanidan
taqvim mavzular rejasi
T/r
|
Mavzular nomi
|
Soati
|
O`qitishning
tashkiliy
shakli
|
O`quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash
|
Imzo
|
1
|
Yog‘ochga ishlov berishda texnika xavfsizligi.
|
2
|
N
|
Doimiy
|
|
2
|
Nazorat o‘lchash asboblari va aniq
kalibrlari.
|
2
|
N
|
Doimiy
|
|
3
|
O‘lchamlar va o‘tkazgichlar.
|
2
|
N
|
Doimiy
|
|
4
|
Yog‘och kesish
asoslari.
|
2
|
N
|
Doimiy
|
|
5
|
Dastgohlarning asosiy qismlari tasniflari
|
2
|
N
|
Doimiy
|
|
|
AMALIYOT MASHG’ULOTLARI
|
|
|
|
|
1
|
Yog‘ochga ishlov berishda texnika xavfsizligi.
|
2
|
A
|
Doimiy
|
|
2
|
Nazorat o‘lchash asboblari.
|
2
|
A
|
Doimiy
|
|
3
|
O‘lcham va
o‘tkazgichlar.
|
2
|
A
|
Doimiy
|
|
4
|
Ishlov berilgan sirtning g‘adir-budirligi.
|
2
|
A
|
Doimiy
|
|
5
|
Yog‘och kesish asoslari. Dastgohlarning asosiy qismlari tasniflari.
|
2
|
A
|
Doimiy
|
|
6
|
Dastgohlar asosiy unsurlarining tavsiflari
|
2
|
A
|
Doimiy
|
|
7
|
Yog‘ochga ishlov berish dastgohlari
|
2
|
A
|
Doimiy
|
|
8
|
Randalash dastgohlari konstruksiyasi.
|
2
|
A
|
Doimiy
|
|
9
|
Yuritmalar. Elektr yuritmalar.
|
2
|
A
|
Doimiy
|
|
10
|
. Hajmiy gidravlik yuritmalar.
|
2
|
A
|
Doimiy
|
|
11
|
Vertikal shapindelli frezalash dastgohi.
|
2
|
A
|
Doimiy
|
|
12
|
Turum qirqish dastgohlari
|
2
|
A
|
Doimiy
|
|
|
Jami:
|
34
|
10/24
|
Doimiy
|
|
Yog‘ochga ishlov berish dastgohlari va asboblari fanidan
1-MAVZU: Yog‘ochga ishlov berishda texnika xavfsizligi.
Reja:
Yog’ochdan turli buyumlar tayyorlash
Yog’ochlarni qayta ishlash
Yog’ochga ishlov berish
Tayanch iboralr: Yog’och,o’lchov,arra,randa
Yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash va boshqa ishlarni bajarish uchun yog‘och materiallarni o‘lchash va rejalash kerak bo‘ladi. Buning uchun maxsus asboblardan foydalaniladi. O‘lchash deb yog‘och materialining
o‘lchamlarini va shaklini aniqlashga aytiladi. Bu asboblarga chizg‘ichlar, metr, o‘ramametr, go‘niyalar, xatkash, sirkul, shtangensirkul va o‘lchov andazalari kiradi.
Chizg‘ichlar yog‘och, metall, plastmassa yoki boshqa materiallardan bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda, millimetrlarga bo‘lingan holda tayyorlanadi. Ular millimetrgacha aniqlikda o‘lchash, kerakli to‘g‘ri chiziqlar chizish va yog‘och qirralarining to‘g‘ri chiziq shaklida ekanligini tekshirish uchun ishlatiladi.Buklama metr uni olib yurish va saqlash qulay bo‘lishi uchun buklanadigan qilib yasaladi. O‘ramametrlar bir necha metr uzunlikdagi metall va boshqa materialdan foydalanilgan santimetr va millimetrlarga bo‘lingan tasmadan iborat. Ular bir necha metrgacha bo‘lgan uzunliklarni aniq o‘lchash uchun ishlatiladi.
Go‘niyalar yog‘och yoki boshqa materiallarni rejalashda foydalaniladi. Ular to‘g‘ri burchaklarni o‘lchash, belgilash, chizish va tekshirib ko‘rish uchun ishlatiladi. Boshqa burchaklar uchun moslashtirilgan go‘niyalar ham mavjud.
Tayyor buyumning o‘ziga qarab rejalashda, buyumning har bir detail qanday shaklda va o‘lchamlarda ekanligi aniqlanadi, so‘ng shu o‘lchamdagi o‘lchamlar yog‘och materialga tegishli rejalash asboblari yordamida ko‘chirib chiziladi.
