Nazariy: yangi bilimlarni egallash bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti




Download 174 Kb.
bet7/7
Sana07.02.2024
Hajmi174 Kb.
#152691
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Analgiziya

NONARKOTIK ANALGETIKLAR.
Atsetilsalitsilat kislota, metilsalitsilat, amidopirin, analgin,butadion, fenatsetin, paratsetamol.Nonarkotik analgetiklar sintetik moddalar bo'lib, og'riq qoldiruvchi, haroratni tushiruvchi, yallig'lanishga qarshi ta’sirlarga ega.Nonarkotik analgetiklar markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi moddalarga shartli ravishda narkotik analgetiklar bilan solishtirish uchun kiritilgan, chunki ular tinchlantiruvchi, uxlatuvchi, eyforiya,tobelik paydo qiluvchi kabi xususiyatlarga ega emas.Moddalar sintez yo'li bilan olingan, kimyoviy jihatdan nonarkotik og'riq qoldiruvchi moddalar uchta guruhga bo'linadi: 1) salilsilatlar -metilsalitsilat, natriy salitsilat, atsetilsalitsilat kislota; 2) pirazalon unumlari - amidopirin, analgin, butadion;
3)anilin unumlari - fenatsetin,paratsetamol. Nonarkotik analgetiklarning og'riqni qoldirish mexanizmlari periferik yallig'lanishga qarshi ta’siri bilan bog'liq. Ma’lumki,yallig'lanishda prostaglandinlar miqdori oshadi, prostaglandinlar esa
notsitseptorlar (og'riq retseptorlari) sezuvchanligini oshirib, og'riqni zo'raytiradi. Nonarkotik analgetiklar esa prostaglandinlar hosil bo' lishini,yallig'lanish o'chog'i- dagi to'qimalarda shish, inffltratsiya, retseptorlarga bo'layotgan bosimni pasayti- radi, shu tufayli og'riqni sezish kamayadi. Nonarkotik analgetiklarning og'riq qoldirish xususiyatlari narkotik analgetiklarga nisbatan kamroq, bular asosan yallig'lanish bilan bog'liq bo'lgan og'riqlarda, nevrit, miozit, mialgiya, artralgiya, bosh og'rig'i, tish og'riqlarida yaxshi ta’sir qiladi. Shikastlanish, jarrohlik, xavfli o'smalar bilan bog'liq bo'lgan kuchli og'riqlarda ulaming ta’siri deyarli bo'lmaydi.
Og'riq qoldirish xususiyati bo'yicha nonarkotik analgetiklaini quyidagi qatorga qo'yish mumkin: analgin, amidopirin, butadion, atsetilsalitsilat kislota, paratsetamol.Nonarkotik analgetiklar kuchli yallig'lanishga qarshi ta’sir qiladi,
ushbu xususiyati, ta’sir mexanizmi ham prostaglandinlaming hosil bo'lishiga bog'liq. Moddalar siklooksigenaza fermentini ingibitsiya qilib,yallig'lanish mediatori hisoblangan prostaglandinlar hosil bo'lishini,yallig'lanishning hamma
bosqichlarini - alteratsiya, ekssudatsiya va proliferatsiyani kamaytiradi. Nonarkotik analgetiklarning yallig'lanishga qarshi ta’sir mexanizmlari batafsil kitobning boshqa, yallig'lanishga qarshi ta’sir etuvchi moddalar bobida keltiriladi. Yallig'lanishga qarshi ta’sir qilishi bo'yicha birinchi o'rinda butadion, keyin salitsilatlar turadi.Nonarkotik analgetiklar haroratni tushiradi, normal haroratga deyarli ta’sir qilmaydi. Harorat organizmning nojo'ya omillariga, ko'pincha
