NARKOTIK OPIOID ANALGETIKLAR VA ULARNINNG ANTAGO-




Download 174 Kb.
bet6/7
Sana07.02.2024
Hajmi174 Kb.
#152691
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Analgiziya

NARKOTIK OPIOID ANALGETIKLAR VA ULARNINNG ANTAGO-
NISTLARI
Morfin gidroxlorid, omnopon, kodein, dionin, promedol, tramadol,
fentanil,pentazotsin, nalorfin, naloksonNarkotik analgetiklar kuchli og'riq qoldiruvchi ta’sirga ega moddalardir. Bular o'simliklardan, asosan opiy-afyundan hamda sintez yo'li bilan olinadi.Opiy (Papavyer somnifyerum) arablarda qadim zamonlardan ma’lum bo'lgan o'simlik, keyin Xitoy, Hindiston, Yevropaga ham yetib kelgan.Nemis dorishunosi Sertyumer 1803- yilda opiydan birinchi alkaloidni
- morfumi ajratib olib, uning xususiyatlarini o'rgangan, hozirgi kunda
bu o'simlik dan 25 dan ortiq alkaloid olingan.Kimyoviy jihatdan opiydan olingan alkaloidlar ikki turga bo'linadi:fenantren unumlari (morfin, kodein) va izoxinolin unumlari (papaverin).Fenantren unumli alkaloidlar asosan og'riq, yo'tal qoldiruv chi,izoxinolin unumli alkaloidlar silliq mushaklami bo'shashtirish -N -C H 3‘HCI* 3HzO Promedol H,12 - formula. Narkotik analgetiklaming kimyoviy tuzilishi spazmolitik xususiyatga ega. Morfin asosida og'riq qoldiruvchi sintetik moddalar olingan, ularning ko‘pchiligi piperidin unumli moddalardir.Morfin og'riq qoldiruv chi birinchi alkaloid, hozirgi kungacha qo'llanib kelinadi, shuning uchun narkotik analgetiklar morfin guruhi deb ham ataladi. Morfin misolida narkotik analgetiklar farmakologiyasi bilan tanishib chiqiladi va boshqalaming xususiyati shu modda bilan solishtiriladi.Morflnning asosiy xususiyati- og'riqni qoldiradi: og'riq qoldi- ruvchi ta’sir mexanizmi hali oxirigacha aniqlanmagan. Neyrofiziologik tekshirish lar natijasiga ko'ra morfin bevosita spinal neyronlarni tinchlantiradi - orqa miyaning orqa shoxlaridan og'riq impulslari o'tkazilishini izdan chiqaradi. Notsitseptiv usulning afferent yo'llari markazlarida - retikulyar formatsiya, talamus, gipotalamus, miya po'stlog'ida - og'riq impulslarning neyronlararo o'tishiga to'sqinlik qiladi.Narkotik analgetiklar afferent nerv tolalaridan «og'riq mediatorlari» ajralishini kamaytiradi va taxminlarga ko'ra bevosita P-modda (og'riq
mediatori) retseptorlarini bog'lab, og'riq impulslari o'tkazuvchanligini
pasaytiradi.Morfin antinotsitseptiv sistema faolligini oshiradi, endogen opiat
peptidlaming o'mini olib, opiat retseptorlari bilan o'zaro bog'lanib og'riq
qoldiradi. Narkotik analgetiklar opiat retseptorlarga bog'lanishi bilan