Bunda ayrim detalning o‘zidan andaza sifatida foydalanib chizish ham mumkin. Buyumning texnik rasmi, eskizi yoki chizmasi, ularda ko‘rsatiladigan o‘lchamlarga muvofiq ravishda tegishli detallarning shakllari yog‘och materialiga chiziladi.
Yog‘ochni rejalash asboblarini nam tegmaydigan, quruq, toza joyda saqlash kerak. Maxsus jomadonlar yoki sumkalarda tartibli saqlash ushbu asboblarning uzoq muddat xizmat qilishini kafolatlaydi.
Yog‘och tayyor qurilish materiali bo‘lib, u xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ko‘lamda ishlatiladi. Yog‘ochning keng ko‘lamda ishlatilishiga sabab uning texnik xossalarining yuqoriligidir. Yog‘ochni ishlash oson, vazni yengil, mustahkamligi yuqori, issiqlik va elektrni yomon o‘tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi. Ko‘pchilik yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lib, puxta yelimlanuvchan bo‘ladi va yaxshi pardozlanadi. Yog‘ochga ishlov berishning turli usullari mavjud (2-shakl): Yog‘ochga ishlov berishda raqam dastur bilan boshqariladigan, lazer yordamida ishlov berish, energiyani va materiallarni tejovchi, ekologiya uchun zararsiz, buyumlar sifatini avtomatik ravishda nazorat qiladigan texnika va texnologiyalardan foydalanish dolzarb bo‘lmoqda. Yog‘ochlarni qayta ishlash mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashtirilgan usullarda amalga oshiriladi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish deganda, alohida mashinalar guruhini boshqarish va bunda shaxsning bevosita ishtirokini kamaytirish tushuniladi. Avtomatik mashinalar oldindan tuzilgan dasturga muvofiq ishlaydi. Yog‘ochni qayta ishlash sanoatida avtomatlashtirishdan foydalanish mahsulot sifati va mehnat unumdorligini oshiradi, shuningdek, ishchilarning mehnat sharoitlarini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Yarim avtomatik mashinalar avtomatik siklda ishlaydigan mashinalar bo‘lib, bunda ishchining aralashuvi talab qilinadi. Yarim avtomatik mashinalarda ishchi zagotovkani o‘rnatadi, mustahkamlaydi, mashinani ishga tushiradi va tayyor bo‘lgan buyumni mashinadan bo‘shatib oladi. Avtomatik mashinalar – bu ishchining bevosita ishtirokisiz uning qismlari ishlab chiqariladigan mashinalar. Operator vaqti-vaqti bilan qayta ishlangan qismlarni o‘lchaydi va nazorat qiladi, mashinani noto‘g‘ri moslashtirilganligini aniqlasa, uni sozlaydi. Avtomatik liniya – texnologik operatsiyalarni zarur ketma-ketlikda va ma’lum bir ritmda insonning bevosita ishtirokisiz bajarish uchun qayta ishlangan qismlarning avtomatik asoslanishi, mahkamlanishi, aylanishi va harakatlanishini ta’minlaydigan asosiy, yordamchi, transport uskunalari va mexanizmlari majmuasi.