mikroorganizmlarga nisbatan himoya jarayoni hisoblanadi.Mikroorganizmlaming toksinlari orqa miya suyuqhgida E turkumidagi prostaglandinlar miqdorini oshiradi, prostaglandinlar esa adenilatsiklaza fermenti faolligini, siklik AMF (adenozinmonofosfat kislota) hajmini oshiradi, neyronlaming mitoxondriyalari ko'p miqdorda kalsiy ionlarini qamrab oladi, shuning uchun gipotalamusda issiqlikni boshqaruvchi markazlardan o'tadigan suyuqlikda natriy ionlarining kalsiy ionlariga bo'lgan muvozanati oshib boradi, markazlar faoliyati o'zgaradi, issiqlik
hosil bo'lishi oshadi, issiqlik ajralishi.Haroratning ma’lum darajada ko'tarilishi foydali bo'ladi, bunda lieykotsitlaming fagotsitar faolligi, gemopoez, fermentativ jarayonlar,antitelolar hosil bo'lishi, qator himoya kuchlari, jigar faoliyati oshib
boradi. Lekin harorat haddan tashqari ko'tarilsa, bemor o'zini yomon his qiladi, alahlaydi, hushdan ketishi, yurak, qon tomirlar faoliyatio‘zgarishi, yosh bolalar organizmining suvsizlanishi, atsidoz va talvasa paydo bo'lishi mumkin. Shu holat larda nonarkotik analgetiklarni qo'llash maqsadga muvoflq bo'ladi, ular siklook sigenaza fermenti faolligini kamaytirib, haroratni oshiruvchi prostaglandinlaming miyada hosil bo'lishini kamaytiradi, gipotalamusdagi issiqlikni boshqaruvchi
markazlar faoliyatini normallashtiradi. Shu bilan birga qon tomirlar markazining faolligi kamayadi, teridagi tomirlar kengayadi, bemor terlab, isitma tushadi. Haro-
ratning pasayishi asosan issiqlikning ko'p ajralishiga bog'liq,chunki moddalar issiqlik hosil bo'lishiga tasir ko'rsatmaydi. Chaqaloq,go‘dak bolalarda issiqlikni boshqaruvchi mexanizmlar mukammal rivojlanmagan bo'ladi, shuning uchun ularda isitmani tushirish qiyinroq.Nonarkotik analgetiklar bilan haroratni tushirish kasallikning birdanbir belgisi - haroratga davo qilish demakdir, chunki bu moddalar kasallik sabablariga hamda patogeneziga ta’sir ko'rsatmaydi, ulami tana harorati xavfli darajada ko'tarilgandagina qo'llash lozim. Bolalaming tana
harorati 38,5-39° C ga ko'tarilganda ulaming umumiy holati o'zgaradi,
ana shunda isitmani tushiruvchi moddalami qo'llash tavsiya etiladi,
chunki bu holatda simpatik nerv sistemasining faoliyati oshishi tufayli
gemodinamika izdan chiqadi: teri tomirlari, prekapillar sfinkterlar
qisqaradi, mikrotsirkulyatsiya o'zgaradi, to'qimalarda gipoksiya paydo
bo'ladi, ayniqsa, miya gipoksiyasi xatarli bo'lib, miya shishiga hamda
talvasalarga olib keladi. Talvasaga moyil bolalarda nonarkotik
analgetiklarni harorat bir oz 37,5-38 C ko'tarilsa ham qo'llash tavsiya
qilinadi. Shu bilan birga bolalarda haroratni yuqori darajadan tushirishga urinish yaramaydi, chunki bunda kollaps ro'y berishi mumkin. Haroratni amidopirin, atsetilsalitsilat kislota, paratsetamol, fenatsetin. (Nonarkotik analgetiklar desensibilizatsiya qilish-sust allergic jarayonlami falajlovchi xususiyatga ega, ulaming bunday ta’siri davomli qo'llanilganda ro'yobga chiqadi. Desensibilizatsiya la’sir mexanizmi ham ulami siklooksigenaza fermenti faolligini, prostaglandinlar hosil bo'lishini kamaytirishga bog'liq. Moddalar revmatizm, revmatoid artritlarni