• ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
  • Neft mahsulotlarini temir yo‘l vagonlari-sisternalari va konteyner-sisternalariga berish hamda ulardan neft mahsulotlarini qabul qilish

    Download 89,91 Kb.
    bet2/2
    Sana17.11.2023
    Hajmi89,91 Kb.
    #100708
    1   2
    Bog'liq
    13-Amaliy Temir yo‘l sisternasidan yuqori qovushqoq neft maxsulotini

    Neft mahsulotlarini temir yo‘l vagonlari-sisternalari va konteyner-sisternalariga berish hamda ulardan neft mahsulotlarini qabul qilish
    Neftni qayta ishlash zavodlarida va neft bazalarida temir yo‘l vagonlari-sisternalari (konteyner-tsisternalar)da tashiladigan neft mahsulotlarini berish va qabul qilish operatsiyalari, qoidaga ko‘ra, maxsus bir va ikki tomonlama estakadalar, quyish yoki to‘kish qurilmalari, tozalash va havo-vakuumli kollektorlar, mazut va moylar uchun oraliq rezervuarlar, neft mahsulotini hisobga olish bog‘lanmalari, qizdirish priborlarini ko‘tarish va tushirish hamda tsisternalarni maydonlar bo‘ylab ko‘chirish vositalari bilan jihozlangan kirish yo‘li mavjud bo‘lgan temir yo‘llarda amalga oshirilishi kerak.
    Iste’molchilarning omborlari va bazalarida temir yo‘l vagonlari-tsisternalari (konteyner-sisternalar)da tashiladigan neft mahsulotlarini berish va qabul qilish operatsiyalari, qoidaga ko‘ra, xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda ushbu operatsiyalar uchun mo‘ljallangan kirish yo‘li mavjud bo‘lgan temir yo‘llarda amalga oshirilishi mumkin.
    Boshi berk temir yo‘llarning to‘kish-quyish estakadalari yong‘in holatida vagon-sisternalarni uzib qo‘yish va yong‘in hududidan uzoqlashtirish imkonini beradigan qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
    Neft mahsulotlarini quyish uchun qo‘yiladigan vagon-sisternalar va konteyner-sisternalar soz holatda bo‘lishi, ilgari tashilgan neft mahsulotlaridan tozalangan bo‘lishi, GOST 1510 va idoraviy texnik normalar va qoidalar talablariga javob berishi kerak.
    Konteyner-tsisternalar texnik pasportga yoki davriy ravishda tekshiruvdan o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan sertifikatga ega bo‘lishi kerak
    Vagon-tsisternalarning neft mahsulotlari quyish uchun yaroqliligi yuk jo‘natuvchi tomonidan aniqlanadi.
    Quyish oldidan barcha tsisternalar xavfli yuklarni tashishning texnik normalari va qoidalarida belgilangan tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan holda texnik ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
    Neft mahsulotlarini quyish uchun texnik ko‘rikdan o‘tmagan va bunday neft mahsulotlarini tashish uchun ularning yaroqliligi e’tirof etilmagan tsisternalardan foydalanish taqiqlanadi.
    Neft mahsulotlarini quyish avtomatlashtirilgan sharnirli biriktirilgan yopiq shlangsiz tizim bo‘yicha yoki tsisternalarga toshirib quyilishining bartaraf etilishini ta’minlaydigan quyishning avtomatik cheklagichlari bilan jihozlangan teleskopik qurilmalar, shuningdek bug‘larni regeneratsiya qurilmasi yoki gaz yig‘ish tizimiga chiqarib yuborish bilan quyishni germetizatsiya qilish (zichlash) qurilmalari bilan amalga oshirilishi kerak. Quyish qurilmasining pastki bo‘g‘ini zarba bo‘lganda uchqun yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan metalldan tayyorlangan bo‘lishi lozim.
    Zarba bo‘lganda uchqun yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan metalldan tayyorlangan erga ulangan simga ega bo‘lgan uchlik shlang rukavalarni qo‘llashga ruxsat beriladi. Rukavalarning uchlik bilan uzunligi tsisternaning tubigacha uning tushishini ta’minlashi lozim.
    Neft mahsulotini quyish jarayonida temir yo‘l tsisternasida (konteyner-tsisternada) uning oqishi aniqlanganda oqishni to‘liq bartaraf etgunga qadar quyish zudlik bilan to‘xtatib turilishi kerak. Oqishini bartaraf etishning imkoni bo‘lmaganda tsisternani quyilgan neft mahsulotidan bo‘shatish hamda jo‘nash stansiyasiga qaytarib yuborish lozim.
    Sisternalarni to‘kish-quyish estakadalari hududida ta’mirlash taqiqlanadi.
    Temir yo‘l tsisternalariga (konteyner-tsisternalarga) neft mahsulotlarini quyish suyuq qatlam ostida to‘ldirish darajasi belgilangunga qadar sachratmasdan va to‘kmasdan, borayotgan yo‘lda harorati oshishidan kengayishi imkonini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
    Yuqori qovushqoqli neft mahsulotlarining muzlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyish kommunikatsiyalarida neft mahsulotining unda aylanib turishi (sirkulatsiyasi)ni amalga oshirish lozim. Aylanib turishni ta’minlash uchun nasoslarni oshirish berish quyish uchun talab qilinadigan balandlikdan 30 foiz yuqori bo‘lishi kerak.
    Quyish tugallangandan keyin quyish qurilmalari (rukavalar) faqat undan neft mahsuloti to‘liq oqib bo‘lgandan keyin tsisternalar tuynuklari og‘zidan chiqarib olinishi kerak.
    Neft mahsuloti qoldiqlaridan quyish qurilmalari va kollektorlarni bo‘shatish drenaj quvurlar va so‘rish nasoslari yordamida amalga oshirilishi kerak.
    Sisternadagi (konteyner-tsisternadagi) quyilgan neft mahsuloti sathi o‘lchangandan keyin uning tuynugining qopqog‘i germetik zich (prokladkalarda) yopilishi kerak. Qopqoq ehtiyotlik bilan zarbalarsiz yopilishi lozim.
    Sisternalardan neft mahsulotini to‘kishdan oldin temir yo‘l va maxsus tashkilotlar (shartnomaga asosan) vakillari bilan yuk jo‘natuvchining plombalari butunligini va ilova qilingan hujjatlari mavjudligini tekshirish, amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq namunalar olish, yetkazib berish yoki oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan metod bilan neft mahsulotining massasini aniqlash kerak.