Chizma – chizmachilik asboblari yordamida hamda chizma chizishning qoidalariga rioya qilgan holda bajarilgan tasvir. Chizmalar, mazmuniga ko‘ra, detal chizmalari, yig‘ish chizmalari, umumiy ko‘rinishdagi chizmalar, montaj chizmalar va hokazolarga bo‘linadi. Eskiz – Bunda tasvir o‘lchash va rejalash asboblaridan foydalanmagan holda, buyumning taxminiy o‘lchamlari ko‘z bilan chamalanib, qo‘lda chiziladi. Eskiz chizmani chizish uchun asos vazifasini bajaradi. Texnik rasm – buyumning yaqqol tasviri. Texnik rasmga ko‘ra buyumning shakli oson tasavvur qilinadi (13-rasm). Texnologik hujjatlar – mahsulot tayyorlash jarayoni haqidagi barcha grafik va matnli hujjatlarning jamlanmasi. Texnologik hujjatlarning asosiy turlariga yo‘nalish (marshrut) xaritalari, operatsiya xaritalari, texnologik xaritalar, texnologik yo‘riqnoma, asbob-uskunalar haqidagi ma’lumotlar to‘plami kiradi. Dastlabki ikkita hujjatdan barcha ishlab chiqarishda foydalaniladi, keyingilaridan esa ko‘pincha faqat donalab va kam seriyali ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Yog‘ochga ishlov berishning sifatiga asboblarning o‘tkir yoki o‘tmasligi, ularning sozlanganligi va zamonaviyligi ta’sir ko‘rsatadi. Sifatsiz va o‘tmas asboblar bilan ishlashda ko‘p vaqt hamda kuch sarflashga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, yasalgan buyum texnik talablarga to‘g‘ri kelmay qoladi. Har qanday arraning tishlarini egovlashdan oldin tishlar chaparostlanadi. Bu maqsadda turli konstruksiyadagi kergilardan foydalaniladi (14-rasm, b). Bunda, arra qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, uning toq sondagi tishlari bir tomonga, juft sondagi tishlari ikkinchi tomonga keriladi. Chaparostlanganda arraning tishlari bir xilda bukilishi lozim. Tishlarning to‘g‘ri bukilganligi shablon bilan tekshiriladi (14-rasm, a). Qattiq yog‘ochlarni kesish uchun arraning tishlari 0,25-0,50 mm, yumshoq yog‘ochlarni kesish uchun esa 0,5-0,7 mm chaparostlanadi. Tirnoq va quloqlar arralanadigan yupqa polotnolik arralar chaparostlanmaydi. Arra tishlari chaparostlangandan so‘ng egovlab chаrxlanadi.
Burcharrada tishlarni chaparostlash, ularni egovlash bilan bir qatorda kashagi sozlanadi va polotnosi kashakka nisbatan har xil burchaklarga burib o‘rnatiladi. Polotno kashakka nisbatan kamida 200 ga burib o‘rnatiladi. Arralanadigan taxtaning eni va uzunligiga qarab, bu burchak orttirib boriladi. Polotno kashakka nisbatan quloqlar yordamida buraladi. Sirtlarning tekis va silliq chiqishi randalarning ishga sozlanishiga, ularni to‘g‘ri tutib, erkin randalashga va randalash vaqtida randaga kuchlarning to‘g‘ri qo‘yilishiga bog‘liq. Tig‘lar o‘tmaslashganda randalarni sozlash ularni asosdan chiqarib charxlash, charxlashda hosil bo‘lgan qirovni to‘kish va tig‘ni asosga qaytadan to‘g‘ri o‘rnatishdan iborat. Tig‘lar elektr charxlarda yoki tabiiy va sun’iy tosh bo‘laklarida charxlanadi. Tig‘ning faskasini charxlashda uning butun sirtini zichlab, lekin qattiq bosmay charxga yopishtirish va bir maromda u yoq-bu yoqqa surish kerak. Keskichlarni elektr charxda o‘tkirlashda tirgakka maxsus taglik o‘rnatib, kerakli o‘tkirlik burchagini ta’minlash lozim. Tig‘larni tabiiy va sun’iy toshda charxlash uchun esa oddiy moslamalardan foydalanish mumkin. Charxlash natijasida tig‘larda hosil bo‘lgan qirovni to‘kish uchun qumqayroq yoki qayroqtosh, kerosin, suv bilan namlab turiladi. Kerosin qirovni tez to‘kishga yordam beradi. Qayrash vaqtida tig‘larning o‘tmaslashib qolmasligiga, qumqayroqning o‘yilib tezda ishdan chiqib qolmasligiga e’tibor beriladi.
Yog‘ochga ishlov berishda o‘lchash va rejalash asboblari hamda ishchi asbobuskunalar ishlatiladi. Bunda dastarra, burcharra, lobzik arra, iskana, yog‘ochga birlamchi ishlov beruvchi randa va maxsus randalar, o‘yuvchi, yo‘nuvchi va nov iskanalar, qo‘l parmalari, egovlar kabi ishchi asboblar ishlatiladi.