bir-biridan farq qiladi, morfin, promedol, fentanil opiat retseptorlarni
«toza», «to'liq ravishda» agonistlari hisoblanadi. Ular retseptorlarni bog'lab, endogen ligandalarga (endorfinlar, enkefalinlar) xos ta’sir ko'rsa tadi.Nalokson opiat retseptorlaming «toza» antagonist hisoblanadi,retseptorlarni bog'lab endogen ligandalar ta’sirini falajlaydi. Uchinchi guruhni agonist- antagonistlar (nalorfin, penlazotsin, tramadol) tashkil etadi, ular opiat retseptorlaming har xil subpopulatsiyalari bilan bog' lanib,ba’zi bir ta’sirlarga ko'ra agonist, ba’zi birlariga antagonist hisoblanadi. Ba’zi bir ma’lumotlarga ko'ra, narkotik analgetiklar endogen peptidlamiendorfm, enkefalinlami parchalaydigan fermentlar – enkefalinazalar faolligini pasaytiradi. Morfin miya po'stlog'i, gipotalamus, gippokamp neyronlarini va shu yerda joylashgan opiat retseptorlarini bog'lab,
markaziy nerv sistemasiga tinchlantiruvchi ta’sir ko'rsatadi, miya po'stlo g'ida aktivatsiya holati, limbik usulini, gipotalamusning afferent impulslarga bo'lgan jarayonini kamaytiradi. Morfin bo'sag'adan past bo'lgan og'riq impulslarining jamlanishiga to'sqinlik qiladi. Og'riq qoldirish mexanizmida morfinning og'riqni his qilish jarayoniga ta’siri katta. Bu modda ruhiyatga ta’sir qilishi tufayli og'riqqa aloqador qo'rquv yo'qoladi, hatto og'riq bemoming o'zida emas, balki boshqa odamda bo'lgandek tuyuladi.Morfin markaziy nerv sistemasiga o'ziga xos ta’sir ko'rsatadi: ba’zi markazlarini qo'zg'atadi, boshqalarini tinchlantiradi, ruhiy holat -
eyforiya, ya’ni kayf holatini yuzaga keltiradi. Bunda salbiy hissiyotlar:qo'rquv, bezovtalik, g'am-g'ussa, qayg'u yo'qoladi, ulaming o'miga yoqimli hissiyotlar, yengillik, beparvolik paydo bo'ladi. Eyforiya morfin qayta va qayta yuborilganda sezilarli bo'ladi. Ba’zi bir shaxslarda morfin qarama-qarshi ta’sir ko'rsatishi mumkin, eyforiya o'miga disforiya (grek.“dys” - inkorlik, “phyero”- o'tkazish), ya’ni o'zini yomon sezish, salbiy hissiyotlar paydo bo'lish holatlari namoyon bo'ladi. Shu bilan birga eshitish, ko'rish, taktil sezuvchanlik ortib ketadi, butun badanga issiqlik tarqalgandek tuyuladi, o'ziga xos gallutsinatsiyalar paydo bo'ladi.
Morfin uxlatuvchi xususiyatga ham ega, uyquda xilma-xil yoqimli tushlar kuriladi, shuning uchun bu moddaga yunonlaming uyqu va tush ko'rish xudosi - Morpheus nomi berilgan. Morfin keltiradigan uyqu yengil va yuza bo'ladi, sal tegib ketilsa, pastgina tovush eshitilsa, uyg'oniladi,bir ozdan keyin yana uyquga ketiladi.
