• Birinchi usul
  • Tillar, sathlar va virtual mashinalar




    Download 9.08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/57
    Sana19.04.2022
    Hajmi9.08 Mb.
    #19982
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
    Bog'liq
    c6a0026cad2c48e15947f151b862f2f7 Kompyuter arxitekturasi
    1mus, ариза
    Tillar, sathlar va virtual mashinalar. Muammoni ikki xil yo‘l bilan xal qilish 
    mumkin. Har ikkala yo‘l ham insonga mashina tiliga nisbatan qulay bo‘lgan yangi 
    buyruqlarni ishlab chiqishdan iborat. Bu yangi buyruqlar majmuasi tilni 
    shakllantiradi. Buni T.1 til deb ataymiz. Mashina ichki buyruqlari majmuasi xam 
    tilni shakllantiradi, bu tilni T.0 deb ataymiz. Kompyuter faqat T.0 mashina tilida 
    yozilgan dasturlarnigina bajara oladi. Keltirilgan ikki usul bir - biridan kompyuter 
    T.1 tildagi dasturni qanday bajarishi bilan farqlanadi.
    Birinchi usul. T.1 tildagi har bir buyruq T.0 tildagi shunga ekvivalent bir necha 
    buyruqlarni bajarish bilan almashtiriladi. Bu xolatda kompyuter T.1 tildagi dasturni 


    157 
    emas, balki T.0 mashina tilidagi dasturni bajaradi. Bu texnologiya translatsiya deb 
    ataladi.
    Ikkinchi usul. T.0 mashina tilida shunday dastur tuziladiki, u T.1 tilida 
    yozilgan dasturni boshlang‘ich dastur deb qabul qiladi va bu tildagi har bir buyruqni 
    T.0 mashina tilidagi ekvivalent buyruqlar majmuasi yordamida bajaradi. Bu 
    texnologiya T.0 tilida yangi dastur yaratilishini talab qilmaydi. Bu usul 
    interpretatsiya deb ataladi. Interpretatsiyani amalga oshiruvchi dastur interpretator 
    deb ataladi.
    Translyasiya va interpretatsiya bir - biriga o‘xshash. Har ikkala uslublarni 
    qo‘llagan xolda ham kompyuter T.0 tildagi T.1 til buyruqlariga ekvivalent bo‘lgan 
    buyruqlar majmuasini bajaradi. Farq shundaki translyasiya jarayonida T.1 tildagi 
    dastur T.0 tildagi dasturga almashtiriladi. T.1 tildagi dastur esa unitiladi. T.0 tilidagi 
    yangi dastur kompyuter xotirasiga joylashadi va bajariladi.
    Inepretatsiyada esa T.1 dagi har bir buyruq T.0 ga qayta kodlashtiriladi va 
    darxol bajariladi. Bu usulning translyasiyadan farqi T.0 da yangi dastur 
    yaratilmaydi, balki buyruqlar ketma - ket qayta kodlashtiriladi va bajarilishi amalga 
    oshadi. Har ikkala usul ham va ularning kombinatsiyasi ham qo‘llaniladi.
    Odatda, translyasiya yoki interpretatsiyani o‘ylashdan ko‘ra, mashina tili T.1 
    bo‘lgan gipotetik kompyuterning yoki virtual mashinaning mavjudligini faraz qilish 
    qulayroqdir. Bunday virtual mashina M.1 deb, T.0 tilli virtual mashinani esa M.0 
    deb ataymiz.
    Agar M.1 virtual mashinani katta xarajatlarsiz konstruksiyalash mumkin 
    bo‘lsa, u xolda M.0 virtual mashina va u ishlatadigan T.0 tilga extiyoj bo‘lmas edi. 
    Dasturlash faqat T.1 til orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lar edi. Virtual mashina 
    bir muncha qimmat bo‘lganda ham insonlar unga dastur yozgan bo‘lar edi. Bu dastur 
    T.0 tilida yozilgan dastur yordamida interpretatsiya yoki translyasiya qilinishi 
    mumkin. Boshqacha aytganda virtual mashina uchun, u haqiqatda mavjud deb dastur 
    yozish mumkin.


    158 
    Interpretatsiya va translyasiya maqsadga muvofiq bo‘lishi uchun T.0 va T.1 
    tillar bir biridan keskin farqlanmasligi kerak. Bu degani T.1 til T.0 tilga nisbatan bir 
    muncha yaxshiroq bo‘ladi, lekin undan ko‘p farqlanmaydi.
    Bu bir tomondan dasturlashni inson uchun qulayroq shaklga keltirish, kkinchi 
    tomondan dasturni M.0 bajarilishini ta’minlash muammosini xosil qiladi. Buning 
    echimini ko‘p sathli tillar ierarxiyasini xosil qilish orqali xal qilish mumkin.
    Dasturlashni insonga qulaylashtirish uchun endi T.2 tilni yaratish kerak. T.2 
    tilda ishlaydigan virtual mashina endi M.2 bo‘ladi. T.2 til T.1 ga nisbatan insonga 
    qulaylik jihatidan ancha yaqinroq bo‘ladi. Lekin mashina bari bir T.0 tilida ishlaydi. 
    Bunda esa qo‘yidagi almashtirish jarayoni T.2 T.1 T.0 amalga oshishi zarur bo‘ladi.
    Biri ikkinchisidan insonga qulayroq bo‘lgan tillarni yaratish jarayoni eng 
    maqbul tilni xosil qilgunimizcha davom etishi mumkin. Har bir bunday til o‘zidan 
    oldingi tilni asos sifatida ishlatadi. SHuning uchun kompyuterni bir necha virtual 
    mashinalar sathlaridan iborat deb qarashimiz mumkin. Bu tasavvur 1 rasmda 
    keltirilgan edi. 

    Download 9.08 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




    Download 9.08 Mb.
    Pdf ko'rish