• NEFT VA TABIIY GAZNI QAYTA ISHLASH, GAZ QAZIB OLISH USULLARI
  • Neft uglevodorodlarining termik aylanishi. Termik krekingi, piroliz, neft xom-ashyosini kokslash. Reja




    Download 409.21 Kb.
    bet1/6
    Sana03.04.2024
    Hajmi409.21 Kb.
    #186148
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Neft uglevodorodlarining termik aylanishi Termik krekingi, piroliz


    Neft uglevodorodlarining termik aylanishi. Termik krekingi, piroliz, neft xom-ashyosini kokslash.
    Reja:

    1. Neft va tabiiy gazni qayta ishlash, gaz qazib olish usullari.

    2. Neftni qayta ishlashning asosiy usullari.

    3. Termik yorilish, piroliz, neft xom-ashyosini kokslash.

    Neft qazib olishdagi bir asrdan ko‘p bo‘lgan tajriba:


    O'zbekistonda neft sanoatining rivojlanishi 1885 yilda boshlangan. 1900 yilda Farg'ona vodiysidagi Chimion qishlog'i yaqinidagi ikkita quduqdan qazib olingan. Bu hududda asosiy qidiruv ishlari 1904 yilda boshlangan bo‘lib 270 m dan oshiq chuqurlikdan, kuchli bosim bilan otolib chiqqan neft olindi.
    Uglevodorodlar xom ashyosini qayta ishlashdagi bir asrlik tajriba:
    1906 yilda Farg'ona viloyatida davriy ishlaydigan bitta ikki kubli neftni qayta ishlash zavodi qurildi. Neft ot arava transportida yetkazildi va uning sifati termometr va gidrometr tomonidan aniqlandi.
    Asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari yoritish kerosini va isitish mazuti edi. Keyin, zavod tashqarisidagi kovaklaridagi benzin yoqib yuborilgan, u faqat 1915-1916 yillarda O'rta Osiyoda ichki yonish dvigatelli mashinalar paydo bo'lganda ishlatilganligi aniqlangan. Ushanda neft mahsulotlari temir yo‘l orqali paketlangan shaklda Afg'oniston va Xitoyga eksport qilingan. 1907 yilda aka-uka Nobellar zavodni sotib olib, bosqichma-bosqich qayta qurishni boshladilar. Xuddi shu yili Chimion konidan neftni qayta ishlash zavodigacha bo'lgan to'rt dyuymli neft quvurining ekspluatatsiyasi boshlandi. 1940 yilda zavod o'z laboratoriyasiga ega bo'lganida va texnologik jarayon sifat jihatdan o'sganida yillik quvvati 176 ming tonnaga etdi.
    1972 yil Qashqadaryo viloyatida dunyodagi eng katta zavodlaridan biri Muborak gazni qayta ishlash zavodi qurilgan, 1980 yilda Sho'rtandagi zavod ishga tushiriilgan.
    NEFT VA TABIIY GAZNI QAYTA ISHLASH, GAZ
    QAZIB OLISH USULLARI
    Neft yer osti yoqilg'ilarining yagona suyuq vakili. Uni insoniyat juda qadim zamonlardan buyon yaxshi biladi. Chunonchi Frot daryosi (Bobil) sohilida olib borilgan arxeologik qazuvlar u yerda miloddan 6000—4000 yil ilgari neftdan foydalanilganligidan darak beradi. Neft tabiatda yer po'stlog'ining tektonik faoliyati tufayli hosil bo'lgan, u yer ostida cho'kindi jinslarning g'ovak qatlamlarida, yorug' va bo'shliqlarida to'planib konlar hosil qiladi. Neft qatlamlari konlarda turli chuqurliklarda (100 metrdan 6000 metrgacha) joylashgan bo'ladi. Neft katta bosim ostida bo'lib, odatda yo'ldosh gazlar va neft suvi bilan birga uchraydi.

    Download 409.21 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 409.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft uglevodorodlarining termik aylanishi. Termik krekingi, piroliz, neft xom-ashyosini kokslash. Reja

    Download 409.21 Kb.