Nigmatov X




Download 9,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/68
Sana13.05.2024
Hajmi9,08 Mb.
#229420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
Nigmatov X

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH
 
Hozirda kompyuter injineringi va dasturiy injinering, hamda ularga yondosh 
sohalar mutaxassislari – kompyuterlarda, kompyuter tizimlarida va kompyuter 
tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini qanday 
tashkil qilinganligini tushunishlari, hamda ulardan kundalik faoliyatlarida foydalana 
olishlari tobora muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. 
Kompyuterda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari, ya’ni hisoblash 
jarayonlarining qanday tashkil qilinganligi, ma’lumotlarni bir joydan boshqa joyga 
ko‘chirib yozish amallari, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, kompyuterda, 
kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik choralarini amalga 
oshirish, hamda multimedia vositalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturiy 
vositalardan unumli foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llashda – 
kompyuter 
arxitekturasiga
oid bilimlardan xabardor bo‘lishlik ham talab etilmoqda. Hozirda 
kompyuter va telekommunikatsion tarmoqlar asosida yaratilgan va yaratilayotgan 
turli xil tizimlarni, jumladan taqsimlangan va bulutli hisoblash tizimlari kabi 
tizimlarni ham, o‘ziga xos kompyuterlar deb qarash mumkin bo‘lmoqda.
Kompyuter arxitekturasi haqidagi ushbu fanni o‘rganish bilan har bir inson – 
kompyuterning qanday tuzilganligini, uning qanday ishlashi va dasturlanishiga oid 
bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kompyuterning qanday 
tuzilganligi, qanday ishlashi va dasturlanishiga oid bilimlarni egallash natijasida 
insonning kompyuter bilan mutaxassis sifatida muloqot qilish saviyasi va 
kompyuterning imkoniyatlaridan unumli foydalanish darajasi oshib boradi.
Hisoblash texnikasi sohasi, hususan kompyuterlarning qanday tuzilganligiga 
oid nashr qilingan adabiyotlarda asosiy e’tibor, kompyuterni tashkil etuvchi apparat 
vositalarning qanday tuzilganligi, nima uchun mo‘ljallanganligi, hamda qanday 
ko‘rsatgichlar asosida ularni tavsiflash mumkinligiga qaratilgan. Ushbu adabiyotlar 
ko‘proq kompyuterning apparat qismi bilangina shug‘ullanuvchi mutaxassislar 
uchun mo‘ljallangandir.



Ohirigi 10-15 yillar davomidagi rivojlanish shuni ko‘rsatdiki, kompyuterni 
o‘zining faoliyatida qo‘llayotgan har-bir soha mutaxassisi, ayniqsa kompyuter 
injiniringi, dasturiy injiniring va telekommunikatsiya kabi sohalar mutaxassislari 
uchun – kompyuterni tashkil qiluvchi apparat va dasturiy vositalarini birgalikda 
o‘rganish maqsadga muvofiq ekan. Kompyuterning apparat va dasturiy vositalarini 
birgalikda o‘rganish deganda, kompyuter va kompyuter tarkibiga kiradigan 
qurilmalarni qanday tuzilganligi bilan birga, ularda ma’lumotlarni ishlash 
jarayonlari qanday amalga oshirilishini ham o‘rganish tushuniladi. Bunda 
ma’lumotlarni ishlash dasturlari qanday algoritmlar asosida tuzilganligi, ushbu 
algoritmlarni so‘z bilan ifodalashdan tortib, to amaliy dastur sifatida shakllanish 
bosqichlarini mukammal bilish kerak bo‘ladi. 
Ushbu o‘quv qo‘llanmaning birinchi bobida zamonaviy kompyuter 
arxitekturasiga oid asosiy tushunchalar, hamda kompyuterning raqamli va mantiqiy 
asoslariga oid ma’lumotlar keltiriladi. Unda kompyuterning apparat ta’minoti 
hisoblangan raqamli mantiqiy sath ob’ektlari – ventillar, oddiy mantiqiy 
funksiyalarni bajaruvchi elementlar, xotira elementlari hisoblangan triggerlar, ular 
asosida qurilgan registrlar qanday tuzilganligi va ularning kompyuter arxitekturasida 
tutgan o‘rni haqida tushuntirishlar beriladi.
Ikkinchi bobda kompyuterning asosiy va yordamchi xotira qurilmalari qanday 
tuzilganliklari haqida so‘z yuritiladi. Bunda asosiy e’tibor ikkilik ko‘rinishda 
ifodalangan ma’lumotlarni xotiraga yozish, saqlash, adreslash va xotiraga murojaat 
qilish qanday amalga oshirilganligi ko‘rib chiqiladi.
Uchinchi bobda kompyuterlar protsessorlarning tuzilishlari va qanday 
ishlashlarini tushuntirish amalga oshirilgan. Unda sakkiz, o‘n olti va o‘ttiz ikki 
razryadli protsessorlarning tuzilishlari va qanday ishlashlari ularni o‘zaro 
taqqoslashlar bilan keltirilgan. Ushbu bobda zamonaviy kompyuterlar protsessorlari 
– Intel Core i7, UltraSPARC III, OMAP4430 va AT mega 168 protsessorlari, hamda 
parallel kompyuter arxitekturalariga oid ma’lumotlar bilan ham tanishtiriladi. 
To‘rtinchi bob Assembler tilida dasturlash asoslarini o‘rganishga 
bag‘ishlanadi. Unda asosiy e’tibor Assembler tilida yozilgan dasturlarni o‘rganish 



va tuzish asosida kompyuter arxitekturasining tuzilishini qanday ekanligini 
mukammalroq tushinib olish mumkinligi ta’kidlangan. 
Beshinchi bobda kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-chiqarish arxitekturasi, 
kompyuterning shinalari va ularning ishlash tamoillari haqida so‘z yuritilgan. 
Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda qo‘llanilayotgan PCI, PCI Exspress 
va USB shinalarining tuzilishlari va xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.

Download 9,08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Download 9,08 Mb.
Pdf ko'rish