|
Nazorat topshiriqlari
|
bet | 44/53 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 217,6 Kb. | | #100733 |
Bog'liq 5-10-sinf nazorat ishlari yangiNAZORAT ISHI JAVOBLARI
№
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
Javob
|
B
|
C
|
A
|
D
|
B
|
D
|
A
|
C
|
C
|
D
|
B
|
A
|
C
|
D
|
A
|
B
|
C
|
D
|
A
|
D
|
NAZORAT ISHI (NI) –VI
Nazorat shakli: Geografik diktant
Mavzular: Turkmaniston Respublikasi – Yaponiya
1. Turkmanistonda ………………………….., ……………………………, ……………………………………… sanoati ham ancha yaxshi rivojlangan bo‘lib, mamlakatning xalqaro ixtisoslashuvida katta ahamiyatga ega.
Javob: to‘qimachilik, tikuvchilik, gilamdo‘zlik
2. Turkmaniston …………………………….ni qazish va eksport qilish bo‘yicha jahonning yetakchi 10 ta mamlakatlari qatoriga kiradi.
Javob: tabiiy gaz
3. …………………………. zotli otlari butun dunyoga mashhur bo‘lib, turkmanlarning faxri hisoblanadi.
Javob: Axalteki
4. ………………………………..ga Markaziy Osiyo davlatlari orasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning nisbatan pastroq ko‘rsatkichlari xos bo‘lib, iqtisodiyoti agrar – industrial yo‘nalishga ega.
Javob: Tojikiston
5. Tojikistonning eng katta sanoat korxonasi ………………………. shahridagi Tojikiston alyuminiy zavodidir.
Javob: Tursunzoda
6. ……………………………..qirg‘oqlari shimoldan Qora dengiz, g‘arbdan Egey dengizi, janubdan O‘rta dengiz suvlari bilan yuviladi.
Javob: Turkiya
7. 2017-yilda Turkiyada respublikaning parlamentar shaklidan …………………. shakliga o‘tildi.
Javob: prezidentlik
8. Turkiyaning yirik shaharlari qatoriga Istanbul va Anqaradan tashqari, ……………………, ……………………., ……………………, ………………... va boshqalar kiradi.
Javob: Izmir, Bursa, Adana, Antaliya
9. Turkiyaning janubi-sharqida jami aholining 15 % idan ko‘proq qismini tashkil etadigan …………………….lar istiqomat qiladi.
Javob: kurd
10. ……………………………………………. Janubi-g‘arbiy Osiyoning hududi, aholisi va iqtisodiy salohiyati jihatidan eng yirik davlatlaridan biri.
Javob: Eron Islom Respublikasi
11. Eron Janubi-g‘arbiy Osiyo davlatlari orasida o‘z iqtisodiy salohiyati bilan …………………………… va …………………………….. singari alohida ajralib turadi.
Javob: Turkiya, Saudiya Arabistoni
12. Baliqchilikning qimmatbaho mahsulotlaridan biri hisoblangan ……………….. eksporti bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi.
Javob: qora ikra
13. …………………………………………….. Janubi-g‘arbiy, Markaziy va Janubiy Osiyo tutashgan hududda joylashgan.
Javob: Afg‘oniston Islom Respublikasi
14. Afg‘onistonda aholining etnik tarkibi ancha murakkab bo‘lib, …………………………, ………………………….., …………………………., ………………………....., ………………………….., ………………………….dan iborat.
Javob: pushtunlar, tojiklar, o‘zbeklar, xazorliklar, balujlar, turkmanlar
15. Pokistondagi eng yirik shahar – Arabiston dengizi sohilida joylashgan ………………………. ning aholisi 15 mln. kishidan ortiq.
Javob: Karachi
16. Xitoyda ……………………….., ………………………….., ………………… singari Yevrosiyoning eng yirik daryolari oqadi.
Javob: Yanszi, Xuanxe, Amur
17. ………………………………………, 2018-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkori hisoblanadi, chunki u O‘zbekistonning ham eksport, ham import bo‘yicha hamkorlari orasida savdo aylanmasiga ko‘ra yetakchi o‘ringa ega.
Javob: Xitoy Xalq Respublikasi
18. ………………………………….. ga 3000 taga yaqin orollar tegishli bo‘lib, ulardan eng yirigi – Chejudo oroli hisoblanadi.
Javob: Koreya Respublikasi
19. ……………………………. – konstitutsion monarxiya, davlat rahbari imperator maqomiga ega bo‘lgan hozirgi jahonning siyosiy xaritasidagi yagona mamlakat.
Javob: Yaponiya
20. Yaponiyaning eng mashhur transmilliy kompaniyalar toifasiga “……………………...….”, “……………………….”, “……………………….”, “………………………….” va boshqalar kiradi.
Javob: Toyota, Honda, Sony, Mitsubishi
|
| |