Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 110900 – “Pedagogika va psixologiya” fakulteti “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi – kurs talabasi




Download 20.61 Kb.
Sana29.05.2023
Hajmi20.61 Kb.
#66927
Bog'liq
Shobo\'tayev Qobilbek. Tashqi taqriz
kasallik qo\'zg\'atuvchi bir hujayralilar vakillari Kurs ishi (2), Алибаева , Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika, fayl org, matematik analiz, Nutq nuhsonlar, KREDIT TEST, Уста ва маргарита.(2), Sapr-madcad MadhCad Hujjatda matematik belgilar va operatorlarn, Yulduz Usmonova Umumiy kimyo, Hujjat (1) (9), Elektrokimyo fani va uning mohiyati, ’lumot. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi, 39-SQL-va-malumotlar-bazalarining-keyingi-dasturlash-2006-Oquv-qollanma-Sh.А.-Nаzirоv-R.V.-Qobulоv, Muslima kurs ishi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 5110900 – “Pedagogika va psixologiya” fakulteti “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi 4 – kurs talabasi Shobo‘tayev Qobilbek Iskandar o‘g‘lining “O‘smirlik davrida ijtimoiy intelektning rivojlanishiga kommunikativ kompitetnlikning ta’siri ” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi qo‘lyozmasiga
TAQRIZ
So‘nggi yillar davomida mamlakatimizda turli sohalarda jadal rivojlanish kuzatilmoqda. Buni xalqaro ekspertlar ham albatta yuqori baholashyapti. Yangi O‘zbekiston so‘zi esa allaqachon xalq ichiga kirib bordi. Bu insonlarni rivojlanishga va yangilik qilishga undamoqda. Bu esa albatta yosh avlodning huquqiy savodxonligi dunyoqarashlarini o‘zgartirmay qolmaydi albatta.
Shaxsni muvaffaqiyatli rivojlantirish, shakllantirish va amalga oshirish uchun eng muhim qobiliyatlardan biri - odamlarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri tushunish va tashqi dunyo bilan samarali munosabatda bo‘lish qobiliyati zarur. Bu qobiliyat ijtimoiy intellekt deb ataladi. Bu kontseptsiya zamonaviy psixologiyada nisbatan yangi bo‘lib, o‘rganish jarayonida.
Ijtimoiy intellektning rivojlanishi insonning ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli moslashishiga yordam beradi, ammo odamlarni tushunish va ular bilan muloqot qilish qobiliyati nafaqat kattalarning zamonaviy jamiyatdagi muvaffaqiyatli hayoti uchun juda muhimdir. Boshlang‘ich maktabda va hatto maktabgacha yoshda ham ijtimoiy intellekt darajasi bolaning hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ijtimoiy intellektni shakllantirish tarbiya jarayonining asosiy jihatlaridan biridir.
Tadqiqotchimizning bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 bob, 7 paragraf, umumiy xulosa, 50 nomdagi foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, uning umumiy hajmi 70 sahifani tashkil etadi.
Ishning kirish qismida tadqiq uchun tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslanib, o‘rganilganlik darajasi baholangan. Tadqiqotning maqsadi, vazifalari, tanlangan ilmiy–tadqiqot metodlari, ishning ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berilgan. Tadqiqotning vazifasi, ilmiy farazi, yangiligi bir-biriga mos kelishi dissertatsiyaning umumiy tavsifi belgilangan talablarga to‘la mos kelishini ko‘rsatib turibdi.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi “O‘smirlik davrida ijtimoiy intelektni o‘rganishning nazariy johatlari” deb nomlanadi. Unda o‘smirlik davrida ijtimoiy intellektning tuzulish va finksiyalari, o‘smirlik davrida ijtimoiy intellektning tutgan o‘rni yoritib berilgan. Undan tashqari ushbu bobda o‘smirlik davrida ijtimoiy intellektni o‘rgangan chet el olimlari nazariyalari ham kiritib o‘tilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobi “O‘smirlik davrida kommunikativ kompitentlik orqali ijtimoiy intellektni rivojlantirish usullari” den nomlangan bo‘lib, o‘smirlik davrida ijtimoiy intellekt rivojlanishi, unga ta’sir etadigan turli omillar haqida so‘z boradi.
Bitiruv malakaviy ishining “O‘smirlik davrida ijtimoiy intelektning rivojlanishiga kommunikativ kompitetnlikning ta’sirining eksperimental tadqiq etilishi” deb nomlangan uchinchi bobida tajriba-sinov ishlarining dasturi hamda amalga oshirilgan metodika natijalari va taxlili bayon etilgan.
Bitiruv malakaviy ishining yuzasidan ishlab chiqilgan umumiy xulosalar yaxlit tarzda tadqiqotning umumiy tavsifini o‘zida aks ettirib, tadqiqot vazifalariga mos holda shakllantirilgan.
Xulosa qilib aytganda, bitiruv malakaviy ishi mustaqil bajarilgan tadqiqot ishi bo‘lib, ravon ilmiy tilda yozilgan, yakunlangan hisoblanib, Shobo‘tayev Qobilbek Iskandar o‘g‘lining 5110900 - Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun taqdim etilgan “O‘smirlik davrida ijtimoiy intelektning rivojlanishiga kommunikativ kompitetnlikning ta’siri” mavzusidagi ishni himoyaga tavsiya etaman.


Taqrizchi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Psixologiya fanlari doktori, dotsent
M.R. Akramov.
Download 20.61 Kb.




Download 20.61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 110900 – “Pedagogika va psixologiya” fakulteti “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi – kurs talabasi

Download 20.61 Kb.