Arralash. Kesuvchi asbob – arra yordamida zagotovkani qismlarga bo‘lish jarayoni arralash deb ataladi. Yog‘ochlarni arralashning ko‘ndalang, bo‘ylama va aralash usullari mavjud. Ko‘ndalang arralashda tishlari teng yonli uchburchak shaklida bo‘lgan va polotnoga nisbatan tik joylashgan arralar, bo‘ylama arralashda qiyshiq burchakli uchburchak shaklidagi va polotnoga nisbatan burchak hosil qilib joylashgan arralar aralash arralashda esa tishlari to‘g‘ri burchakli uchburchak shaklidagi, oldingi yoqlari polotnoga tik, keyingi yoqlari burchak hosil qilib joylashgan arralar ishlatiladi
Arralash reja chizig‘i bo‘ylab olib boriladi. Arraning polotnosi sirtga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida surilishi kerak. Arralashning to‘g‘ri bajarilayotganligi reja chizig‘iga ko‘ra nazorat qilinadi. Yog‘ochni arralash uni biroz tilib olish bilan boshlanadi. Arralash tezligi sekin-astalik bilan oshirib boriladi, kesishning oxirida arralash tezligi pasaytiriladi va zagotovkaga kuch bermasdan kesib tushiriladi. Arralashni osonlantirish uchun yo‘naltiruvchi taxta yoki porsi qolipdan foydalaniladi
Randalash. Yog‘och materiallardan kerakli o‘lchamdagi zagotovka arralab olinganidan so‘ng, ular sirtini silliqlash, tekislash, aniq o‘lcham va ma’lum shaklga keltirish uchun randalash ishlari bajariladi
Randalash vaqtida ishlov beriladigan material dastgohga mustahkam o‘rnatilishi zarur. Ishlov berishning turiga ko‘ra material har xil usulda mustahkamlanishi mumkin. Randalash vaqtida randani to‘g‘ri ushlashga hamda gavda holatini to‘g‘ri tutishga qat’iy amal qilish lozim. Randalashda qo‘llarni bo‘yi boricha cho‘zib, randa kuch bilan oldinga yo‘naltiriladi. Randani yo‘naltirishda oldingi dastadan chap qo‘l bilan, orqa dastadan o‘ng qo‘l bilan ushlanadi va kuch bilan oldinga yo‘naltiriladi. Randalashda yog‘ochning tola yo‘nalishlarini hisobga olish kerak. Randalangan yuzalarning tekisligi chizg‘ich yoki go‘niya bilan tekshiriladi
Tokarlik stanogida, asosan, yaproq bargli daraxtlar – qayin, qora qayin, zarang, shumtol kabi daraxtlardan olingan yog‘ochlar ishlatiladi. Bu yog‘ochlar quruq, ko‘zsiz, va yorilmagan bo‘lishi shart. Zagotovkalarni tanlashda yo‘nish va stanok moslamalariga mahkamlash uchun diametri 5-6 mm, uzunligi bo‘yicha 40-60 mm qo‘yim hisobga olinadi. Zagotovkalarni toresida qalam bilan diagonallar o‘tkaziladi, ularning kesishgan joylariga bigiz yoki kerner bilan markazlar belgilanadi va ishqalanishni kamaytirish uchun solidol surtiladi. Randa bilan brusokning qirralari randalanib, sakkiz qirra shakliga keltiriladi. Tokarlik stanogida zagotovkalar patron, planshayba va trezubes yordamida o‘rnatiladi
Xomaki ishlov berishda tokarlik iskanasi ikki qo‘llab ushlanadi: bir qo‘l iskananing dastasida, ikkinchisi esa sterjenida bo‘ladi. Birinchi qo‘l kesish kuchini muvozanatlasa, ikkinchisi asbobni tirgakning tayanch sirtiga qattiq zichlab turadi hamda bo‘ylama uzatishni ta’minlaydi. Silindrsimon zagotovkalarni xomaki yo‘nishda yarim aylana shaklidagi yo‘nuvchi iskana tirgak bo‘ylab yurgiziladi. Uning birinchi o‘tishida keskich tig‘ining o‘rtasi bilan qalinligi 1–2 mm qirindi ko‘chiriladi. Bundan keyingi yo‘nishlar keskichni o‘ngga va chapga surib, tig‘ning yon qismlari bilan bajariladi. Keskich tig‘ining turli qismlarini ishlatish natijasida detallar sirtining to‘lqinsimonligi kamayadi. Oxirgi ishlov berish uchun diametr bo‘yicha 3–4 mm qo‘yim qoldiriladi. Silindrsimon zagotovkalarni oxirgi yo‘nishda qirquvchi iskana tirgakka o‘tmas burchak ostida o‘rnatiladi. Qirindi iskana tig‘ining o‘rta va pastki qismida olinadi. Buyumning diametri shtangensirkul yoki kronsirkul bilan tekshiriladi. Bunda zagotovkaning bir necha joyi o‘lchanadi. Zagotovka sirtining tekisligi chizg‘ichni qo‘yib ko‘rish orqali aniqlanadi. Buyum yo‘nib bo‘lingach, u brusok-yog‘ochga o‘rnatilgan jilvir qog‘oz bilan jilvirlanadi
Buyumni ko‘ndalangiga qirqish uchun keskich tirgakka o‘tkir burchak ostida o‘rnatiladi va ozgina tilinadi. Keyin u biroz qiyshaytirilib, salgina o‘ngga yoki chapga suriladi va zagotovkaning bir qismi konus holiga keltiriladi. Jarayon bir necha marta takrorlanib, diametri 8–10 mm li bo‘yin qoldiriladi. So‘ngra buyum stanokdan chiqarib olinadi va uchlari arralab tashlanadi. Ko‘ndalang kesimning yuzalari tozalanadi.