davolashda ham ahamiyati katta. Revmatizmda sensibilizatsiyadan tashqari yallig' lanish, og'riq hamda harorat belgilari bo'ladi. Nonarkotik analgetiklar yallig'lanish ga qarshi, haroratni tushiruvchi, og'riq qoldiruvchi, desensibilizatsiya qilish xusu siyatlari bilan revmatizmni davolashda qo'l keladi, shu tufayli bu moddalar revma tizmga «jarshi - entirevmatik moddalar ham deb ataladi. Nonarkotik analgetiklar og‘riq qoldiruvchi - analgetik, haroratni tushiruvchi - antipiretik, yallig'lanishga qarshi - antiflogistik,revmatizmga qarshi antirevmatik nomlarga ham ega. Nonar kotik analgetiklar nevrit, radikulit, miozit, artritlarni,revmatizmni, bosh og‘rig‘i, tish og‘rig‘ini davolashda keng qo'llanadi.Ulaming hammasi og'iz orqali yuboriladi, ba’zilari (metilsalitsilat,butadion) malham sifatida, ba’zilari (analgin, butadion) parenteral yo'llar orqali ham qo'llanadi. Salitsilatlar kattalar va bolalarda o'tkir va surunkali revmatizm,revmatik poliartrit, revmatik miokardit, endokardit, nevrit, miozit,artritlarni davolashda qo'llaniladi. Bolalarda o'pka va yuqori nafas
yo'llari yallig'lanishida ham qo'llanadi. So'nggi yillarda atsetilsalitsilat
kislota qonning ivish jarayonlari oshganda antiagregant sifatida qo'llanib kelmoqda. Atsetilsalitsilat kislota tibbiyotda eng keng qo'llanadigan modda hisoblanadi.Og'iz orqali yuborilgan atsetilsalitsilat kislota oshqozonda so'rila boshlaydi, lekin modda asosan ichakda so'riladi. To'qimalar to'siqlaridan oson o'tib, qonda oqsillar bilan bog'lanadi, jigarda metaboliz mga uchraydi - glitsin, glyukuron kislotalar bilan kon’yugantlar hosil qiladi. Bolalarda glyukuronidlar hosil bo'lishi kattalarga nisbatan sekinroq o'tadi. Atsetilsalitsilat kislota va uning
metabolitlari - glyukuronidlar organizmdan buyrak orqali chiqib ketadi. Atsetilsalitsilat kislotaning salbiy ta’sirlari: oshqozon shilliq pardasini ta’sirlashi tufayli dispeptik holatlar ro'y beradi, ko'ngil aynaydi, oshqozon o g 'riy d i, bemor qayt qiladi. Uzoq vaqt qo'llanganda oshqozonda yaralar paydo bo'ladi. Zararli ta’sirlarga salitsilatlarning oshqozon shilliq pardasidagi glikoproteinning
tarkibiy qismlarini pretsipitatsiya qilishiga ham bog'liq. Yaradan qon ketishi ham mumkin, bu holat atsetilsalitsilat kislotaning trombotsitlar agregatsiyasiga qarshi kurashish xususiyati bilan ham bog'liq. Salitsilatlar uzoq vaqt mobaynida qo'llanganda bolalar skeletining tiklanishi izdan chiqishi mumkin, chunki bular suyak to'qimalarida kollagen va mukopolisaxaridlaming hosil bo'lishini kamaytiradi.Atsetilsalitsilat kislota bemorlarda eshitish qobiliyatining pasayishiga,
quloq shang'illashiga, allergik jarayonlaiga sabab bo'lishi mumkin. Ba’zi
shaxslar atsetilsalitsilatni ko'tara olmaydilar, moddaga nisbatan
idiosinkraziya bo'lishi mumkin
Download 174 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 174 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nazariy: yangi bilimlarni egallash bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti

Download 174 Kb.