II.
ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING TUZILISHI
Shahsiy kompyuterning asosiy qurilmalariga quyidagilar kiradi:
•
sistemali blok;
•
monitor;
•
klaviatura;
•
sichqoncha;
•
va dinamikalardan iborat.
Sistemali blok quydagi asosiy qismlardan tashkil topgan:
-
Korpus,
-
Ona plata (Motherboard);
-
Markaziy protsessor (mikroprotsessor);
-
Operativ (tezkor) xotira;
-
Qattiq disk (vinchester);
-
CD-ROM qurilmasi - diskovod;
-
Elektr ta’minoti bloki;
11
-
Sovutgichlar (kullerlar);
-
Video va ovoz kartalari.
Ona
plata,
sistemali
plata
(ruschada materinskaya
plata,
inglizchada
Motherboard
yoki
mainboard)
-
kompyuterning
yoki
EHMsi
sistemaining
asosiy, ko‘p qatlamli
murrakab platasi bo‘lib,
kompyuter qismlarini
uning ustiga qurish
uchun xizmat qiladigan qurilma. Har bir murrakab elektron qurimlmalarning
(televizor, telefon va boshqa) asosiy platalari ham shunday ataladi.
Ona plata ustiga protsessor, mikrosxemalar, chipsetlar uchun slotlar
(raz’yomlar), opretiv xotira uchun (OX) mahsus ajratilgan slotlar, kontrollerlar
uchun shinalar, interfeyslar va boshqa tashqi qurilmalar uchun kirish-chiqish
portlaridan va sovutish sistemai qurilmalari o‘rnatiladi. Ona platalarni ishlab
chiquvchi etakchi firmalar:
•
GIGABYTE Technology Co., Ltd. - 1986 yildan beri sistemali platalar,
videokartalar, noutbuk, mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi Tayvanning
kompaniyasi. Bo‘limlari Xitoy halq respublikasida jovylashgan.
•
Asus - sistemali platalar, kompyuter, noutbuk, mobil telefonlar, internet-
planshetlar, optik qurilmalar va monitorlar ishlab chiqaruvchi Tayvanning
kompaniyasi. Bo‘limlari Xitoy halq respublikasida joylashgan.
•
va boshqa kompaniyalar mavjud.
Protsessor (markaziy protsessor, mikroprotsessor deb ham aytiladi).
Kompyuterning eng muxim qismini protsessor, (ya’ni protsessor va boshqaruv
qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o‘zgartiradigan,
hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli
moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma — bu protsessor yoki
mikroprotsessor deb ataladi.
Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojat qilish, dasturdagi
ko‘rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar
12
protsessor zimmasida bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, protsessor kompyuterning
barcha ishini boshqaradi va barcha ko‘rsatmalarini bajaradigan qurilma.
Protsessor ishlab chiqaruvchi kompaniyalar xozirgi kunda juda ham ko‘payib
ketganligi tufayli protsessor turlari ham ko‘p. O‘zbekiston bozorlarida ko‘p
uchraydigan, kompyuterlarda ko‘p qo‘llaniladigan protsessor va chiplar, bular:
1.
Intel Corporation - AQShnin Kaliforniya shtatida 1968 yil Gordon Mur va
Robert Noys tomonidan tashkil etilgan amerika
korporatsiyasi. Bu korporatsiya asosan kompyuterni
tashkil etuvchi elektron qurilmalar, mikrochiplar va
mikro-protsessorlar ishlab chiqaradi.
Bugungi kunda 8, 16 va undan ko‘p yadroli
mikroprotsessorlar ishlab chiqararishni konveyrga
qo‘yigan.
2.
MediaTek
Inc.
(MTK)
kompaniyasi.
Kompaniya 28 maya 1997 yil Tayvanning Sinchju shahrida tashkil qilingan.
Bo‘linmalari Xitoyda, Daniya, BAA, Indii, Yaponiya, Sharqiy Koreya, Singapur,
Buyukbritaniya, AQSh va Shvetsiya mamlakatlarida joylashgan.