Ruhiyatga alohida ta’sir ko'rsatgani tufayli morfmni birinchi psixotrop modda deb atash ham mumkin, ammo tibbiyotda faqat og'riq qoldiruvchi modda sifatida qo'llaniladi.Morfinning ruhiyatga ta’siri noxush asoratlar keltirib chiqaradi va
uni qo'llashda juda ehtiyotkorlik talab qilinadi, chunki morfin eyforiya kayf beradi, takror va takror qullanib, unga o'rganib qolinadi, oqibatda giyohvandlik paydo bo'ladi, shuning uchun ham morfin psixotrop modda sifatida umuman qo'llanilmaydi. Og'riq qoldiruvchi modda sifatida juda zaruriyat tug’ilgandagina qo'llaniladi.Morfin nafas markazini susaytiradi. Moddaning davolovchi miqdori
nafas markazi va karotid koptokchalaming uglekislotaga sezuvchanligini
kamaytiradi, nafas tezligi sekinlashadi va chuqurlashadi, o'pkaalveolalariga kirib chiqadigan havoning hajmi o'zgarmaydi. Morfinning miqdori oshsa, nafas sekinlashib boradi, amplitudasi qisqaradi. Nafasning susayishi tufayli bronxlar qisqarishi ortadi, chunki morfinda gistaminni ajratish xususiyati ham bor.Morfin miqdori oshgan sari nafas notekis bo'la boshlaydi, nafas markazi falajlanib, o'lim sodir bo'lishi mumkin, 2-3 yoshgacha bo'lgan bolalaming nafas markazi morfinga nisbatan sezuvchanligi kuchliroq bo'ladi, hatto moddaning davolovchi miqdorlari ham ularda gipoksiya,lnafas atsidozini keltirib chiqarishi mumkin, chunki bolalar organizmida morfin sekin zararsizlanadi hamda gematoensefalik to ’siq
o'tkazuvchanligi oshiqroq bo'ladi.Morfin n.vagus hamda n.oculomotorius markazlarini tonusini oshiradi, shuning uchun yurak urishi tezligi susayadi - bradikardiya yuz beradi, qon bosimi pasayadi, ko'z qorachig'i torayadi.
Morfin yo'tal markazini hamda yo'tal refleksi markaziy halqalarini tinchlantiradi, qayt qilish markazi faoliyatini susaytiradi, shu bilan birga morfin markazning trigger sohasi retseptorlarini qo'zg'atib, ko'ngil aynish,qusishga olib kelishi mumkin. Bu jarayonga vestibulyar apparat ham qo'shilishi mumkin, shu tufayli bosh aylanadi. Morfin gipotalamusdagi issiqlik boshqaruvchi markaz faoliyatini susaytirib, haroratni tushiradi,gipotalamusdagi ba’zi markazi ami qo'zg'atib, diurezga qarshi gormon vazopressinning ajralishini oshiradi - diurez kamayadi.
Morfin me’da-ichak faoliyatiga sezilarli ta’sir ko'rsatadi. Silliq mushakli a’zolarda joylashgan opiat retseptorlarga ta’sir etib, ulaming tonusini oshiradi Morfin me’da-ichak va uning sfinkterlarini tonusini oshirib, spazmogen ta’sir ko'rsatadi hamda ichak peristaltikasini kamaytiradi. Masalan, o'n ikki barmoqli ichakning boshlang'ich bo'limi qisqarishi tufayli oshqozonning iste’mol qilingan ovqatdan bo'shashi 3-4 soat o'rniga 8-12 soatga cho'zilib ketadi. Yo'g'on ichak silliq mushak lari ham morfin tufayli qisqaradi - ichaklarda ovqat uzoq to'xtalib qoladi,ulardan suyuqlikning qayta so'rilishi oshib boradi. Oshqozon osti bezi sekretsiyasi, safro ajralishi kamayadi, bulaming hammasi qabziyatga -obstipatsiyaga (lotinchada “obstipo” - to'ldirish) olib keladi. Morfin siydik yo'llarini, qovuq sfinkteri tonusini oshiradi, siyish qiyinlashadi, bronx mushaklarining tonusi ham oshib ketadi. Morfinning spazmogen ta’siri parasimpatik nerv sistemasi tonusining oshishiga ham bog'liq.Morfin bevosita qon tomirlarga ta’sir ko'rsatmaydi, uzunchoq
miyadagi qon tomir markazini susaytirib, qon bosimini biroz tushiradi,
morfin tufayli ortostatik gipotenziya ro'y berishi mumkin.Morfin jarrohlikdan oldin va keyin, travmalarda, kuyganda, buyrak,o't pufagi xurujlarida, kuchli og'riq bilan kechadigan kasalliklarda -miokard infarkti, xavfli o'smalar, qattiq azob beruvchi yo'talni davolashda qo'llaniladi.Morfinni 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda, qariya -larda, nafas yetishmovchiligi bilan bog'liq bo'lgan kasalliklarda, miya suyagi shikastlanganda qo'llash man etiladi. Tug'ish davrida og'riq qoldirish uchun qo'llanilmaydi, chunki morfin platsentar to'siqdan oson o'tib, homila nafasini susaytirishi mumkin. Morfin asosan teri ostiga yuboriladi, ba’zida esa ichishga buyuriladi,
me’da-ichakdan yetarlicha so'riladi. Jigarda tez parchalana boshlaydi,
shuning uchun morfinni asosan parenteral yo‘l orqali qo‘llashga to'g'ri
keladi. Yosh bolalarda morfinning so'rilishi oshqozonda boshlanadi.
