|
-ilova.
6-ilova
|
bet | 5/7 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 174 Kb. | | #152691 |
Bog'liq Analgiziya5-ilova.
6-ilova
Tezkor savol javoblar
1.Anlgeti dori vositalarining ahamiyatini ayting.
2.Norkotik analgetiklarga kiruvchi dori vositalarini ayting.
3.Norkotk analgetiklarni farmakologik ta’sirini ayting.
4.Morfin gidroxloridning nojuya ta’sitri qanday.
5.Nonorkotik analgetiklarga kiruvch dori vositalarini ayting.
6. Nonorkotik analgetiklarnin farmakolgik ta’siri.
7.Isitmani tushuruvch nonorkotik analgetiklarni ayting.
8.Og’riq qoldiruvchi nonorkotik analgetiklarni ayting.
9.Yallig’lanishga qarshi ta’sir etuvchi nonorkotik analgetiklarni ayting.
10.Eyiforiya holati qanday holat.
Mavzu: Analgizya qiladigan vositalar
Reja:
1.Analgiziya qiladigan dori vositalar tasnifi.
2.Analgiziya qiladigan dori vositalarning xossalari.
3.Analgiziya qiladigan dori vositalarni qo’llanilishi.
4. Analgiziya qiladigan dori vositalarininga nojuya ta’siri.
5.Nonorkotik analgitiklar.
6.Norkotik analgitiklar.
OG'RIQ QOLDIRUVCHI MODDALAR
Og‘riq ko‘p kasalliklaming azob beruvchi belgisi; chidab
bo'lmaydigan kuchli og‘riq tufayli og‘riq shoki, hatto o‘lim sodir bo‘lishi mumkin.Og'riq alohida retseptorlar - notsitseptorlar (lotincha «noceo» -jarohatlash) orqali seziladi. Ushbu og‘riqni sezuvchan retseptorlar teri,mushak, bo‘g‘imlar, suyak pardasi, ichki a’zolarda joylashgan, ulani zarba, issiq-sovuq, kimyoviy moddalar, yallig'lanish kininlari -bradikinin, gistamin, serotonin qo'zg'atadi. Notsitseptorlardan og'riq impulslari afferent nervlar tolalaridan orqa miyaning orqa
shoxlariga yetib boradi. Shu yerda ular orqa miyaning qo'shimcha neyronlariga o'tad i va ikkita o'tkazuvchan sistema orqali markaziy nerv sistemasiga yetib keladi. Birinchi - spetsifik sistema: orqa miya - talamus mag'izlari – miya po'stlog'i ning orqa markaziy burmasi; ikkinchi nospetsifik sistema: orqa miya - retikulyar formatsiya gipotalamus - talamusning nospetsifik mag'izlari - miya po'stlog'ining peshona, tepa suyak burmalaridan iborat. Og'riq impulslari shu usullar orqali markazga yetib kelib, miyaning retikulyar formatsiyasini, bosh miyaning qo'zg'a -luvchanligini oshiradi, og'riq seziladi, og'riq sezilishi tufayli o'ziga xos gemo dinamik va vegetativ o'zgarishlar ro'y beradi.Shu bilan birga, mielinsiz afferent nervlaming markaziy tomonidan alohida peptidlar - «og'riq mediatorial!», masalan, 11 peptiddan iborat P-modda va boshqa peptidlar ajralib chiqishi mumkin. Keltirilganlar organizmning og'riqqa sezuvchan -notsitseptivKeltirilganlar organi
zmning og'riqqa sezuvchan - notsitseptiv usuli hisoblanadi. Organizmda bu usulga qarshi antinotsitseptiv usul ham bor. Bu usul og'riq impulslarini afferent tolalaridan orqa miya neyronlariga o'tishiga qarshilik qiladi. Organizmning o'zida og'riq qoldiruvchi xususiyatga ega peptidlar - endorfin, enkefalinlar, dinorflnlar hosil bo'ladi,ular alohida opiat retseptorlar bilan bog'lanib, og'riqni qoldirishga olib
keladi. Hozirgi kunda opiat retseptorlami har xil subpopulyatsiyalari (M. K. 5) aniqlangan, ular o'ziga xos faoliyatni yuzaga chiqaradi.Agar organizmning og'riqqa qarshi ichki usullari yetarli bo'lmasa, og'riq qoldiruvchi moddalar - analgetiklar (lotincha «algos» - og'riq, «an» -inkor) qo'llanadi. Og'riq qoldiruvchi moddalar katta ahamiyatga ega, chunki ularning ko'pchiligi faqat og'riq qoldirmay, balki kasallikning sababi vakechishiga ham ijobiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Ba’zi holatlarda analgetiklami juda ehtiyot bo'lib qo'llash kerak bo'ladi. Masalan, og'riq
kasallikning birdan-bir belgisi bo'lganda analgetiklar qo'llanilsa, shu belgi yo'qolib, kasallikni aniqlash qiyin bo'lib qoladi.Og'riq qoldiruvchi moddalar markaziy ta’sir etuvchi, asosan narkotik opioid analgetiklarga va periferik ta’sir etuvchi nonarkotik
analgetiklarga bo'linadi.
|
| |