13
3.
Advanced Micro Devices, Inc. (ingliz tilidan
tarjimasi «Istiqbolli mikroqurilmalar») — 1969 yil
AQShning Kaliforniya shtatining Sanniveyl shahrida
Djerri Sanders va Djon Keri tomonlaridan tashkil qilingan.
Bugungi kunda AMD mikrochiplarini ishlab chiqarish bilan
mashxur.
4.
ATI Technologies kompaniyasi — Kanadaning
Ontario shahrida joylashgan bo‘lib, grafikaga oid
protsessorlar va chipsetlar, ona (materinskaya) platalar
ishlab chiqaruvchi kompaniya.
5.
Va boshqa juda ko‘p kompaniyalar mavjud.
Operativ xotira. Operativ xotira o‘zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar
va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga
ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta
yoziladi. Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ
xotiradagi ma’lumotlar o‘chib ketadi.
Zamonaviy kompyuterlarda 2, 4, 8 Gb va undan
katta xajmga ega bo‘lgan operativ xotirlar ishlatiladi.
Kompyuterlarning operativ xoirtasini ko‘tarish uchun Ona platalarda qo‘shimcha
shinalr mavjud. Ikkita 2 Gb lik operativ xotiradan 4 Gb lik, yoki ikkita 4 Gb lik
operativ xotiradan 8 Gb lik xoira yasash mumkin. Faqat bitta narsani etiborga olish
kerak, bu ham bo‘lsa ona plataning imkoniyati bunga mos kelishi kerak, ya’ni ona
plataning imkonidan chiqib kelish kerak degan so‘z.
Qattiq disk - qattiq magnit dikdagi jamlagich yoki QMDJ (ingliz. hard
(magnetic) disk drive, vinchester) - kompyuter xotirasida
axborotni saqlab qoluvchi qurilma bo‘lib, magnitli
yozish (magnitnaya zapis) printsipi asosida ishlaydi va
dunyodagi aksaryat kompyuterlar ushbu qurilma bilan
jihozlangan.
QMDJlar egiluvchan disklardan (disketalar) farqi
bularda axborot ferromagnitli material bilan qoplangan
qattiq alyuminli yoki shisha platinkalarga yoziladi va
bitta yoki birnecha plastinka disk bitta osga
joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. QMDJlar disklariga qoplama tariqasida ikki okisli
xrom ham ishlatiladi.
Birinchi vinchester - qattiq disk 1973 yilda IBM firmasida foaliyat ko‘rsatgan
xodim Kennetu Xotonu tomonidan ixtiro qilingan va bu diskning xotirasining xajmi
30Mb dan 2 ta modul bo‘lgan.
14
Zamonaviy kompyuterlarga o‘rnatilayotgan QMDJlarning xotirasining xajmi
bugungi kunga kelib 1000 Gb dan oshib ketgan.
Diskning ishlash tezligi ikki ko‘rsatkich bilan aniqlanadi:
1. Diskning sekundiga aylanishlar soni.
2. Diskdan ma’lumotlarni o‘qish va unga ma’lumotlar yozish tezligi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ma’lumotlarga kirish vaqti va o‘qish-yozish
tezligi faqat diskovodning o‘zigagina bog‘liq emas, balki disk bilan axborot
almashish kanali parametrlariga, disk kontrolerining turi va kompyuter
mikroprotsessorining tezligiga xam bog‘lik.
QMDJlar ishlab chiqarishda etakchi kompaniyalar to‘g‘risida ma’lumot:
•
Digital Equipment Corporation (DEC) - AQShning kompyuter ishlab
chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, 1957 yilda Ken Olsen va Xarlan Anderson
tomonidan tashkil qilingan.
•
Seagate Technology (Sigeyt Teknolodji) — AQShning Kaliforniya shtatida
joqylashgan qattiq disklar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, 1979 yilda
kompyuter bozorida yetakchi o‘rinni egallab keladi.