Morfin teri ostiga yuborilgandan keyin ta’siri 10-15 daqiqadan, og'iz
orqali yuborilganda 20-30 daqiqadan keyin boshlanadi, gematoensefalik
to'siqdan, ayniqsa, bolalamikidan oson o'tib, miyada yuqori miqdorda
aniqlanadi. Plasenta to'sig'idan yaxshi o'tib, homila bola miyasi
to'qimalarida to'planadi. Morfinning og'riq qoldiruvchi ta’siri 5-6 soat
davom etadi. Jigarda tezda biotransformatsiyaga uchraydi, 10%
o'zgarmagan holda, 90% metabolit - glukuronidlar sifatida siydik bilan
hamda safro orqali ichakka tushib, axlat bilan organizmdan chiqib ketadi.
Yosh bolalarda morfinning biotransformatsiyasi sekinroq o'tadi. Morfin
va unga o'xshash moddalami 3-4 kundan ortiq qo'llash tavsiya etilmaydi,
chunki ularga nisbatan tobelik - narkomaniya paydo bo'ladi.Morfin bilan o'tkir zaharlanganda nafas susayishi boshlanadi, uning minutlik hajmi keskin tushib ketadi. Markaziy nerv sistemasi falajlanadi,bemoming es-hushi yo'qoladi, nafas borgan sari yuza, notekis Cheyn-Stoks nafasi bo'lib, qon bosimi tushib ketadi -komatoz holat ro'y beradi.Teri qatlamlari oqarib, shilliq pardalar ko'karib ketadi, ko'z qorachig'I torayib, nina uchidtek bo'lib qoladi (morfin bilan o'tkir zaharlanishi
qorachiqdan aniqlash mumkin). Bemoming harorati borgan sari pasayib,
nafas markazining falajlanishi tufayli o'lim ro'y berishi mumkin.Bolalarni morfin tufayli o'tkir zaharlanishi bir oz boshqacharoq bo'ladi,ularda markaziy nerv sistemasi falajlangan bo'lsa ham, tonik va klonik talvasalar paydo bo'lishi mumkin.
Morfin bilan kuchli zaharlanganda oshqozon tezda kaliy permanganat bilan chayiladi, kaliy permanganat morfinni kam zaharli dioksimorfinga aylantiradi. Zaharlangan odamni isitish, qovug'ini kateter bilan bo'shatish lozim, nafasni tiklash uchun morfmga qarama-qarshi moddalar- nalorfin yoki nalokson yuborish kerak. Ular kimyoviy jihatdan morfmga uxshab ketadi, morfinning opiat retseptorlarga bo'lgan ta’sirini bartaraf qiladi, markaziy nerv sistemasi faolligini tiklaydi. Nalorfin morfindan kamroq bo'lsa ham og'riq qoldirish, yurak urishi tezligini
kamaytirish, ko'z qorachig'ini toraytirish kabi xususiyatlarga ega, tobelik
paydo qilmaydi, lekin mustaqil analgetik sifatida qo'llanmaydi. Nalorfin
morfinning miqdori oshganda kelib chiqadigan - nafas markazini susayishini, qusishni, sfinkterlar qisqarishini bartaraf qiladi. Nalorfin(pentazotsindan tashqari) hamma narkotik analgetiklarga qarama-qarshi moda sifatida qo'llanadi. Morfin bilan zaharlanganda nalorfin, naloksan bo'lmasa,analeptiklardan etimizol va kofein qo'llaniladi, kerak bo‘lsa sun’iy nafas oldiriladi. Morfinning spazmogen ta’sirini bartaraf qilish uchun atropine qo'llanadi. Arap morfindan kuchli zaharlanganda 6-12 soat ichida o'lim ro'y bermasa, bemor hayotini saqlab qolish mumkin, bu vaqt ichida morfinning ko'p miqdori biotransfoimatsiyaga uchrab, organizmdan chiqa
boshlaydi, bu jarayonni tezlashtirish uchun siydik haydovchi moddalar
hamda tuzli surgilar qo'llanadi.Boshqa narkotik analgetiklardan omnopon - opiyning 5 alkaloidi yig'indisidan iborat, ularning yarmisini morfin tashkil qiladi.