Yog‘och insoniyat tomonidan ming yillar davomida ishlatilib kelinayotgan va o‘z qiymatini yo‘qotmagan noyob materialdir. Yog‘ochdan yasaladigan buyumlarni yanada chiroyli qilish maqsadida turli bezak ishlari bajariladi. Yog‘ochga badiiy ishlov berish ishlariga o‘ymakorlik, yo‘nish, mozaika, bosma ishlov berish, kuydirish, bo‘yash va hokazolar kiradi. Yog‘och o‘ymakorligi. Yog‘och o‘ymakorligi – o‘zbek xalq amaliy bezak san’atining keng tarqalgan turlaridan biri. Bunda biror naqsh yoki tasvir taxta yoki yog‘och buyumlarga chizib, kesib, o‘yib ishlanadi. Yog‘och o‘ymakorligi me’morchilik bilan bir qatorda uyro‘zg‘or va turli xil buyumlarga bezak berishda ham keng qo‘llanilmoqda. Badiiy san’atning bu turi deyarli barcha xalqlarda uchraydi. Ular bir-biridan naqshlarining xilma-xilligi, ishlov berish usullari va an’analari bilan farq qiladi. Yog‘och o‘ymakorligida asosiy ish quroli iskanalar hisoblanadi.O‘ymakorlikda iskananing kovza iskana, to‘g‘ri iskana, nova iskana, zamin iskana, baliq sirti iskana, morpech iskana, chekma iskana, kurakcha iskana kabi turlari ko‘p ishlatiladi. Yog‘och o‘ymakorligida iskanalardan tashqari yordamchi asboblar sifatida qalam, sirkul, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, jilvir qog‘ozi, duradgorlik asboblari, bolg‘a, yelim va boshqalar ham ishlatiladi. Yog‘ochlarni kuydirib badiiy ishlov berish. Yog‘ochlarni kuydirib badiiy ishlov berish elektr kuydirgich yordamida amalga oshiriladi. Tok berilganda yaxshi qizishi uchun elektr kuydirgich uchlari maxsus metall qotishmasidan tayyorlanadi. Elektr kuydirgich to‘plamida turli shakldagi uchlar bo‘ladi
Yog‘ochlarni kuydirib badiiy ishlov berishning asosiy qoidalari: 1) zagotovka tayyorlab olinadi; 2) tasvir chiziladi yoki ko‘chirish qog‘ozi orqali asosiy chiziqlar chizib olinadi; 3) kuydirgich dastasini qalamni ushlagandek ushlab, elektr kuydirgich ishga tushiriladi; 4) zagotovkadan ortib qolgan yog‘och bo‘laklarida kuydirgich uchi (ignasi)ning qizishi rostlab olinadi va bir nechta nazorat chiziqlari chiziladi; 5) ish jarayonida to‘g‘ri o‘tirish va xonani tez-tez shamollatib turish lozim; 6) kuydirgich dastasi qattiq bosmasdan ishlatiladi; kuydirgichning qizigan uchini bir joyda bosib turilmaydi; chiziqlarni kuydirgich uchini bir necha marta yurgizish orqali hosil qilish kerak. Kuydirish bilan ishlov berilgan yuzani tabiiy holda qoldirish yoki unga bo‘yoq va lok bilan ishlov berish mumkin.
Nazorat uchun savollar:
Duradgorlik arralarini ishga tayyorlash qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
Nima uchun arra tishlari chaparostlanadi?
Arra bilan ishlashdan oldin nimalarga e‘tibor berish kerak?
Randalarni ishga tayyorlash qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
Randa tig‘larini charxlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
Randa tig‘larini charxlash va iskana tig‘larini charxlashda qanday umumiylik bor?
“ Yog‘ochga ishlov berish dastgohlari va asboblari” fanidan
|
| |