• Talab qilinadi.
  • Talab qilinadi
  • Hujjatlardagi xatolarni tuzatish




    Download 110,21 Kb.
    bet9/10
    Sana16.11.2023
    Hajmi110,21 Kb.
    #99605
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    10-Амалий машғулот

    4. Hujjatlardagi xatolarni tuzatish
    1. “Sharq” fermer xo‘jaligi rahbari mineral o‘g‘itlar olish maqsadida “Qishloqxo‘jalikkimyo” AJ bilan shartnoma tuzdi. Shartnoma shartlariga ko‘ra shartnoma qiymati (60 000 000 so‘m)ning 15 % i oldindan to‘langandan keyin AJ tomonidan mineral o‘g‘itlar fermer xo‘jaligiga yetkazib berilishi belgilangan. Shu sababli, fermer xo‘jaligi rahbariyati 15 % oldindan to‘lovni amalga oshirish maqsadida to‘lov topshiriqnomasini rasmiylashtirdi. To‘lov topshiriqnomada mavjud bo‘lgan barcha rekvizitlar to‘ldirilgan holda rasmiylashtirildi. Biroq, to‘lov summasi 900 000 so‘m sifatida ko‘rsatilgan. Vaholanki, shartnoma qiymatining 15 % i 900 000 so‘m emas, balki 9 000 000 (60 000 000 * 15 %) so‘mga teng bo‘ladi. Bundan ko‘rinadiki, fermer xo‘jaligi rahbariyati to‘lov topshiriqnomasida to‘lov summasini noto‘g‘ri aks ettirgan.
    Talab qilinadi. Mazkur yo‘l qo‘yilgan xatolik qanday tartibda bartaraf etiladi yoki to‘lov topshiriqnomasi bekor qilinib, yangidan rasmiylashtiriladimi? Fikringizni izohlang.

    2. “BOTIR SERVIS” xususiy korxonasi buxgalteri xaridorga qiymati 5 000 000 so‘m bo‘lgan scho‘t fakturani rasmiylashtirdi. Scho‘t fakturaning birinchi nusxasi sharikli ruchkada va ikkinchi nusxasi nusxa ko‘chiradigan qog‘oz orqali to‘ldirildi. Imzo quyish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan birinchi nusxaga imzolar qo‘yildi va ikkichi nusxasiga imzolar qo‘yilmasdan ko‘chirildi.


    Talab qilinadi:
    1. Ushbu holatda scho‘t faktura to‘g‘ri rasmiylashtirildimi?
    2. Agarda noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa, buxgalter tomonidan qanday xatolikka yo‘l qo‘yildi?
    3. Yo‘l qo‘yilgan xatolik qanday tartibda bartaraf etiladi?
    4. Fikringizni izohlab bering.

    3. “YULDUZ” oilaviy korxonasi buxgalteri xodimlariga yanvar oyining ish haqisini tarqatish maqsadida to‘lov vedomostini rasmiylashtirdi. Kassadan ish haqi tarqatilayotganda korxona xodimi A.Safarovga to‘lov vedomostida 1 500 000 so‘m berilishi ko‘rsatilgan edi. Biroq, A.Safarov o‘ziga 1 500 000 so‘m emas, balki 500 000 so‘m berilishi kerakligini aytdi. Chunki, u oy boshida 1 000 000 so‘m miqdorida ariza bilan murojaat qilgan holda avans olganligini tushuntirib o‘tdi. Shundan so‘ng, buxgalter tomonidan to‘lov vedomosti bilan hisob-kitob vedomosti ma’lumotlari solishtirilib ko‘rildi va haqiqatdan ham A.Safarovga 500 000 so‘m berilishi kerakligi aniqlandi. Ya’ni, to‘lov vedomostida to‘lanishi kerak bo‘lgan ish haqi summasi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan ekan.



    Download 110,21 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 110,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hujjatlardagi xatolarni tuzatish

    Download 110,21 Kb.