Omnoponning qo'llanishi morfinga o'xshab ketadi. Og'riq qoldirishi,
nafasni susaytirishi, me’da-ichakka spazmogen ta’sir qilishi morfmga
nisbatan kamroq. Omnopon yuzaga keltiradigan eyforiya bo'shroq bo'ladi,
bu moddaga nisbatan tobelik kam uchraydi.Kodein (metilmorfin), dionin (etilmorfin)ning og'riq qoldirish xususiyatlari morfinga nisbatan 5-7 marta kamroq, ular ko'proq yo'tal markazini susaytiradi, yo'talga qarshi markaziy ta’sir etuvchi modda sifatida qo'llanadi. Dionin oftalmologiyada keng qo'llaniladi, ko'zga
tomizilganda oldin giperemiya, keyin anesteziya paydo qilib, og'riqni
qoldiradi va yallig'lanishlarda ekssudatlami bartaraf qiladi.Promedol sintetik modda bo'lib, og'riq qoldirish xususiyatiga ko'ra morfmga yaqinlashib qoladi, nafasni susaytirishi mumkin, spazmogen ta’siri, tobelik kamroq hollarda kuzatiladi, shuning uchun promedol bolalar amaliyotida keng qo'llanadi, hatto bu modda «bolalar analgetigi»deb ataladi.Promedol og'riqni qoldirish uchun akusherlik amaliyotida qo'llanadi,chunki nafasni deyarli susaytirmaydi, bachadon bo'ynini bo'shashtiradi,shu tufayli bachadonning to'la ochilishi va tug'ish davri bir oz tezlashadi,tug'ilgan chaqaloqda analgetik tufayli asfiksiya deyarli bo'lmaydi.
Promedolning nojo'ya ta’sirlari kam, ko'ngil aynishi, bosh aylanishi mumkin, moddaga kamroq bo'lsa-da o'rganish, qaramlik paydo bo'lishi mumkin.Fentanil ham sintetik analgetik, juda kuchli va tez o'tib ketadigan og'riq qoldirish xususiyatiga ega. Fentanil o'tkir og'riqlami yo'qotish uchun - miokard infarkti, stenokardiya, buyrak, jigaming o'tkir sanchiqlarida mushak orasiga va venaga yuboriladi. Venaga yuborilganda ta’siri 1-3 daqiqadan, mushaklarga yuborilganda 3-10 daqiqadan keyin boshlanib, 20-30 daqiqa davom etadi. Fentanil neyroleptiklar bilan,masalan, droperidol bilan birga neyroleptanalgeziya uchun, hatto ikkala
modda qo'shilgan talamonal preparati qo'llanadi. Fentanil keltirgan neyrolep tanalgeziya oson boshqariladi. Fentanil venaga tez yuborilganda nafasni susaytiradi, hatto nafas qisqa muddatga to'xtab qolishi ham mumkin. Shuning uchun uni bolalar amaliyotida kam qo'llash tavsiyaetiladi, tug'ish jarayonida, kesish kesar usuli jarrohligda neyroleptanalgeziya uchun fentanilni qo'llash man etiladi. Pentazotsin kimyoviy tuzilishi va ta’siri bo'yicha morfmga yaqin
turadi. Kuchli og'riq qoldirish xususiyati bilan birga bu moddaning
ta’sirida nafas susayishi, eyforiya, qaramlik, spazmogen, siydikning
to‘xtalishi hollari kamroq uchraydi. Pentazotsinning bolalarga
qo‘llanilishi to‘g‘risida ikki xil nuqtai nazar bor, birinchi nuqtai nazarga
ko'ra modda nisbatan yangi, yetarli o‘rganilmagan bo'lgani uchun 12
yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash tavsiya qilinmaydi. Ikkinchi
nuqtai nazarga ko'ra, esa pentazotsinni bolalaming yoshiga qarab
qo'llanish va keltirilgan aniq miqdorlarga rioya qilish lozim bo'ladi.
