|
Neft baza va yoqilgi omb‘orlarini loyihalashtirish va ishlatish
|
bet | 1/2 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 89,91 Kb. | | #100708 |
Bog'liq 13-Amaliy Temir yo‘l sisternasidan yuqori qovushqoq neft maxsulotini Neft baza va yoqilgi omb‘orlarini loyihalashtirish va ishlatish.
13-Amaliy
“Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti A.I.Tog‘ayev
Neft mahsulotlarini berish va qabul qilish texnologiyasi neft mahsuloti yetkazib beriladigan va yuklab jo‘natiladigan transport vositalarining turiga, to‘kish-quyish operatsiyalarining jadalligiga, iqlim sharoitlariga va neft mahsulotlarining fizikaviy-kimyoviy xossalariga bog‘liq bo‘ladi.
Neft mahsulotlarini berish va qabul qilish quyidagi statsionar to‘kish-quyish qurilmalari:
temir yo‘l vagonlari-sisternalariga va konteyner-tsisternalariga — maxsus estakadalarda, alohida ustunlar yoki to‘kish qurilmalari orqali;
avtomobil tsisternalariga va konteyner-sisternalariga — quyish stansiyalarida, avtoestakadalarda alohida ustunlar orqali;
TEMIR YO‘L SISTERNASIDAN YUQORI QOVUSHQOQ NEFT MAXSULOTINI TUSHIRISH VAQTINI ANIQLASH
bochkalar, bidonlar va boshqa idishlarga — quyish va qadoqlash bo‘limlari orqali amalga oshirilishi kerak.
Statsionar to‘kish-quyish qurilmalari mavjud bo‘lmaganda neft mahsulotlarini qabul qilish va berish bo‘yicha operatsiyalarning maxsus ko‘chma haydash vositalari tomonidan bajarilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Neft mahsulotlarini berish va qabul qilishda ularning miqdori yetkazib berish yoki oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan o‘lchash metodlari bilan hamda sifat tavsifini muayyan neft mahsulotiga belgilangan normativ hujjat bilan aniqlanadi.
Neft mahsulotlarini berish “GOST 1510-84 (keyinchalik — GOST 1510) Neft va neft mahsulotlari. Markirovkalash, o‘rash, transport vositasida tashish va saqlash”ga, transportning har bir turida amalda bo‘lgan yo‘riqnomalar, qoidalarga muvofiq tayyorlangan hamda qiyoslash sertifikatiga ega bo‘lgan temir yo‘llar, avtomobil tsisternalari va ixtisoslashtirilgan konteyner-tsisternalarda, shuningdek kichik iste’mol idishlarida amalga oshiriladi.
Neft, mazut, moylar, bitum va fizikaviy-kimyoviy xossalari ularga o‘xshash neft mahsulotlarini “Benzin” trafaret yozuviga ega bo‘lgan tsisternalarga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Neft mahsulotlarini ilova hujjatlarisiz tsisternalarga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aviatsiya texnikasida foydalaniladigan neft mahsulotlari alohida tanlangan tsisternalarga beriladi. Ushbu tsisternalarga boshqa neft mahsulotlarini berishga ruxsat berilmaydi.
Neft mahsuloti neft mahsulotining markasi va massasi ko‘rsatilgan holda belgilangan shakllardagi temir yo‘l yoki tovar-transport nakladnoyi, shuningdek sifat pasporti va muvofiqlik sertifikati bilan birga beriladi.
Neft mahsulotlarini qabul qilish jarayonida yuklash miqdori va sifatining jo‘natish hujjatlariga nomuvofiqligi aniqlanganda idoraviy texnikaviy normalar va qoidalar bilan belgilangan tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Neft mahsulotlari omborlari, temir yo‘l va avtomobil to‘kish-quyish estakadalari, quyiladigan, qadoqlanadigan, tarqatiladigan va boshqa binolar, inshootlar hamda asbob-uskunalar amaldagi qurilish normalari, qoidalari va standartlari talablariga javob berishi kerak.
Neft mahsulotlarini berish va qabul qilishda Davlat reyestriga kiritilgan va qiyoslash sertifikatlariga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda qo‘llashga ruxsat berilgan asbob-uskunalar va o‘lchov vositalaridan foydalanilishi kerak.
Qiyoslashdan va davlat metrologiya attestatsiyasidan o‘tmagan o‘lchov vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
|
| |