Nazorat savollari Marketing muhiti nima?




Download 23,38 Kb.
bet1/2
Sana09.09.2024
Hajmi23,38 Kb.
#270660
  1   2
Bog'liq
MARKETING 4


Nazorat savollari
1. Marketing muhiti nima?
2. Korxonaning makromuhitini tavsiflang?
3. Korxonaning mikromuhitini tavsiflang?
4. Madaniy muhit deganda nimani tushunasiz?

1. Marketing muhiti nima?


Marketing tizimi - bu qoʻyilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib oʻzida toʻrtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni birlashtiradi.
Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, oʻlchovning holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni toʻxtatish paytini aniqlab olish kerak.
Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, subʻektlar yigʻindisidan iboratdir. Marketing tizimi oʻz tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi:

taʻminotchilar;

raqobatchilar;

vositachilar;

isteʻmolchilar (bozor);

firma (kompaniya).



Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq oʻrab turgan muhit taʻsirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi. Taʻminotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yigʻindisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan taʻminlaydi. Raqobatchilar – hohishi boʻyicha, safdosh tovar boʻyicha, tovar turi boʻyicha, tovar markasi boʻyicha turkumlanadi. Marketing boʻyicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga etkazish, sotish, aloqa oʻrnatish boʻyicha yordam koʻrsatuvchilardir. Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga boʻlinadi. Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini transportirovka qilish bilan shugʻullanish.
Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sugʻurta va boshqa moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi. Isteʻmolchilar – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potensial guruhi boʻlib, ular bozorda mavjud boʻlgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor. Isteʻmolchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo isteʻmolchini xulq-atvorini oʻrganish, uni ehtiyojini firma mahsulotiga boʻlgan munosabatini oʻrganish, tahlil qilishdan iborat. Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga oʻzaro taʻsir oʻtkazib, dialektik bogʻliqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab boʻladi. Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga erishishda muvaffaqiyatni taʻminlovchi barcha omillarning oʻzaro aloqasidir.
Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida gʻoyat serqirradir. Uning tarkibi yoki faoliyat sohalarida quyidagicha: - ishlab chiqarish vositalari marketingi; - isteʻmol tovarlari marketingi, - xizmat koʻrsatish marketingi singari turlarini koʻrsatish mumkin. Buning har birining faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib qoladi, ammo bu yoʻnalishlarning har biri oʻziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish talablarini hisobga olishga asoslanadi. SHu sababli maqsadga muvofiqlik maqbullik qatʻiy uygʻunlik eng birinchi oʻrinda turadi. Isteʻmol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega boʻlgan isteʻmolchilarning keng doiralari bilan bogʻliq. Bu sohada isteʻmolchi feʻl - atvorining tub mohiyatini oʻrganishga katta eʻtibor beriladi. Xususan, isteʻmolchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni uyushtirish, bularning barchasi isteʻmol tovarlari bozorida marketing faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, doʻkonlarda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish tamoyillari isteʻmol tovarlari marketingi samarasi.
Isteʻmol tovarlari xizmati marketingi ishlab chiqaruvchi bilan isteʻmol oʻrtasida bevosita aloqaning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xizmatlarning koʻpchilik qismi kompleks xarakterga ega. Masalan, mehmonxonalar, jamoat ovqat joylari, ekskursion xizmat, yodgorlik mollari sotish va xakozolar paydo boʻlishi yalpi turistik mahsulot tushunchasi bilan bevosita bogʻliqdir. SHu sababli xizmat koʻrsatish sohasida marketing juda katta yoʻnalishga ega.Marketing tizimi - bu qoʻyilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib oʻzida toʻrtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni birlashtiradi.

Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, oʻlchovning holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni toʻxtatish paytini aniqlab olish kerak.


Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, subʻektlar yigʻindisidan iboratdir. Marketing tizimi oʻz tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi:
taʻminotchilar;

raqobatchilar;

vositachilar;

isteʻmolchilar (bozor);

firma (kompaniya).

Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq oʻrab turgan muhit taʻsirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi. Taʻminotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yigʻindisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan taʻminlaydi. Raqobatchilar – hohishi boʻyicha, safdosh tovar boʻyicha, tovar turi boʻyicha, tovar markasi boʻyicha turkumlanadi. Marketing boʻyicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga etkazish, sotish, aloqa oʻrnatish boʻyicha yordam koʻrsatuvchilardir. Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga boʻlinadi. Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini transportirovka qilish bilan shugʻullanish.


Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sugʻurta va boshqa moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi. Isteʻmolchilar – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potensial guruhi boʻlib, ular bozorda mavjud boʻlgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor. Isteʻmolchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo isteʻmolchini xulq-atvorini oʻrganish, uni ehtiyojini firma mahsulotiga boʻlgan munosabatini oʻrganish, tahlil qilishdan iborat. Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga oʻzaro taʻsir oʻtkazib, dialektik bogʻliqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab boʻladi. Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga erishishda muvaffaqiyatni taʻminlovchi barcha omillarning oʻzaro aloqasidir.
Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida gʻoyat serqirradir. Uning tarkibi yoki faoliyat sohalarida quyidagicha: - ishlab chiqarish vositalari marketingi; - isteʻmol tovarlari marketingi, - xizmat koʻrsatish marketingi singari turlarini koʻrsatish mumkin. Buning har birining faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib qoladi, ammo bu yoʻnalishlarning har biri oʻziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish talablarini hisobga olishga asoslanadi. SHu sababli maqsadga muvofiqlik maqbullik qatʻiy uygʻunlik eng birinchi oʻrinda turadi. Isteʻmol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega boʻlgan isteʻmolchilarning keng doiralari bilan bogʻliq. Bu sohada isteʻmolchi feʻl - atvorining tub mohiyatini oʻrganishga katta eʻtibor beriladi. Xususan, isteʻmolchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni uyushtirish, bularning barchasi isteʻmol tovarlari bozorida marketing faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, doʻkonlarda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish tamoyillari isteʻmol tovarlari marketingi samarasi.
Isteʻmol tovarlari xizmati marketingi ishlab chiqaruvchi bilan isteʻmol oʻrtasida bevosita aloqaning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xizmatlarning koʻpchilik qismi kompleks xarakterga ega. Masalan, mehmonxonalar, jamoat ovqat joylari, ekskursion xizmat, yodgorlik mollari sotish va xakozolar paydo boʻlishi yalpi turistik mahsulot tushunchasi bilan bevosita bogʻliqdir. SHu sababli xizmat koʻrsatish sohasida marketing juda katta yoʻnalishga ega.

