• CHiqish kelishigi
  • Nizomiy nomidagi tdpu o’zbek tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi M. Rahmatovning 301-302-guruhlarda




    Download 7.51 Mb.
    bet7/12
    Sana29.04.2023
    Hajmi7.51 Mb.
    #54921
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    kelishik kategoriyasi
    Ahmedov, Bayonnoma N3, big data, 4-amaliy ish, 3-mustaqil ish, 2, 1-ЛАБОРАТОЛРИЯ, BOSHLANG\'ICH MAKTABDA TA\'LIMDA INNOVATSION TARBIYA TEXNOLOGIYALARI, BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR, sevara, 4-labaratoriya elektron, 4-topshiriq Mat mantiq va diskret matematika, 3-topshiriq Mat mantiq va diskret matematika, 20 МАВЗУ
    O‘rin-payt kelishigi. Bu kelishikni hosil qiladigan quyidagi affiks variantlari uchraydi:
    -da/-dә jarangli undosh va unli bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: Qayg’uda za’if boldї (QR). Yүzүңdә nurї tajallї, labїңda javhari ruh (Lutfiy).
    -ta/-tә jarangsiz undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: Bu ishtә ixtїyarїm yoq turur (Atoiy). Tanїmaqta mәgәr yanїlmїsh-sen (Navoiy).
    O‘rin-payt kelishigining –ta/-tә affiksi «Boburnoma»da va ayrim boshqa asarlarda uchrasa ham, odatda, jarangsiz undoshlardan keyin ham –da/-dә affiksi qo‘shila bergan.
    CHiqish kelishigi. Bu kelishikni hosil qiluvchi quyidagi affikslar mavjud:
    -dїn/-din unli va jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: CHarx qasrїdїn quyash har kүn tүshәr ālamarā (Navoiy). Andїjannїң nәshbәtisidin yaxshїraq nәshbәti bolmas (BN).
    -tїn/-tin jarangsiz undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: Sen bashtїn ayaq jan-sen (Muhabbatnoma), lekin jarangsiz undoshlar tugagan so‘z negizlariga ham –dїn/-din affiksi qo‘shila beradi. Aksincha jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarga ham –tin \\ -tїn affiksining qo‘shilishi qayd qilinadi: Xojandtїn Axsїg’a kelүr (Bobir).
    -dan/-dәn//-tan/-tәn. Bu affiks XV asrdan oldingi yodgorliklarda uchraydi va ular fakulьtativ xarakterdadir: Uch kundin sөң zindandan chїqardїlar (QR).
    CHiqish kelishigining qadimgi turkiy tilga oid –dun/-dүn//-tun/-tүn affikslari so‘zning oxirgi bo‘g’inlari lab unlilari bilan kelgan negizlarga qo‘shiladi. Eski o‘zbek tilida bu affikslar faqat «O‘g’uznoma»da uchraydi: Qїrq kundun sөң, kөp toqushg’udun sөң, anuң kөzү kөktүn kөkrәk erdi.
    Til tarixi faktlari shuni ko‘rsatadiki, chiqish kelishigi formasi keyingi davrlarda shakllangan bo‘lib, uning o‘rnini ma’lum davrlarda o‘rin-payt kelishigi bajargan. Garchand bu xususiyat qadimgi turkiy tilga xos bo‘lsa ham, eski o‘zbek adabiy tilida chiqish kelishigi ma’nosida o‘rin-payt kelishigi formasi qo‘llangan: Bashїnї uch yerdә yardїlar(Tafsir). Bu ishlәrdә birini qqїlsaңїz (QR).

    Download 7.51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 7.51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi tdpu o’zbek tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi M. Rahmatovning 301-302-guruhlarda

    Download 7.51 Mb.