|
Nazorat topshiriqlari
|
bet | 40/53 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 217,6 Kb. | | #100733 |
Bog'liq 5-10-sinf nazorat ishlari yangiNAZORAT ISHI (NI) –II
Nazorat shakli: Geografik diktant
Mavzular: Jahon aholisining soni – Fan-texnika inqilobi va ishlab chiqarishning rivojlanishiga innovatsion texnologiyalarning ta’siri
1. Ilmiy manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, insonlarning eng qadimgi ongli vakillari - ………………………………………… - bundan taxminan 50 ming yillar avval paydo bo‘lgan.
Javob: Homo sapiens
2. 1960 – 1980-yillarda jahonda “…………………………………………” (o‘lim darajasi pasayishi tufayli aholi sonining tez sur’atlar bilan ko‘payishi) jarayoni yuz berdi.
Javob: demografik portlash
3. Davlatlarda aholining tabiiy o‘sishi yuqori darajada saqlanishiga ………………………………………………….. va ……………………… omillar katta ta’sir ko‘rsatadi.
Javob: ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy
4. ………………………, …………………………., …………………………, ……………………………, ………………………………. kabi davlatlar jahonning aholi zichligi ko‘rsatkichi eng past bo‘lgan davlatlari qatoriga kiradi.
Javob: Mongoliya, Namibiya, Avstraliya, Kanada, Qozog‘iston
5. Jahon aholisining jinsiy tarkibida erkaklar salmog‘i ……………, ayollarniki esa ………………... ga teng.
Javob: 50,5%, 49,5%
6. Amerika qit’asi aholisining irqiy tarkibida …………………, …………………., ………………….. aralsh irq vakillari yuqori salmoqqa ega.
Javob: metis, mulat, sambo
7. Yagona tili, hududi, madaniyati, mentaliteti va milliy o‘zligini anglash xususiyatlari yuqori darajada shakllangan, ko‘pchilik holatlarda o‘z siyosiy davlatchilik an’analariga ega bo‘lgan yirik etnoslar …………………… deb ataladi.
Javob: millat
8. …………………., …………………….., ……………………….., ……………………….., ………………………. va ……………………. tillari BMT faoliyatida qo‘llaniladigan rasmiy tillar hisoblanadi.
Javob: xitoy, ingliz, ispan, fransuz, arab, rus
9. …………………………………. – shaharlar, shahar aholisining soni va salmog‘ining o‘sishi, shahar turmush tarzining tarqalish jarayoni.
Javob: urbanizatsiya
10. …………………………………. – turli kattalikdagi shaharlarning ma’muriy, ishlab chiqarish, ijtimoiy aloqalar natijasida birlashuvi hisoblanadi.
Javob: Shahar aglomeratsiyasi
11. …………………………….. deb yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalarining bir-biriga qo‘shilib ketishiga aytiladi.
Javob: Megapolis
12. …………………………………………….. deb, ayrim davlatlar xo‘jaligining ma’lum mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va bu mahsulotlarni boshqa davlatlar bilan ayirboshlashiga aytiladi.
Javob; Xalqaro mehnat taqsimoti
13. XVIII asr oxirida …………………… tomonidan bug‘ mashinasining ixtiro qilinishi turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalarining ishga tushirilishiga yordam berdi.
Javob: J.Uatt
14. …………………………………….. davlatlarning o‘zaro mustahkam aloqalarga hamda milliy xo‘jaliklararo mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiy birlashuv jarayonidir.
Javob: Xalqaro iqtisodiy integratsiya
15. Ikki va undan ortiq davlatda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar hamda katta miqdorda xorijiy aktivlarga ega xalqaro kompaniya …………………………….. hisoblanadi.
Javob: transmilliy kompaniya
16. Ishlab chiqarish, fan-texnika va moliyaviy resurslari katta bo‘lgan, jahon xo‘jaligi va siyosatida alohida o‘rin egallagan davlatlar …………………………………………………………………………………… sifatida tilga olinadi.
Javob: jahon iqtisodiyotining asosiy markazlari
17. ………………………………………….. deb jamiyatda fanning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi natijasida ishlab chiqarishda tub sifatiy o‘zgarishlarga erishish jarayoniga aytiladi.
Javob: Fan-texnika inqilobi (FTI)
18. Butun jahonda bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarining 4/5 qismi …………………………, ……………………………, ……………………. va boshqa 10 ta rivojlangan davlatga to‘g‘ri keladi.
Javob: Yaponiya, AQSH, GFR
19. …………………………………… (iqtisodiyoti) turli ko‘rinishdagi savdo-iqtisodiy aloqalar bilan o‘zaro bog‘langan barcha mamlakatlarning milliy iqtisodiyotlari majmuyi hisoblanadi.
Javob: Jahon xo‘jaligi
20. Barcha ……………………………………. davlatlarga esa jahon bo‘yicha fan rivojiga yo‘naltiriladigan mablag‘larning atigi 4 – 5 % i to‘g‘ri keladi.
Javob: rivojlanayotgan
|
| |