•
Toshiba Corporation - Xalqaro kontsern hisoblanadi, Yaponiyaning Tokio
shahrida joylashgan, kompyuter texnologiyasi va elektronika sohasida foaliyat
ko‘rsatadi.
•
va boshqa juda ko‘p kompaniyalar mavjud.
Diskovod (Disk Drive) - magnitli, optikaviy va magnitli-optikaviy disklardan
axborot va ma’lumotlarni o‘qish va yozish uchun xizmat qiladigan qurilma.
«Diskovod» termini ingliz tilidan to‘g‘ri tarjima qilingan bo‘lib, aslida
disk+boshqarish ni bildiradi. Shunday bo‘lsa ham «Diskovod» deganda biz yuqorida
keltirilgan qurilmani tushinamiz.
Diskovodlar quyidagi xarkteristikalari bilan farq qiladi:
•
turi bo‘yicha;
•
diskning xotirasining xajmi bilan;
•
yozish-o‘qish tezligi bilan;
•
tashqi yoki ichki qurilmaligi bilan farq qiladi.
Diskovodlar turlari:
•
Magnitli disketalarni o‘qidigan Zip- i Jaz-diskovodlar. Bu tipdagi diskovodlar
Zip- i Jaz-disketalarni o‘qishga molashgan;
15
•
SD, DVD, HD DVD optikaviy kompakt disklarni yozish-o‘qishga
muljallangan CD-ROM va DVD-ROM dikovodlar, Blu-Ray-diskovodlar SD, DVD,
HD DVD formatni ham o‘qidi;
•
O‘lchami 5.25 ili 3.5 dyuymli magnitli-optikaviy diskilarni (MOD) o‘qidigan
dikovodlar zamonaviy kompyuterlarning tarkibiga kiradi.
Videokartalar. Kompyuterlardan grafikani, foto va vide axbortotlarni
monitorga chiqarish vazifasini videokartalar bajaradi.
Videokartalar o‘zlarining xotiralari xajmi va tez
chiqaurvchanlik xususiyatlari bilan farq qiladi. Zamonaviy
Opretsion sistemalari va multimedia dasturlarining
talabini bajarish uchun albatda yuqori ko‘rsatgichga ega
bo‘lgan audioadapter platasi mavjud bo‘lishi kerak.
Xozirgi kompyuterlarga asosoan 128, 256 Mb/s va undan
yuiori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan videokartalar ishlatiladi.
Audikartalar. Har qanday multimediaviy shaxsiy kompyuter tarkibida
audioadapter platasi mavjud. Creative Labs firmasi o‘zining birinchi audioadapterini
Sound Blaster deb atalgani uchun ularni ko‘pincha «saundblasterlar» deyishadi.
Audioadapter kompyuterga fakat sterefonik ovoznigina emas, balki tashqi
qurilmalarga tovush signallarni yozish imkonini ham beradi.
Shaxsiy kompyuterlarning diskli jamlagichlariga oddiy (analogli) tovush
signallarini yozish mumkin emas. Ular faqat raqamli signallarnigina yozishga
mo‘ljallangandir.
Audioadapter tovush signali darajasini
davriy ravishda aniqlab, uni raqamli kodga
aylantirib
beruvchi
analog-raqamli
o‘zgartirgichga ega. Mana shu ma’lumot
tashqi qurilmaga raqamli signal ko‘rinishida
yozib qo‘yiladi. Ushbu jarayonga teskari
jarayonni amalga oshirish uchun raqam-
analogli o‘zgartirgich qo‘llaniladi. U raqamli
signallarni analogli signallarga aylantirib beradi. Filtratsiya qilingandan so‘ng ularni
kuchaytirish va akustik qolonkalarga uzatish mumkin.
Kontrolerlar (maxsus elektron sxemalar) ona plata tarkibiga kiruvchi turli
qurilmalar (monitor, klaviatura va boshqalar) ishini boshqaradi.
Kiritish-chiqarish portlari. Kompyuterlarning ona platada mavjud bo‘lgan
kirish-chiqish portlari orkali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashadi.
Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar hamda umumiy
portlar ham mavjud.
16
Umumiy
portlarga
printer,
sichqoncha
va
klaviatura
ulanishi
mumkin. Parallel portlar kirish-chiqishni
ketma-ket portlarga nisbatan tezroq
signallarni utkazadi.
Zamonaviy
kompyuterlarda
signallarni tashqi muhit bilan juda tez
almashtiruvchi
-
utkazuvchi
USB
portlarsiz tassavur qilib bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham ona platalarda 4 ta va
undan ko‘p USB portlar o‘rnatiladi.
USB portlarning bugungi kunda
juda ko‘p tiplari mavjud bo‘lib, ular
signallarni utkazuvchanlik qobiliatlari
bilan farq qiladi.
Monitorlar. Kompyuter monitori (displey) ekranga matnli va grafik axborotni
chiqarishga mo‘ljallangan. Monitorlar monoxrom yoki rangli bo‘lib, matnli hamda
grafik holatlarda ishlashi mumkin. Suyuq kristalli displeylar (LCD - Liguid Crystal
Display) faol (aktiv) va sust (passiv) matritsali bo‘ladi. Sust matritsada ekranning
xar bir elementi (piksel) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlar kesishgan joyga
yetib keladi.
Faol (aktiv) matritsali displey ancha murakkab va qimmat, birok yaxshi sifat
barqaror, kontrast va tiniq tasvir berilishini ta’minlaydi.
Kompyuter
klaviaturasi
-
foydalanuvchi
tomonidan
kompyuterga
ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kiritishga mo‘ljallangan qurilmadir.
Klaviaturada umumiy soni 101-102 tugmachalar bo‘lib, kompyuterga simsiz va sim
orqali ulanishi mumkin.
17
Tugmachalar o‘zining vazifasi bo‘yicha 6 gruhga bo‘linadi:
•
alfavitli-sanli tugmalar;
•
kursor bilan boshqaruv;
•
sonli panel tugmalari;
•
mahsus tugmalar;
•
modifikatorlar.
Alfavitli-sanli tugmalar.
Kursor bilan boshqaruv va sonli tugmalar.
Funktsional tugmalar - PC/AT klaviaturalarda funktsional
tugmalar - F1 dan F12 gacha bo‘ladi. Shift,
Ctrl, va Alt bilan birgalikda ishlatganda
interfeysning bir qismini tashkil qiladi.
Modifikatorlar tugmalar - qatoriga Shift, Ctrl,
⇪
Caps
Lock, Alt i AltGr (o‘ng Alt) kiradi. Bu tugmalarning vazifasi
boshqa tugmalarning harakatini o‘zgartirishga qaratilgan.
Modifikator tugmalar ko‘p ishlatilganligi sababli bu tugmalar
katta qilib yasalgan va klaviaturaning o‘ng va chap tomonlarida
dublikat qilingan.
Sichqoncha mexanik harakatni signalga aylantiruvchi qurilma hisoblanadi va ushbu
signal kursorning pozitsiyasini bildiradi yoki sahifani aylantirish uchun xizmat
qilishi mumkin. Sichqoncha qurilmasi shahsiy kompyuterlar foydalanuv-chilarning
grafikaviy interfeyslari paydo bo‘lgandan keyin keng qo‘llanila boshladi.
Sichqoncha 1970 yil Duglas Engelbart tomo-
nidan ixtiro qilinib 19801 yilda Xerox 8010 Star
Information System kompaniyai tomonidan ishlab
chiqilgan mikrokompyuter tarkibiga kiritilgan.
Usha vaqtda sichqonchaning bahosi tahminan 1000
AQSh dollari atrofida bo‘lgan. Bugungi kunda
sichqonchani tahminan 10 AQSh dollariga sotib
olsa bo‘ladi.
Ugungi kunda sichqoncha har bir shahsiy kompyuter tarkibiga kiradigan
muhim qurilma hisoblanadi.
|