|
Nazorat savollari
|
bet | 5/10 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 110,21 Kb. | | #99605 |
Bog'liq 10-Амалий машғулотNomi
|
O‘l.bir
|
Miqdori
|
Bahosi
|
1
|
Qog‘oz
|
pochka
|
20
|
35000
|
2
|
Ruchka
|
dona
|
100
|
1500
|
3
|
Qalam
|
dona
|
100
|
1000
|
4
|
Kalkulyator
|
dona
|
10
|
45000
|
5
|
Papka (Dlya bumaga)
|
dona
|
100
|
1000
|
Shartnoma shartlariga ko‘ra, “Uzoq bobo” xususiy korxonasi shartnoma qiymatining 15 foizi miqdorida oldindan avans olgandan so‘ng, 7 ish kunida mahsulotlarni yetkazib berishi lozim.
Shartnomaning amal qilish muddati 31 dekabr 20... yil.
“Uzoq bobo” xususiy korxonasining rikvizitlari quyidagicha:
Adresi: Toshkent shahri Yunusobod tumani Gullola ko‘chasi 6A uy;
INN (STIR) raqami: 662 655 984; OKONX 71 500;
Banki: Agrobank ATB Yunusobod filiali;
Hisob raqami: 2020 8005 8001 4862 2001;
MFO: 01561;
Tel: 8371 224-60-24.
Asosiy faoliyati: Ulgurji savdo.
Xususiy korxona rahbari A.Safarov, bosh hisobchi A.Botirov va ombor mudiri S.Saidov.
MChJ rahbariyati o‘z xodimi bo‘lgan I.Davletovga 20... yil 18 sentyabrda №37 - sonli ishonchnoma berib, kontstovar mahsulotlarini olib kelish vazifasini topshirdi. Berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati 10 kun.
MChJ xodimi I.Davletov pasport ma’lumotlari: AA 6680926 Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumani IIB, 27.05.2015 yilda berilgan.
20... yil 19 sentyabr kuni “Uzoq bobo” xususiy korxonasi tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan kontstovar mahsulotlari №107-sonli scho‘t-fakturaga muvofiq olib kelindi.
MChJ 20... yil 15 sentyabrda hisob-kitob scho‘tidan “Uzoq bobo” xususiy korxonasiga shartnoma qiymatining 15 foizi miqdorida avans o‘tkazib berdi. Shartnoma qiymatining qolgan qismini kontstovar mahsulotlari olib kelingandan so‘ng 20... yil 20 senyabr kuni o‘tkazib berdi.
MChJ xodimlariga ish haqi hisoblash maqsadida ularning avgust oyida qancha kun ishlaganligiga ko‘ra tabel ishlab chiqdi. Unga ko‘ra MChJ xodimlari hisobot oyida quyidagicha ishlashgan:
№
|
Lavozim
|
Soni
|
F.I.O
|
Ishlagan kunlari
|
Oklad bo‘yicha hisoblanadigan ish haqi
|
To‘lanadigan ish haqi
|
1
|
Direktor
|
1
|
Safarov Baxtiyor
|
27
|
1 500 000
|
1 300 000
|
2
|
Buxgalter
|
1
|
Sobirjonov Anvar
|
27
|
1 000 000
|
850 000
|
3
|
Kassir
|
1
|
Pirmatova Moxira
|
27
|
800 000
|
750 000
|
4
|
O‘qituvchi
|
6
|
Davletov Ikrom
|
27
|
1 500 000
|
1 300 000
|
Obidov Asatullo
|
22
|
1 500 000
|
1 000 000
|
Karimova Lola
|
12
|
1 500 000
|
700 000
|
Saidova Dilfuza
|
12
|
1 500 000
|
700 000
|
Usmonov Jasur
|
27
|
1 500 000
|
1 300 000
|
Ortiqov Diyor
|
27
|
1 500 000
|
1 300 000
|
5
|
Farrosh
|
1
|
Mamatqulova Lola
|
27
|
700 000
|
650 000
|
6
|
Jami
|
10
|
|
|
13 000 000
|
9 850 000
|
MChJ xodimi A.Obidov avgust oyida 22 kun ishlagan bo‘lib, 15 avgustdan 19 avgusgacha kasal bo‘lgan. L.Karimova esa 1 avgustdan 17 avgustgacha hamda D.Saidova 15 avgustdan 31 avgustgacha mehnat ta’tillarida bo‘lishgan.
MChJda hisob-kitob to‘lov vedomostiga asosan №8 sonli to‘lov vedomosti 20... yil 5 sentyabr kuni ishlab chiqildi.
MChJ ish haqi tarqatish maqsadida hisob-kitob scho‘tidan pul chekiga asosan naqd pul olindi. Hamda 20... yil 10 sentyabrda №008-sonli kirim kassa orderi to‘ldirildi. 20... yil 19 avgust kuni №012-sonli kassa chiqim orderiga muvofiq kassadagi naqd pul mablag‘lari tarqatildi. Kun oxirida MChJ kassiri kassa hisobotini tuzib, buxgalterga topshirdi.
Talab qilinadi. “THE BEST KONSALTING” mas’uliyati cheklangan jamiyatda sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini tegishli tartibda buxgalteriya hisobi hujjatlari orqali rasmiylashtiring.
10.2. Hujjatlardagi xatolarni tuzatish, hujjatlar aylanishi va arxivini tashkil etish (2 soat)
NAZORAT SAVOLLARI
Hujjatlarni rasmiylashtirish, tekshirish va ularga ishlov berishning ahamiyati nimadan iborat?
Dastlabki hujjatlarni to‘ldirishga qo‘yiladigan asosiy talablar
Hujjatlarda xatoliklar yuzaga kelganda ularni tuzatish qanday amalga oshiriladi?
Hujjatlar aylanishi va uning ahamiyati nimadan iborat?
Hujjatlar aylanish grafigi deganda nimani tushunasiz?
Elektron hujjatning aylanishi nima va uning xususiyatlari qanday?
Hujjatlarni unifikatsiyalash va standartlash nima?
Buxgalteriya hujjatlarini olish tartibi?
Hujjatlarni rasmiylashtirish, tekshirish va ularga ishlov berishning ahamiyati nimadan iborat?
Hujjatlar arxivini tashkil etish va unga quyiladigan talablar?
TEST TOPSHIRIQLARI
1. Hujjatlarni tekshirish turlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Mohiyatiga ko‘ra, formal, arifmetik
B) Mazmuniga qarab, arifmetik
C) Mohiyatiga ko‘ra, formal
D) Mazmuniga qarab, formal, xatosiga ko‘ra
2. Hujjatlarning aylanish grafigi qanday tuziladi va kim tomonidan tasdiqlanadi?
A) Bosh buxgalter tomonidan bo‘limlar bo‘yicha tuzilib, xo‘jalik rahbari tasdiqlaydi
B) Bo‘limlar bo‘yicha bosh buxgalter tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi
C) Yuqori tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladi va beriladi
D) Xo‘jalik ma’muriyati tomonidan tuziladi
|
| |