O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI”
fanidan
Mustaqil ish
Bajardi:
4-bosqich Kompyuter Injiniringi fakulteti ‘Kompyuter Injiniringi’ ta’lim yo‘nalishi
4-bosqich 021-20 -_guruh
Nazmiddin Sirojiddinov Rustem O’g’li
talabaningF.I.Sh.
Qabulqildi: Saidova Gulchexra
Toshkent 2023
12-variant
Ishlab chiqarish ergonomikasi.
REJA :
Ergonomika haqida tushuncha.
Ergonomikaning ishlab chiqarishdagi o’rni.
Ishlab chiqarishda yechiladigan ergonomik vazifalar.
Mehnat xavfsizligining ergonomik asoslari.
Ish ishlab chiqarish ergonomikasining mukammal shartlari.
Ergonomika haqida tushuncha.
Ergonomika (yunoncha: — ish, mehnat va — qonun) — kishi (kishilar guruhi)ni ishlab chiqarish faoliyati sharoitlari bilan bogʻliq holda kompleks oʻrganadigan fan; mehnat qurollari, sharoitlari va jarayonlarini takomillashtirish maqsadlarida inson, texnika, ishlab chiqarish muhitining oʻzaro taʼsiri va aloqalarini tadqiq etadi.
Bu sohada birinchi keng miqyosdagi amaliy tadqiqotlar amerikalik amaliyetchimuhandis va menejer, ilmiy boshqarish maktabi asoschisi U.F.Teylor tomonidan bajarildi.
Ergonomikaning ishlab chiqarishdagi o’rni.
Ergonomika ishlab chiqarishning amaliyot ehtiyojlari taʼsirida, korxonalar faoliyatida inson omili rolining ortib borishi, fan-texnika taraqqiyoti natijasida ilmiy-amaliy fan sifatida paydo boʻldi.
Eksperimental psixologiya, fiziologiya va mehnat gigiyenasi taʼsirida shakllandi; tibbiyot, biologiya, biomexanika, antropometriya, psixofiziologiya, sotsiologiya, matematika, injenerlik va texnologik fanlar maʼlumotlari va metodologiyasidan, mehnatni tashkil etish va normalash tamoyillaridan foydalanadi, umumiy va ijtimoiy psixologiya, mehnat iqtisodiyoti, iqtisodiy-matematik modellashtirish bilan bogʻliq.
|