    Chuqurlashtirilgan oraliq rezervuarlarida o‘z oqimi bilan to‘kilishida ulardan neft mahsulotini yer usti rezervuarlariga bir vaqtda tortib chiqarib olinishini ta’minlash zarur.
    Oraliq rezervuarlari tsisternalardan bir vaqtda to‘kiladigan sig‘im summasining 75 foiziga teng bo‘lgan sig‘imga ega bo‘lishi kerak. Ushbu rezervuarlardan neft mahsulotini nasos bilan tortib chiqarish unumdorligi ularni to‘ldirish unumdorligining kamida 50 foizini tashkil qilishi kerak. Bunda sig‘im toshib ketishdan himoyaga ega bo‘lishi kerak.
    Sisternalar va to‘kish-quyish qurilmalaridagi qotib qolgan neft mahsulotlarini qizitish zaruriyati bo‘lganda bug‘, issiq suv yoki elektr isitgichlar qo‘llaniladi. Ochiq alangadan foydalanish taqiqlanadi.
    Temir yo‘llar tsisternalarini to‘kish va ularga quyish uchun keltirish faqat avvalgi tsisternalarga quyish va ulardan to‘kishda temir yo‘llar to‘kilgan neft mahsulotlaridan puxta tozalab tashlangandan keyin ruxsat beriladi. To‘kish-quyish operatsiyalarini bajarish vaqtida to‘kilgan neft mahsulotlari yig‘ib olinadi, tozalab olingan joyga qum sepiladi.
    Quyish va to‘kish jarayonida ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan qismlarda amaldagi idoraviy yo‘riqnomalarga, texnik normalar va qoidalarga amal qilinadi.

    ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT:

    Download 89,91 Kb.
    1   2

    Download 89,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa

    Neft mahsulotlarini temir yo‘l vagonlari-sisternalari va konteyner-sisternalariga berish hamda ulardan neft mahsulotlarini qabul qilish

    Download 89,91 Kb.