Pentazotsinni ayollarga tug'ish davrida qo'rqmasdan qo'llash mumkin,
chunki bu modda platsentar to'siqdan yaxshi o'tolmaydi, homila va
yangi tug'ilgan chaqaloqqa deyarli ta’siri bo'lmaydi. Pentazotsinning
nojo'ya ta’sirlari kamroq, jigar va buyrak kasalliklarida ehtiyotlik bilan
qo'llanishi lozim.
Tramadol (tramal) agonist-antagonistlardan bo'lib, kuchli og'riq
qoldiruvchi xususiyatga, ega, ta’siri tez boshlanib, davomli bo'ladi.
O'tkir va surunkali kuchli og'riqlami bartaraf qilish uchun og'iz orqali
va parenteral qo'llaniladi. Shifobaxsh miqdorlari nafasni susaytirmaydi,
qon aylanishiga, me’da-ichakka ta’sir ko'rsatmaydi.
Narkotik analgetiklaming katta kamchiligi shundan iboratki, ularga
o'rganib, tobe bo'lib qolinadi. Yuqorida keltirilganidek, bu moddalar
markaziy nerv sistemasining ruhiy markazlariga ta’sir ko'rsatib, eyforiya,
alohida o'ziga xos kayf paydo qiladi. Eyforiyani yana his qilish uchun
moddalar takror va takror qo'llanadi, ularga nisbatan ruhiy va jismoniy
tobelik paydo bo'ladi, o'z vaqtida yuborilmasa, abstinensiya, ya’ni
giyohga xumorlik holati hosil bo'ladi; morfin yoki boshqa narkotik
analgetikni surunkali qo'llab yurgan odam giyohvand bo'lib qoladi.
Narkomanlar boshlang'ich davrda o'z ish joylarida, oilada odatdagidek
hayot kechirib yurishadi, keyinchalik ular tez jahli chiqadigan bo'lib
qoladi, tashabbusi, irodasi zaiflashadi, o'zining qadr-qimmatini yo'qotadi, fikri-zikri faqat bir narsada-qayerdan bo'lsa ham giyohni topish va uni qo'llash bo'lib qoladi. Narkotik modda qo'llanilgan sayin kuch-quvvat, ish qobiliyati pasayib boradi, uyqu buziladi, terming sezuvchanligi o'zgaradi, ko'p terlaydi va boshqa vegetativ o'zgarishlar paydo bo'ladi, narkotik moddasiz turolmay qolinadi. Bunda narkotikdan mahrum bo'linsa, og'ir iztirob chekiladi: qo'rqish, bezovtalanish,
qayg'uga tushish, yig'lash, yalinib-yolvorish, uyqusizlik, tajovuzkorlik paydo bo'lishi kuzatiladi. Nihoyat, modda yuborilgandan keyin bu holat o'tib ketib, kayfiyat yaxshilanadi. Narkomaniyaning shu bosqichida, ya’ni ruhiy tobelik paydo boMish bosqichida davolash nisbatan mumkin bo'ladi. Narkotiklar qo'llanila borgan sari ular organizmning tabiiy metabolitlari qatoriga kirib, biokimyoviy
jarayonlarga aralashib qoladi, moddaga jismoniy tobelik paydo bo'ladi.Bu bosqichda giyohdan mahrum bo'linsa, organizmdagi jarayonlar izdan chiqadi, yurak, qon tomirlar faoliyati o'zgarib, qisqa muddatli kollaps ro‘y beradi, narkotik yuborilsa, giyohvandlar ahvoli yaxshilanadi. Shuni qayd qilish kerakki, moddaga tobelik bilan moddaga o'rganib qolish alomatlari birga kechadi. Agar narkomaniya
