|
-yilda ishchi shaharchasi o‘rnida barpo etilgan shahar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang
|
bet | 36/53 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 217,6 Kb. | | #100733 |
Bog'liq 5-10-sinf nazorat ishlari yangi8. 1954-yilda ishchi shaharchasi o‘rnida barpo etilgan shahar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
A) Qo‘qon; B) Rishton; C) Yaypan; D) Quvasoy.
9. Bu shahar viloyatning g‘arbida, transport yo‘llari ustida joylashgan. Undan Toshkent, Namangan va Farg‘ona tomonlarga temiryo‘l va avtomobil yo‘llari o‘tadi. Ushbu keltirilgan ta’rif qaysi shaharga tegishli?
A) Qo‘qon; B) Rishton; C) Yaypan; D) Quvasoy.
10. 2018-yili tashkil etilgan “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi qaysi hududda tashkil etilgan?
A) Pop tumanida; B) Chust tumanida;
C) Yangiqo‘rg‘on tumanida; D) Mingbuloq tumanida.
11. Qaysi shaharni xalqimiz “gullar shahri” deb ataydi?
A) Andijon; B) Kosonsoy; C) Namangan; D) Chust.
12. Namangandan Toshkent va Qo‘qonga boriladigan avtomobil yo‘li ustida joylashgan shahar nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) Pop; B) Uchqo‘rg‘on; C) Kosonsoy; D) Chust.
13. Texnik rezina va poyabzal zavodlari mavjud bo‘lgan shaharni belgilang.
A) Pop; B) Uchqo‘rg‘on; C) Kosonsoy; D) Chust.
14. Mamlakatimizdagi qaysi iqtisodiy rayon maydonining kattaligi jihatidan Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidan keyinda turadi?
A) Toshkent; B) Mirzacho‘l; C) Janubiy; D) Zarafshon.
15. Hosil etilayotgan elektr energiya miqdoriga ko‘ra Toshkent va Mirzacho‘l iqtisodiy rayonlaridan keyin uchinchi o‘rinda turuvchi iqtisodiy rayon nomi to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang.
A) Zarafshon; B) Farg‘ona; C) Janubiy; D) Quyi Amudaryo.
16. Samarqand viloyatidagi qaysi tuman tamaki yetishtirishga ixtisoslashgan?
A) Kattaqo‘rg‘on; B) Ishtixon; C) Paxtachi; D) Urgut.
17. Arxeologik izlanishlar natijasida Samarqand shahrining yoshi necha yoshda ekanligi aniqlangan?
A) 2500; B) 2650; C) 2750; D) 2200.
18. Qaysi yillarda Samarqand shahri O‘zbekistonning poytaxti bo‘lgan?
A)1920-1930; B) 1924-1930; C) 1918-1924; D) 1940-1950.
|
| |