• Axborotlarni skanеrlash (Fine Reader va boshq)
  • Microsoft Office Publisher dasturida Buklet tayyorlash




    Download 2,91 Mb.
    bet59/78
    Sana16.02.2024
    Hajmi2,91 Mb.
    #157845
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78
    Bog'liq
    DZwWQ1RQ5RjXoFIzijQp7faOQzd17hCLJY0v7gEQ

    Microsoft Office Publisher dasturida Buklet tayyorlash.


      1. Ms Publisher dasturini ishga tushiramiz.

      2. Muloqot oynasining chap qismida tayyor Buklet maketini tanlaymiz.

    4.5-rasm.



      1. Ochilgan oynada Bukletlar namunalaridan birini tanlaymiz.

      2. Ekranga biz tanlagan ikkita sahifadan tashkil topgan Buklet namunasi yuklanadi. Hujjatimizni ikki sahifadan iboratligi uning old va orqa tomonlarini bildiradi.


    4.6-rasm. Old qismi (birinchi sahifa).

      1. Hujjatimiz vertikal chiziqlar bilan uch qismga avtomatik ravishda bo’linadi. Bu keyinchalik uni bosmadan chiqarganimizda bukiladigan joylarini bildiradi.


    4.7-rasm. Ort qismi (ikkinchi sahifa)

      1. Ehtiyojlarimizdan kelib-chiqib hujjatning grafik (rasm) va matn obyektlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishimiz munkin.

      2. Hujjatimizni bosmadan chiqarishimiz uchun Файл menyusidan Печать buyrug’idan foydalanamiz.


    4.8-rasm.

      1. OK tugmasi bosilgandan so’ng elektron hujjatimiz qog’ozga chiqariladi.

    Axborotlarni skanеrlash (Fine Reader va boshq)



    4.19-rasm.

    MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR.


    1. Qanday nashriyot dasturlari mavjud?

    2. Pagemaker qanday dastur va u nima uchun qo’llaniladi?

    3. Publisher qanday dastur va u qaysi firma tomonidan yaratilgan?

    4. Ms Publisher dasturida buklet qanday tayyorlanadi?

    5. Ms Publisher dasturida qanday menyu bo’limlari mavjud?

    4.2-§. Ixtisoslik bo’yicha maxsus dasturiy vositalar(MathLab, MathCad dasturlari). Matеmatik va mеxanik masalalarni yechish. Grafiklar yaratish.


    Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun Eureka, Gauss, Derive, Mathcad, Mathematica, Maple va boshqa dasturiy tizimlar va dasturlarning to‘plamlarini taklif qiladi. Ular orasida MATLAB imkoniyatlari va mahsuldorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi. MATLAB-bu vaqt sinovidan o‘tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish tizimlaridan biridir. U matritsaviy amallarni qo‘llashga asoslangan tizimning nomi MATRIX LABORATORY matritsaviy laboratoriyada o‘z aksini topgan. Matritsalar murakkab matematik hisoblarda, jumladan, chiziqli algebra masalalarini yechishda va dinamik tizimlar hamda ob'ektlarni modellashda keng qo‘llaniladi. Ular dinamik tizimlar va ob'ektlarning holat tenglamalarini avtomatik ravishda tuzish va
    yechishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Bunga MATLAB ning kengaytmasi
    Simulink misol bo‘lishi mumkin. MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan chiqib universal integrallashgan kompyuterda modellash tizimiga aylandi. «Integrallashgan» so‘zi bu tizimda qulay ifodalar va izohlar tahrirchisi, hisoblagich, grafik dasturiy protsessor va boshqalar o‘zaro birlashtirilganligini bildiradi. MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda foydalanuvchilarni an'anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo‘lgan va imkoniyatlari keng dasturlash tili bilan uning dasturlash tillari bilan integrallashuvi dasturning kengayuvchanligiga olib keldi. MATLAB asosan matematik hisoblashlar, algoritmlarni yaratish, modellash, ma'lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish, ilmiy va injenerlik grafikasi, ilovalarni ishlab chiqish va boshqalar. MATLAB kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga oson moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo‘l bilan kengayishi va bu kengayish m-fayllar ko‘rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda, tizimning kengayishlari kompyuterning doimiy xotirasida saqlanadi va MATLAB ning biriktirilgan (ichki) funksiyalari va proseduralari kabi kerakli vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi. Foydalanuvchi m-fayl matnli formatga ega bo‘lganligi sababli unga har qanday yangi buyruqni, operatorni yoki funksiyani kiritishi va keyin undan biriktirilgan funksiya yoki operator kabi foydalanishi mumkin. MATLAB da yangi yaratilgan funksiya yoki prosedura fayl ko‘rinishida diskda saqlanishi sababli operator va funksiyalar soni amalda chegaralanmagan. MATLAB ko‘plab amaliy masalalarni yechish imkoniyatini beruvchi operatorlar va funksiyalarga ega. Ular yordamida ko‘plab amaliy masalalarni yechish mumkin. MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni dasturlash sohasida har qanday mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash tillaridan boyroqdir. U hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan deyarli hamma dasturlash vositalarini amalga oshiradi, jumladan, ob'ektga mo‘ljallangan va vizual dasturlashni (Simulink vositalari yordamida) ham. Umuman olganda, MATLAB tizimidan foydalanish tajribali dasturlovchilar uchun o‘z fikrlari va g’oyalarini amalga oshirish uchun cheksiz imkoniyatlar beradi. Matlab dasturlash tili yoki Matlab tili-ma'lumotlarni matritsa ko‘rinishida berilishi, hisoblash imkoniyatlari va
    grafik vositalarining kengligi nuqtai nazaridan olganda, yuqori darajali algoritmik til hisoblanadi. Shu o‘rinda, Matlab tili faqat Matlab muhitida dasturlar yaratish va ishlatish uchun xizmat qiladi. Foydalanuvchilarni Matlabda yaratiladigan barcha dasturlari diskda saqlanadi va m-kengaytmaga ega, shu sababli ular m-fayllar deyiladi. M-fayllar ikki turga bo‘linadi: function va script m-fayllardir. M-fayllar yaratishda Matlab tilining quyidagi qoidalariga amal qilinishi lozim: o‘zgaruvchilar e'lon qilinmaydi, belgilar ishlatilmaydi, shartsiz o‘tish operatori goto ishlatilmaydi, dastur tugallanganligi qayd qilinmaydi. M-fayllar bilan ishlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    • Asosiy (script-fayl) va qism dastur (function-fayl) larni ishlab chiqish;

    • Matlabda m-fayllarni yaratish, tahrirlash va saqlash;

    • M-fayllarni ishga tushirish.

    M-fayllarni sozlash MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni dasturlash sohasida har qanday mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash tillaridan boyroqdir. U hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan deyarli hamma dasturlash vositalarini amalga oshiradi, jumladan, ob'ektga mo‘ljallangan va visual dasturlashni ham. Umuman olganda, MATLAB tizimidan foydalanish tajribali dasturlovchilar uchun o‘z fikrlari va g’oyalarini amalga oshirish uchun cheksiz imkoniyatlar beradi.
    MathCAD tizimi va uning vazifalari.
    MathCAD bu matematikaning turli sohalaridagi masalalarini yechishga mo’ljallangan ajoyib sistemadir. Dasturning nomlanishi ikkita so’zdan iborat bo’lib, MATHEMATIKA (matematika) va CAD ( avtomatik loyihalash sistemasi). MathCAD ni o’rganish juda oson bo’lib, uni ishlatish soddadir. Ushbu dasturni boshqarish Windows muhitida oldin ishlaganlar uchun intuitiv tushinarlidir. MathCAD tizimini juda ko’p sohalarda sodda hisoblashlarni hisoblashdan tortib to elektrik sxemalarni qurishgacha ishlatish mumkin. MathCAD formula, sonlar, matnlar va grafiklar bilan ishlaydigan universal sistemadir. MathCAD tili matematika tiliga juda ham yaqin, shu sababli unda ishlash matematiklar uchun juda oson. Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni
    avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida MathCAD oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir. Umuman olganda MathCAD-bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo’llashning noyob majmuasi. U o’z ichiga ko’p yillar davomida matematikaning rivojlanishi natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini jamlagan. MathCAD paketi muhandislik va matematik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo’lib, uning yordamida o’zgaruvchi va o’zgarmas parametrli algebraik va differentsial tenglamalarni yechish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. MathCAD murakkab masalalarni yechish uchun o’z dasturlash tiliga ega.



    Download 2,91 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78




    Download 2,91 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Office Publisher dasturida Buklet tayyorlash

    Download 2,91 Mb.