boshlanishida morfinning shifobaxsh miqdorlari eyforiya paydo qilsa, keyinchalik shu holatni yuzaga keltirish uchun moddalar kattaroq miqdorda yuboriladi. Shunday misollar ham borki, narkomanlar eyforiya paydo qilish uchun morfinning o'limga olib keladigan miqdoridan 5-10 barobar ortig‘rog‘ini ham qo‘llashgan, demak, narkomanlar organizmi narkotiklarga ham chidamli bo'lib qoladi, ham tobora ular bilan zaharlanib boradi - surunkali zaharlanish paydo bo'ladi, hayot uchun zarur bo'lgan a’zolar jarohatlanib boradi, ishtaha kamayadi, qabziyat yuz beradi. Narkomanning organizmi suvsizlanib, ozib-to‘zib, sillasi tobora qurib boradi (kaxeksiya), sochlari to'kiUb ketadi, shaxs sifatida tanazzulga yuz tutadi, biror yuqumli kasallik qo'shilsa, o'lim sodir bo'lishi mumkin.Narkomaniya,ayniqsa, yoshlarda ko'p uchraydi, narkotik moddalar ulami ham ma’nan ham jismonan jarohatlaydi.Narkomaniya jamiyat, oila uchun katta fojia, bu illatni davolash juda murakkab va ayrim hollarda natijasiz bo'ladi. Bemorlar yopiq psixiatrik klinika larda davolanadi. Narkotiklar miqdori kamaytiriladi,keyin undan mutlaqo mahrum qilinadi. Shu bilan birga boshqa davolash tadbirlari ham olib boriladi. Kasallik davolangandan so'ng, bemor o'zini qayta boshqarolmay giyohga qo'l ursa, kasallik takrorlanadi. Shu bois bu illatning oldini olish choralariga katta ahamiyat berish kerak. Awalo narkotik analgetiklami zarurat bo'lgandagina qo'llash va buni 3-4mar tadan oshirmaslik kerak. Narkodklami saqlash va qo'llash hamda hisobdan chiqa -rish qonun-qoidalariga rioya qilish zarur. Narkotiklar A ro'yxatli moddalarga kirib, dorixonalarda signalizatsiya bor joylarda saqlanadi. Ular saqlanadigan joylar ichki ishlar bo'limlarida ro'yxatga olingan bo'ladi. Retseptlar alohida pushti rang varaqa larga yoziladi.Shu bilan birga narkobiznesga chek qo'yish zarur, chunki qonun siz,kontrabanda yo'li bilan narkotiklar yer kurrasining barcha qit’asiga tarqala- di.Narkotik opioid analgetiklardan tashqari, ba’zi bir kasalliklarda qo‘llaniladigan moddalar, masalan, trisiklik antidepressantlar amitriptilin, imizin, klofelin,gistamin ga qarshi - dimedrol, tutqanoqqa qarshi - karbamazepin, natriy karbamazepin, markaziy og‘riq qoldiruvchi xususiyatga ega.



Download 174 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 174 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



NARKOTIK OPIOID ANALGETIKLAR VA ULARNINNG ANTAGO-

Download 174 Kb.