Nizomiy nomidagi tdpu tarix fakulteti 4 kurs talabasi Xursandov Mexriddinning O’zbek davlatchiligi tarixi fanidan mustaqil ishi




Download 2,64 Mb.
bet2/3
Sana15.01.2024
Hajmi2,64 Mb.
#137599
1   2   3
Bog'liq
Xursandov Mehriddin
Tabiiy tilni qayta ishlash, 1.Dvigatelning xarakteristikasi, Йўл қурилиши ишлари олиб борилиши жараёни, Ziyodullo reja 4

1922— yil 29-dekabrda Moskvada to'rt respublika vakolatli delegalsiyalarining konferenlsiyasi bo'lib o'tdi. Konferentsiya SSSRni tuzish to'g'risida RKP(b) Markaziy Qo'mitasi plenumi tasdiqlagan Deklaratsiya va Shartnoma loyihasini muhokama qilib, uni maqullaydi. 30-dekabrda uni to'rt respublikalarning vakolatli delegatsiyalari imzoladilar. 1922— yil 30-dekabrda Moskvada Butunittifoq Sovetlarining I Syezdi o'z ishini boshladi. Syezd RSFSR, USSR, ZSFSR va BSSR Sovetlari syezdiari saylagan vakolatli delegatlari imzolagan SSSRni tuzish to'g'risidagi Deklaratsiya loyihasini ko'rib chiqib, Deklaratsiya va Ittifoq Shartnomasini tasdiqlaydi.

Syezd yangi ittifoq - SSSRning yuqori hokimiyat organlari -Markaziy Ijroiya Qo'mitasini va hukumatini tuzdi. SSSR MIQ 4 ta rais (har bir respublikadan bittadan) - RSFSRdan M.I.Kalinin, Ukrainadan G.I Petrovskiy, Belorussiyadan A.G Chervyakov, ZSFSR dan N.N.Narimanovdan iborat MIQ Rayosatini sayladi. V.I Lenin SSSR hukumati - Xalq Komissarlari Soveti raisi etib tasdiqlandi. Shunday qilib, 1922- yil 30-dekabrda SSSR tuzildi.Bu ittifoqqa asos solgan barcha dasturilamal hujjatlar va g'oyalar qanchalik jimjimador ohanglarda bitilmasin va ular tenglik, barobarlik, birodarlik tushunchalarini aks ettirmasin, biroq amalda u hukumron Markaz uchun butun-butun xalqlarning taqdir-qismati, inon-ixtiyorini tamomila o'z tasarrufiga bo'ysundirishga xizmat qilgan tuzoq rolini o'tab keldi.

Oʻrta osiyoda milliy hududiy chegaralanish mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining "milliy davlatlarini tashkil qilish" niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir bo’lib, bu tadbir 1924-1925–yillarda o’tqazilgan. Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani boʻlgan. 1918—24 yillarda mavjud boʻlgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va anʼanalari jihatidan bir-birlariga juda yaqin boʻlishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalklar: oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirgʻizlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan oʻzlarining asl Vatani deb bilganlar.


Download 2,64 Mb.
1   2   3




Download 2,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nizomiy nomidagi tdpu tarix fakulteti 4 kurs talabasi Xursandov Mexriddinning O’zbek davlatchiligi tarixi fanidan mustaqil ishi

Download 2,64 Mb.