2. Korxonaning makromuhitini tavsiflang?


Aholi sonining tez sur’atlar bilan o’sishi ko’pgina mamlakatlar rahbarlarini va jamoa guruhlarini tashvishga solmoqda. Birinchidan, planetamiz resurslari bunday miqdordagi aholini boqish uchun yetishmasligi mumkin. Ikkkinchidan, aynan resurslari kam bo’lgan mamlakatlarda aholi soni tez sur’atlar bilan o’sib bormoqda. Bunday holat aholining keng assortimentdagi tovarlarga bo’lgan talabini qondirishda muhim muammoni vujudga keltiradi.
O’zbekiston Respublikasi ko’p millatli davlat bo’lib unda 100 dan ortiq millat va elatlar yashaydi, aholisi esa 35 mln.dan ortiq. Keyingi yillarda mamlakatda shaharsozlikni rivojlanishi shahar va qishloq aholisining foizini tenglashtirmoqda.
Iqtisodiy muhit. Ma’lumki bozor uchun insonlar mavjud bo’lishi bilan bir qatorda, ularining xarid qilish qobiliyati ham bo’lishligi talab etiladi. Jamiyat iqtisodiy muhitining ahvoli asosan korxonalar daromadlarining darajasi, aholining xarid qilish qobiliyati, shuningdek, inflyasiya, kredit stavkalari, soliq solish stavkalri, aholining joriy daromadlari, iste’mol savatining qiymati kabi ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi.
Tabiiy muhit. Korxonaning samarali faoliyat ko’rsatishida tabiiy muhitning ham roli mavjuddir. Atrof muhitdagi o’zgarishlar korxona ishlab chiqarayotgan va bozorga taqdim etayotgan tovarlarga ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi.
Marketing nuqtai nazaridan qaralganda hozirgi sharoitda tabiiy xom ashyolar, gaz, oziq-ovqat, yogoch, neft, ko’mir zaxiralarining kamayib borayotganligi natijasida katta muammolar paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli bu xom ashyolardan tejab-tergab foydalanish bugungi kunning muhim vazifalaridan sanaladi. Masalan, energiyaning qimmatlashuvi asosan neft qazish ishlari bilan bog’liq. Chunki, ularning zaxiralari cheklangan va keyingi qazish jarayonlari yildan-yilga yirik investisiyalarni talab etmoqda. Shu sababli keyingi yillarda quyosh, yadro, shamol va boshqa energiya manbalarini topish borasida muhim izlanishlar va tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ilmiy-texnikaviy muhit. Ilmiy-texnikaviy muhit ilmiy texnika taraqqiyoti ta’sirida shakllanadi va korxona faoliyatida muhim rol o’ynaydi. Hozirgi kunda bizda qo’llanilib kelayotgan tovarlarning ko’pchiligi bundan 100 yillar avval mavjud bo’lmagan. Bugungi kunda olimlarimiz ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtiruvchi ko’plab yangi texnologiyalar yaratmoqdalar. Ayniqsa informatika va hisoblash texnikasi, biotexnologiya, qattiq jismlar elektronikasi, robototexnika, materialshunoslik sohalaridagi yutuqlarimiz insoniyatni hayratga solmoqda. Bu esa kundan-kunga yangi tovar paydo bo’lishiga zamin yaratmoqda. Biroq, iste’molchilar ishlab chiqarilayotgan va bozorlarimizga kirib kelayotgan bu yangi tvarlarning tahdidsizligi haqida ma’lum bir ma’lumotga ega bo’lishlari zarur. Shu sababli davlat korxonalari bu tovarlarni atroflicha o’rganishlari va aholi salomatligi uchun tahdidli tovarlarning ishlab chiqarilishini qattiq nazorat qilishlari maqsadga muvofiqdir.
Siyosiy muhit. Marketing yechimlariga siyosiy muhitda yuz berayotgan voqyealar ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. Siyosiy muhit o’z ichiga mulkchilik, tadbirkorlik, iste’molchilar huquqlarini muhofaza qilish va reklama munosabatlarini tartibga soluvchi qonuniyat va qonunlarni o’z ichiga oladi. Shu sababli marketing bo’yicha faoliyat ko’rsatuvchi xodimlar jamiyatning, iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlarni yaxshi bilishlari kerak.
Madaniy muhit. Ijtimoiy-madaniy, ma’naviy-axloqiy muhit ancha murakkab hodisa bo’lsa ham ko’p jihatdan jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda jamiyatdagi madaniy qadriyatlar insonlarning o’ziga, o’zgalarga, jamiyatga, tabiatga va boshqa jamoatchilik institutlariga bo’lgan munosabatlarida o’z aksini topadi. Korxonada marketologlar marketing yechimlarini topish jarayonida ana shu muhit ta’sirini ham hisobga olishlari zarur hisoblanadi.
Korxonani tahlil qilish uchun qo’llaniladigan SWOT tahlil kuchli (strengthc), kuchsiz (weaknessec), imkoniyatlar (opportunitiec) va tahdidlar (threatc) qismlaridan iborat bo’lib, ichki va tashqi muhitni birgalikda o’rganishni imkonini beruvchi keng e’tirof qilingan yondoshuv hisoblanadi. SWOT tahlil usulini qo’llash orqali korxonaga xos bo’lgan kuchli va kuchsiz o’rtasida hamda tashqi tahdid va imkoniyatlar o’rtasida aloqa yo’llarini o’rnatishga erishiladi. SWOT tahlil usuli avval kuchli va kuchsiz tomonlarni aniqlashni, shuningdek, tahdid va imkoniyatlarni, undan so’ng ular o’rtasida korxona strategiyasini aniq ifoda qilish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan aloqa zanjirini o’rnatishni mo’ljallaydi.
Tashqi muhit bilan bog’liq bo’lgan tahdid va imkoniyatlar hamda korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlar ro’yxatining quyidagi taxminiy tavsiflar yig’indisidan iborat bo’ladi.


Download 23,38 Kb.
  1   2




Download 23,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nazorat savollari Marketing muhiti nima?

Download 23,38 Kb.