• Kalit so‘zlar
  • Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyasining ijtimoiy hayotga ta’siri




    Download 314.98 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana06.10.2023
    Hajmi314.98 Kb.
    #87056
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    12-modul. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi . Duradgorlikning xalq, Elektron tijorat, Fazik 2021 maqola, TAT ochiq dars, 103, 3-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, bildirish, Maqsadli ko`rsatkich, Boltayev Ruslan, Raxmatova Xumora 4z guruh mustaqil, 1 biologiya, avtoreferat, 2-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, Статья Сувонова О О, Academic-Data-353211105300


    Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion 
    rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
    12
    Annotatsiya:
     Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyasining ijtimoiy hayotga ta’siri 
    o‘rganildi, kasbiy rivojlanishdagi o‘rni tahlil qilindi, kelgusi kasbiy faoliyatga ta’siri baholan-
    di va sun’iy intellektni maktabda o‘qitish bo‘yicha yondashuvlar o‘rganildi. Hamda o‘rgatish 
    jarayonini amaliy masalalar yechish orqali samarali tashkil etish aniqlandi.
    Kalit so‘zlar:
     sun’iy intellekt, maktabda o‘qitish tizimi, kasbiy faoliyat, Python, STT, TTS, 
    Windows, gTTS.
    Sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim sohasining turli bosqichlari-
    da uni o‘qitishni taqozo etmoqda. XX asrning 50-yillarida jadal rivojlanishni bosh-
    lagan sohaning bugungi kunda sanoat, sog‘liqni saqlash, moliya, qishloq xo‘jaligi, 
    davlat boshqaruvi, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa sohalar bilan integratsiyasi ku-
    zatilmoqda. Shuningdek,
    “kasblarning 60 foizi raqamli rivojlanish (sun’iy intellekt 
    asosiy o‘rinda) natijasida avtomatlashtirilishi mumkin” [1]. Bu esa maktab ta’limi-
    dan boshlab sun’iy intellekt va u bilan bog‘liq zamonaviy texnologiyalarni o‘quv-
    chilarga o‘rgatishni talab qiladi. Sun’iy intellektning kasbiy faoliyatga ta’sirini o‘r-
    ganishga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar bir xil vazifalarni takrorlashga oid 
    kasblarni sun’iy intellekt to‘liq egallashini taxmin qilishadi [2]. Shu bilan birga, 
    sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar ko‘plab kasb vakillari uchun ish sama-
    radorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy vosita bo‘ladi. Sun’iy intellektni rivo-
    jlantirishga ko‘plab mamlakatlar jiddiy e’tibor qaratishmoqda. Xususan, 2016- va 
    2018-yillar oralig‘ida yigirma oltita davlat sun’iy intellekt siyosatini rivojlantirish 
    bo‘yicha o‘z dasturlarini e’lon qildi. Yurtimizda esa ayni jarayon bo‘yicha 2021-yil 
    17-fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharo-
    itlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4996-sonli Qarori, 2021-yil 26-av-
    gustdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy 
    qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5234-sonli Qarori kabi huquqiy hujjatlarda 
    respublikamizdagi barcha sohalarda SI texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha asosiy 
    yo‘nalishlar belgilandi. Bu esa bevosita maktab ta’limida ham sun’iy intellekt texno-
    logiyalarini o‘qitishning dolzarbligini belgilaydi.

    Download 314.98 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 314.98 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyasining ijtimoiy hayotga ta’siri

    Download 314.98 Kb.
    Pdf ko'rish